Sadikxodjaev Sardor Shuxratjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «COVID-19 infeksiyasida o‘pkaning sildan zararlanishlarini klinik-epidemiologik xarakteristikasi va prognostik-profilaktik jihatlari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3454.
Ilmiy raxbar: Xakimova Ruzixon Abduraximovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Yusupov Qodirjon Abdusattarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. Hakimov Mirazim Alimovich, tibbiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 fonida O‘zbekiston aholisida o‘tkir o‘pka kasalliklarining tarqalish chastotasini o‘rganish, klinik kechish xususiyatlarini baholash va shoshilinch profilaktikaning hududiy jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor COVID-19 sharoitida Farg‘ona vodiysining katta yoshli aholisida o‘pka sil kasalliklari tarqalishining populyatsion, mintaqaviy va epidemiologik xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning sil kasalligi rivojlanishi va klinik kechishining xavf omillari, shuningdek, jinsiy, yosh va polimorbid xususiyatlari aniqlandi, bu esa tibbiy yordamga birlamchi murojaat qilingan paytdan boshlab kasallikning noxush kechishi ehtimoli aniqlangan;
ilk bor COVID-19 ning o‘tkir cho‘zilgan kechishi va postkovid sindromida o‘pkaning sil bilan zararlanishining turli shakllarining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlandi, shuningdek, ushbu qo‘shma patologiyaning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar shakllanishining mintaqaviy qonuniyatlari aniqlangan;
eng yuqori bashorat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy xavf omillarini erta aniqlashning prognostik shkalalari va algoritmlari ishlab chiqildi, ular asosida kovid bilan bog‘liq sil kasalliklarining rivojlanish ehtimolini bashorat qilish modeli yaratildi hamda ularning o‘z vaqtida oldini olish va bemorlar holatini nazorat qilish yo‘nalishlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. COVID-19 infeksiyasida o‘pkaning sildan zararlanishlarini klinik-epidemiologik xarakteristikasi va prognostik-profilaktik jihatlari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 sharoitida Farg‘ona vodiysining katta yoshli aholisida o‘pka sil kasalliklari tarqalishining populyatsion, mintaqaviy va epidemiologik xususiyatlari aniqlanganligi Ftiziatriya va pulmonologiya Namangan viloyat filiali (02.06.2025y. 247-buyruq) va Ftiziatriya va pulmonologiya Farg‘ona viloyat filiali (02.06.2025y. 248-buyruq) amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025y. 25/27-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasida o‘pkaning sil bilan zararlanishining rivojlanishini erta aniqlash va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida kompleks so‘rovnoma, biokimyoviy, immunologik, instrumental va funksional tadqiqotlar yordamida epidemiologik monitoring o‘tkazish zarurligi aniqlandi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 975650 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondashuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 3876450 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: Farg‘ona mintaqasining shahar va qishloq COVID-19 PSR "+" va PSR "-" populyasiyalari orasida o‘pkaning sil kasalliklari tarqalish chastotasi bilan tavsiflanadi - mos ravishda 50,6% va 31,9%, 49,4% va 68,1%. Farg‘ona viloyatining o‘rganilgan hududlarida kovid bilan kasallangan aholida o‘pka silini aniqlash chastotasi 21, 1 yoki 20 martadan ko‘proq farq qiladi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 bilan kasallangan bemorlarda o‘pkaning sil kasalligi rivojlanishi va klinik kechishining xavf omillari, shuningdek, jinsiy, yosh va polimorbid xususiyatlari aniqlandi, bu esa tibbiy yordamga birlamchi murojaat qilingan paytdan boshlab kasallikning noxush kechishi ehtimoli aniqlanganligi Ftiziatriya va pulmonologiya Namangan viloyat filiali (02.06.2025y. 247-buyruq) va Ftiziatriya va pulmonologiya Farg‘ona viloyat filiali (02.06.2025y. 248-buyruq) amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025y. 25/27-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: klinik-epidemiologik tadqiqot natijalarini ftiziatriya amaliyotiga joriy etish COVID-19 pandemiyasining 43 foizdan 45 foizgacha o‘sishi fonida o‘pka shikastlanishi rivojlanishining erta oldini olish bo‘yicha davolash muassasalarining silga qarshi faoliyatini optimallashtirish imkonini beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: klinik-epidemiologik tadqiqot natijalarini ftiziatriya amaliyotiga joriy etish asosida differensial-diagnostik mezonlar va bemorlarni davolash algoritm ostida ijobiy natijalar 2 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 10855420 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: COVID-19 infeksiyasida silga chalinishning yetakchi xavf omillari sifatida alkogol` iste’moli, qamoq, yashash sharoiti, muntazam ovqatlanish, yog‘li ovqat iste’mol qilish, achchiq choy va/yoki qahva ichish, ish staji va turi, kasbiy (zararli) omillar (shovqin, changli ish, kimyoviy moddalar, ul`trabinafsha nurlar, yuqori kuchlanish, yuqori harorat, pestisidlar, nitratlar, defoliantlar, fosforli moddalar), konstitutsiya turi, tana vaznining etishmasligi yoki ortiqchaligi, tibbiy ko‘rikning etishmasligi, hamroh yuqumli va somatik kasalliklar, shuningdek, genetik kasalliklar tasdiqlangan.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor COVID-19 ning o‘tkir cho‘zilgan kechishi va postkovid sindromida o‘pkaning sil bilan zararlanishining turli shakllarining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlandi, shuningdek, ushbu qo‘shma patologiyaning rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar shakllanishining mintaqaviy qonuniyatlari aniqlanganligi Ftiziatriya va pulmonologiya Namangan viloyat filiali (02.06.2025y. 247-buyruq) va Ftiziatriya va pulmonologiya Farg‘ona viloyat filiali (02.06.2025y. 248-buyruq) amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025y. 25/27-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: klinik-epidemiologik davriy monitoringning olingan natijalaridan ftiziatriya amaliyotida foydalanish o‘pka shikastlanishi xavfi bo‘lgan populyasiyada past, o‘rta, yuqori va juda yuqori xavf guruhlarini "maqsadli" shakllantirishga hamda COVID-19 bilan bog‘liq o‘pka shikastlanishlariga nisbatan birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika choralarini o‘z vaqtida o‘tkazishga yordam beradi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 30% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: infeksiyalangan populyasiyadagi o‘pkaning sil kasalliklari tarkibida silning destruktiv shakllari, sil kasalligining infiltrativ shakllari, qaytalanuvchi sil kasalligi, birinchi marta aniqlangan sil kasalligi, destruktiv sil kasalligi nisbatan yuqori chastotada uchraydi. Tibbiyot xodimlarining yoshi, ish staji va kasbga oid zararning 8 turi bilan bog‘liq holda, COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lgan barcha KBS shakllarini aniqlash chastotasi ortib boradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eng yuqori bashorat ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy xavf omillarini erta aniqlashning prognostik shkalalari va algoritmlari ishlab chiqildi, ular asosida kovid bilan bog‘liq sil kasalliklarining rivojlanish ehtimolini bashorat qilish modeli yaratildi hamda ularning o‘z vaqtida oldini olish va bemorlar holatini nazorat qilish yo‘nalishlari asoslanganligi Ftiziatriya va pulmonologiya Namangan viloyat filiali (02.06.2025y. 247-buyruq) va Ftiziatriya va pulmonologiya Farg‘ona viloyat filiali (02.06.2025y. 248-buyruq) amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 22.09.2025y. 25/27-son xulosasi). Ilmiy yangilik natijalarining ijtimoiy samaradorligi: COVID-19 infeksiyasida o‘pka silini erta aniqlash va oldini olish uchun tavsiya etilgan algoritmning samaradorligi, shuningdek, tibbiy profilaktika va davolashning samaradorligi asoslandi. Ilmiy yangilik natijalarining iqtisodiy samaradorligi: yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 20% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: ishlab chiqilgan "COVID-19 bilan bog‘liq sil hodisalarini bashorat qilish, oldini olish va ehtimolligini bashorat qilish uchun algoritm-model`" texnologiyasi amaliyotda qo‘llash uchun qulay va samarali: u statsionarlarda sil kasalligini erta aniqlash darajasini oshirishga va umumiy tibbiyot muassasalarida diagnostika va davolash sifatini 66% gacha yaxshilashga olib keladi.