Esonov Rustam Raxmonali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Turli tizimli tillarda ertaklarning lingvokulturologik xususiyatlari, 10.00.13 – Qiyosi va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Fil3986.
Ilmiy rahbar: Jamolitdinova Dilnoza Mirxojiddinovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qo‘qon davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.34.02.
Rasmiy opponentlar: Nurmanova Dilfuza Abdulhamidovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Gazieva Maftuna Muhammadovna, filologiya fanlari doktori, (DSc).
Yetakchi tashkilot: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi turli tizimli tillardagi xalq ertaklarining lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlash hamda ertak janriga xos til birliklari va ularning o‘ziga xos jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
turli xalq ertaklarida uchraydigan personajlar nomlanishi va sifatlanishi “Zumrad-Cinderella, Yalmog‘iz kampir – Wicked Witch/ Orge” kabi nomlar asosida kognitiv jihatdan qiyoslanib, turli xalqlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlaridagi “hurmat va oila qadriyati”, “mehnatsevarlik va halollik”, “ezgulik va yovuzlik” kabi tafovutlar, yetakchi obrazlar mohiyati dalillangan;
ertakning an’anaviy formulalari: inisial, medial va final jihatdan tasnif qilinib, boshlang‘ich formulalarda o‘tgan zamon, medial va yakuniy formulalarda esa hozirgi zamon shakllari qo‘llanilishi; an’anaviy formulalar tarkibida turli ekspressiv vositalar: leksik takrorlar, epifora, fe’llarning takrorlanishi, morfologik jihatdan bir xil affikslarning ketma-ketligi, shuningdek, turli tipdagi antonimik birliklar antitezalar, leksik antonimlar va sintaktik parallellik keng qo‘llanilishi; ertaklarning boshlang‘ich formulalarida “bir bor ekan, bir yo‘q ekan” kabi uslubiy konstruksiyalarning ishlatilishi, bu uslubning barcha tillardagi xalq ertaklarida ham keng uchrashi asoslangan;
ertaklarda boshlang‘ich formulalarda noaniqlik kategoriyasi, o‘tgan zamon shakllari, antitezalar kabi lisoniy vositalardan, arxaik elementlardan foydalanilganligi, ertaklarda barqaror ekspressiv vositalar tizimining shakllanganligi, ular orasida epitet, qiyos, gradatsiya, anafora, epifora, antiteza, leksik va sintaktik takrorlarning qo‘llanilishi dalillangan.
ingliz, rus va o‘zbek ertaklarida ifodaviy-tasviriy vositalarida qo‘llaniladigan qiyoslashlar, obrazlar tarkibi yetakchi va ko‘makchi obrazlardan iboratligi, ularning poetik vazifasiga, badiiy tavsiflanishiga ko‘ra farqlanishi oydinlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turli tizimli tillarda ertaklarning lingvokulturologik xususiyatlari oid tadqiqot natijalari asosida:
turli xalq ertaklarida uchraydigan personajlar nomlanishi va sifatlanishi “Zumrad-Cinderella, Yalmog‘iz kampir – Wicked Witch/ Orge” kabi nomlar asosida kognitiv jihatdan qiyoslanib, turli xalqlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlaridagi “hurmat va oila qadriyati”, “mehnatsevarlik va halollik”, “ezgulik va yovuzlik” kabi tafovutlar, yetakchi obrazlar mohiyati dalillanganligiga oid xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-402104209 raqamli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 5-noyabrdagi 01/04-8349-son ma’lumotnomasi). Natijada turli tizimli tillarda ertaklarning tarjimadagi ishloviga oid morfoleksikoni va morfologik analizatori dasturiy vositasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ertakning an’anaviy formulalari tasnif qilingan; boshlang‘ich formulalarda o‘tgan zamon (o‘tmish mukammal zamoni), medial va yakuniy formulalarda esa hozirgi zamon shakllari qo‘llanilishi; an’anaviy formulalar tarkibida turli ekspressiv vositalar: leksik takrorlar, epifora, fe’llarning takrorlanishi, morfologik jihatdan bir xil affikslarning ketma-ketligi, shuningdek, turli tipdagi antonimik birliklar (antitezalar, leksik antonimlar) va sintaktik parallellik keng qo‘llanilishi; ertaklarning boshlang‘ich formulalarida “bir bor ekan, bir yo‘q ekan” kabi uslubiy konstruksiyalarning ishlatilishi, ushbu uslubning barcha tillardagi xalq ertaklarida ham keng uchrashi asoslanganiga oid qarashlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023 – 2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2025-yil 5-noyabrdagi 01/04-8348-son ma’lumotnomasi). Natijada ertaklarning an’anaviy formulalarini tasnif qilishda samaradorlikka erishilgan;
ertaklarda boshlang‘ich formulalarda noaniqlik kategoriyasi, o‘tgan zamon shakllari, antitezalar kabi lisoniy vositalardan, arxaik elementlardan foydalanilganligi; ertaklarda barqaror ekspressiv vositalar tizimining shakllanganligi; ular orasida epitet, qiyos, gradatsiya, anafora, epifora, antiteza, leksik va sintaktik takrorlarning qo‘llanilishiga oid xulosalardan Qo‘qon davlat universitetining 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan “2023 KA 171 Mobility Higher Education studens (Erasmus+)” nomli grant doirasida samarali va keng foydalanilgan (Qo‘qon davlat universitetining 2025-yil 13-oktybardagi 117-sonli ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning amaliy mohiyatini ochishda ushbu ishning ilmiy ahamiyati alohida hissa qo‘shgan;
ingliz, rus va o‘zbek ertaklarida ifodaviy-tasviriy vositalarida qo‘lanilgandigan qiyoslashlashlar, obrazlar tarkibi yetakchi va ko‘makchi obrazlardan iboratligi, ularning poetik vazifasiga, badiiy tavsiflanishiga oid nazariy qarashlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalida 2024-2025-yillarda efirga uzatilgan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Bolalar va biz” eshittirishlarining ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston – 24” ijodiy birlashmasining 2025-yil 7-oktyabrdagi 05-09-1565-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ko‘rsatuvlarning tomoshabinbop bo‘lishiga hissa qo‘shgan.