Xudayberdieva Shoxista Amirkul kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bachadon bo‘yni saratonini davolash jarayonida nutritiv yondoshuvni takomillashtirish » 14.00.14 – Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3572.
Ilmiy rahbar: Raximov Nodir Maxammatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Zaxirova Nargiza Ne’matovna, tibbiyot fanlari doktori; Galdiev Majid Kuvvatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bachadon bo‘yni saratonining T2aN0–1M0 bosqichidagi bemorlarda metabolik buzilishlar va nutritiv etishmovchilik rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish, uning asosiy prediktorlarini aniqlash hamda ixtisoslashtirilgan davolash bosqichlarida personallashtirilgan nutritiv qo‘llab-quvvatlash samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bachadon bo‘yni saratonida nutritiv etishmovchilik shakllanishida sistemali yallig‘lanish, metabolik buzilishlar va o‘sma progressiyasining o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, ularning nutritiv status o‘zgarishlariga ta’sir qilish mexanizmi asoslangan;
al`bumin darajasi, interleykin-6 konsentratsiyasi, regionar limfa tugunlari holati va nutritiv status ko‘rsatkichlarining prognoz ahamiyati o‘rganilib, nutritiv etishmovchilik rivojlanishining mustaqil prediktorlari aniqlangan hamda yuqori nutritiv xavf guruhini erta ajratish uchun klinik-prognostik stratifikatsiya tizimi ishlab chiqilgan;
klinik, laborator va metabolik ko‘rsatkichlar asosida ko‘p omilli matematik model` ishlab chiqilgan bo‘lib, u nutritiv etishmovchilik xavfini baholash, individual energetik ehtiyojlarni hisoblash va metabolik buzilishlarni oldindan aniqlangan;
nutritiv xavf darajasi, sistemali yallig‘lanish faolligi va organizmning metabolik ehtiyojlarini hisobga olgan holda personallashtirilgan farmakonutritiv qo‘llab-quvvatlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bachadon bo‘yni saratonini davolash jarayonida nutritiv yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: bachadon bo‘yni saratonida nutritiv etishmovchilik rivojlanishida sistemali yallig‘lanish, metabolik buzilishlar va o‘sma progressiyasining ahamiyati aniqlanib, ularning nutritiv status o‘zgarishlari bilan bog‘liqligi asosida metabolik dezadaptatsiya modeli taklif etilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni saratonini davolash bosqichlarida yuqori proteinli nutritiv qo‘llab-quvvatlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialining 13.07.2024 yildagi 03-228-son hamda ushbu markazning Xorazm viloyati filialining 01.07.2024 yildagi 69-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sistemali yallig‘lanish faolligi, nutritiv holat ko‘rsatkichlari va o‘sma jarayoni xususiyatlarini hisobga olgan holda nutritiv qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish nutritiv etishmovchilikni erta aniqlash, metabolik buzilishlarni o‘z vaqtida bartaraf etish, nur va kimyo terapiyasi bilan bog‘liq asoratlar chastotasini kamaytirish hamda operatsiyadan keyingi tiklanish jarayonini tezlashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: nutritiv etishmovchilik bilan bog‘liq asoratlarning oldini olish va statsionarda bo‘lish muddatini o‘rtacha 2–3 kunga qisqartirish natijasida bir bemor hisobiga byudjet xarajatlarini taxminan 11–13 foizga tejash, parenteral oziqlantirish vositalari sarfini kamaytirish imkoni yaratilgan. Xulosa: sistemali yallig‘lanish, metabolik buzilishlar va o‘sma progressiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlikni hisobga olgan holda nutritiv xavfni baholash va nutritiv qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirish onkoginekologik bemorlarni davolash taktikasini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ikkinchi ilmiy yangilik: al`bumin darajasi, interleykin-6 konsentratsiyasi, regionar limfa tugunlari holati va nutritiv status ko‘rsatkichlarining prognoz ahamiyati o‘rganilib, nutritiv etishmovchilik rivojlanishining mustaqil prediktorlari aniqlangan hamda yuqori nutritiv xavf guruhini erta ajratish uchun klinik-prognostik stratifikatsiya tizimi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni saratonini davolash bosqichlarida yuqori proteinli nutritiv qo‘llab-quvvatlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialining 13.07.2024 yildagi 03-228-son hamda ushbu markazning Xorazm viloyati filialining 01.07.2024 yildagi 69-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: yuqori nutritiv xavf guruhiga mansub bemorlarni erta aniqlash nutritiv qo‘llab-quvvatlashni o‘z vaqtida boshlash, asoratlar chastotasini kamaytirish va reabilitatsiya jarayonini tezlashtirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: nutritiv xavf darajasini erta baholash va nutritiv qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini maqsadli rejalashtirish natijasida bir bemor hisobiga byudjet mablag‘larini o‘rtacha 11–13 foizga tejashga erishilgan. Xulosa: ishlab chiqilgan klinik-prognostik stratifikatsiya tizimi nutritiv xavfni baholash va nutritiv qo‘llab-quvvatlash taktikasini tanlashda qo‘llanilgan;
uchinchi ilmiy yangilik: klinik, laborator va metabolik ko‘rsatkichlar asosida ko‘p omilli matematik model` ishlab chiqilgan bo‘lib, u nutritiv etishmovchilik xavfini baholash, individual energetik ehtiyojlarni hisoblash va metabolik buzilishlarni oldindan aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni saratonini davolash bosqichlarida yuqori proteinli nutritiv qo‘llab-quvvatlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialining 13.07.2024 yildagi 03-228-son hamda ushbu markazning Xorazm viloyati filialining 01.07.2024 yildagi 69-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: energetik va oqsil ehtiyojlarini individual hisoblash nutritiv holatni baholash aniqligini oshirib, nutritiv etishmovchilikning og‘ir shakllarini barvaqt aniqlash va oldini olishga xizmat qilgan. Iqtisodiy samaradorligi: nutritiv vositalardan oqilona foydalanish va ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish hisobiga bir bemor uchun byudjet mablag‘larini o‘rtacha 11–13 foizga tejash imkonini bergan. Xulosa: ishlab chiqilgan matematik model` nutritiv etishmovchilik xavfini baholash va nutritiv ta’minot hajmini rejalashtirishda qo‘llanilgan;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: nutritiv xavf darajasi, sistemali yallig‘lanish faolligi va organizmning metabolik ehtiyojlarini hisobga olgan holda personallashtirilgan farmakonutritiv qo‘llab-quvvatlash algoritmi ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Samarqand davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtirish ekspert kengashi tomonidan 2023 yil 4 dekabrdagi 4-son bilan tasdiqlangan «Bachadon bo‘yni saratonini davolash bosqichlarida yuqori proteinli nutritiv qo‘llab-quvvatlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Sirdaryo filialining 13.07.2024 yildagi 03-228-son hamda ushbu markazning Xorazm viloyati filialining 01.07.2024 yildagi 69-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 22 oktyabrdagi 07/61-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: personallashtirilgan farmakonutritiv qo‘llab-quvvatlash algoritmini qo‘llash nutritiv etishmovchilikni o‘z vaqtida bartaraf etish, davolash bilan bog‘liq asoratlar chastotasini kamaytirish, bemorlarning funksional holatini yaxshilash va hayot sifati ko‘rsatkichlarini o‘rtacha 11,1 ballga oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: davolash bilan bog‘liq asoratlar sonining kamayishi, reabilitatsiya muddatining qisqarishi va statsionarda bo‘lish davrining o‘rtacha 2–3 kunga kamayishi natijasida bir bemor hisobiga byudjet xarajatlarini taxminan 12–14 foizga tejashga erishilgan. Xulosa: personallashtirilgan farmakonutritiv qo‘llab-quvvatlash algoritmi maxsus davolashni o‘tkazish jarayonida nutritiv qo‘llab-quvvatlash hajmini belgilash va uni individuallashtirish imkonini bergan.