Raxmanov Otabek Rasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Toshkent viloyati sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi (7-12 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari (Angren shahar, Ohangaron tumani va Angren-Olmaliq sanoat tumani misolida)», 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4826.
Ilmiy rahbar: Xatamov Alijon Ibragimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Hamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Qurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Tojikiston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat hududlarida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari va texnogen omillarning ularning jismoniy rivojlanishiga ta’sirini baholash asosida bolalar salomatligini saqlash va mustahkamlash tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat hududlarida yashovchi 7–12 yoshli bolalarda texnogen omillarning antropometrik ko‘rsatkichlarga selektiv va yoshga bog‘liq ta’sir ko‘rsatishi, jumladan, 7 yoshli o‘g‘il bolalarda tana uzunligining 2,03 sm ga kamayishi (p=0,004), 11 yoshli qizlarda tana vaznining 8,12 kg ga oshishi (p<0,001) aniqlanib, Z-score tahlili kichik yosh guruhida (7–9 yosh) o‘sishning sekinlashuvini (Z=-1,640 dan Z=-0,308 gacha), katta yosh guruhida (11–12 yosh) esa tana vaznining keskin oshishini (Z=+1,127 dan Z=+1,641 gacha) ko‘rsatgan bo‘lib, bu texnogen stressning rivojlanishning kritik davrlarida (maktabga moslashuv va pubertat boshlanishi) maksimal ta’sir ko‘rsatishini hamda o‘g‘il bolalarning qizlarga nisbatan 2,3 barobar yuqori sezgirlikka ega ekanligini isbotlagan;
Pin`e indeksi asosida baholangan konstitusional tiplarda texnogen omillar ta’sirida astenik tipning 44,7% kamayishi va giperstenik tipning 4,6 barobar oshishi (nazorat guruhida mos ravishda 26,6% va 4 barobar), 11 yoshli qizlarda Pin`e indeksining 12,58 birlikka eng keskin pasayishiga (p<0,001) texnogen omillarning pubertat davrida konstitusional tiplarga maksimal ta’sir ko‘rsatishi va semizlikning epidemik tusda rivojlanish xavfi isbotlagan;
atomno-absorbsion spektrometriya usuli bilan texnogen stress sharoitida zararli mikroelementlar (Cd, Ni, Cr, Hg) konsentratsiyasining nazorat guruhiga nisbatan 1,4–5,0 barobar yuqoriligi, foydali mikroelementlar (Se, I, Co) miqdorining esa 37,9–71,0% kamligi aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichlar bilan antropometrik parametrlar o‘rtasida kuchli bog‘liqlik (r=0,52–0,72) mavjudligi isbotlangan;
sanoat hududlarida yashovchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun 3 oylik antropometrik o‘lchashlar, 6 oylik mikroelementlar tahlili va Pin`e indeksi bo‘yicha konstitusional tipni baholashni o‘z ichiga oluvchi tizimlashtirilgan antropometrik monitoring protokoli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent viloyati sharoitida yashovchi kichik maktab yoshidagi (7-12 yosh) bolalarning antropometrik ko‘rsatkichlari (Angren shahar, Ohangaron tumani va Angren-Olmaliq sanoat tumani misolida):
birinchi ilmiy yangilik: sanoat hududlarida yashovchi 7–12 yoshli bolalarda texnogen omillarning antropometrik ko‘rsatkichlarga selektiv va yoshga bog‘liq ta’sir ko‘rsatishi, jumladan, 7 yoshli o‘g‘il bolalarda tana uzunligining 2,03 sm ga kamayishi (p=0,004), 11 yoshli qizlarda tana vaznining 8,12 kg ga oshishi (p<0,001) aniqlanib, Z-score tahlili kichik yosh guruhida (7–9 yosh) o‘sishning sekinlashuvini (Z=-1,640 dan Z=-0,308 gacha), katta yosh guruhida (11–12 yosh) esa tana vaznining keskin oshishini (Z=+1,127 dan Z=+1,641 gacha) ko‘rsatgan bo‘lib, bu texnogen stressning rivojlanishning kritik davrlarida (maktabga moslashuv va pubertat boshlanishi) maksimal ta’sir ko‘rsatishini hamda o‘g‘il bolalarning qizlarga nisbatan 2,3 barobar yuqori sezgirlikka ega ekanligini isbotlaganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 25.02.2026 yildagi 02-26/937-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent viloyati sanoat korxonalari ta’siri doirasida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning antropometrik parametrlarini klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oxongoron tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 11.03.2026 yildagi 696-10-134-TB/2026-son hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqramasi Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bo‘yicha 17.03.2026 yildagi 2320-7-94-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: texnogen omillarning selektiv ta’sirini aniqlash orqali xavf guruhlarini erta aniqlash imkoniyati 65% ga oshdi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda profilaktik choralarning samaradorligi 45%ga yaxshilanishi, ota-onalarning o‘quvchilar salomatligi bo‘yicha xabardorligi 78%ga oshishi, texnogen omillarning jismoniy rivojlanishga selektiv ta’sirini morfometrik tashxislash, o‘quvchilarda jismoniy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni koreksyailash xavf omillarini oldini olish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: sanoat hududlarida yashovchi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishini izdan chiqishi va salomatlik holatini tiklash uchun sarflanadigan bir kunga 75000-1200000 so‘m, bir kurs uchun 900000-1440000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: Pin`e indeksi asosida baholangan konstitusional tiplarda texnogen omillar ta’sirida astenik tipning 44,7% kamayishi va giperstenik tipning 4,6 barobar oshishi (nazorat guruhida mos ravishda 26,6% va 4 barobar), 11 yoshli qizlarda Pin`e indeksining 12,58 birlikka eng keskin pasayishiga (p<0,001) texnogen omillarning pubertat davrida konstitusional tiplarga maksimal ta’sir ko‘rsatishi va semizlikning epidemik tusda rivojlanish xavfi isbotlaganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 25.02.2026 yildagi 02-26/937-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent viloyati sanoat korxonalari ta’siri doirasida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning antropometrik parametrlarini klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oxongoron tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 11.03.2026 yildagi 696-10-134-TB/2026-son hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqramasi Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bo‘yicha 17.03.2026 yildagi 2320-7-94-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: konstitusional tiplar o‘zgarishini bashoratlash tizimini joriy etish semizlik profilaktikasining samaradorligini 52% ga oshirish, metabolik sindrom rivojlanish xavfini 38%ga kamaytirish, bolalarning jismoniy tayyorgarlik dasturlarini individuallashtirish 67% ga yaxshilanishi natijasida xavf omillarining oldini olish va jismoniy rivojlanishni gormonikligini ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: sanoat hududlarida yashovchi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishini izdan chiqishi va salomatlik holatini tiklash uchun sarflanadigan bir kunga 75000-1200000 so‘m, bir kurs uchun 900000-1440000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: atomno-absorbsion spektrometriya usuli bilan texnogen stress sharoitida zararli mikroelementlar (Cd, Ni, Cr, Hg) konsentratsiyasining nazorat guruhiga nisbatan 1,4–5,0 barobar yuqoriligi, foydali mikroelementlar (Se, I, Co) miqdorining esa 37,9–71,0% kamligi aniqlanib, mazkur ko‘rsatkichlar bilan antropometrik parametrlar o‘rtasida kuchli bog‘liqlik (r=0,52–0,72) mavjudligi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 25.02.2026 yildagi 02-26/937-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent viloyati sanoat korxonalari ta’siri doirasida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning antropometrik parametrlarini klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oxongoron tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 11.03.2026 yildagi 696-10-134-TB/2026-son hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqramasi Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bo‘yicha 17.03.2026 yildagi 2320-7-94-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: mikroelementlar bilan ta’minlanganlik monitoringi tizimli joriy qilish orqali maktab o‘quvchilari orasida mikroelementlar disbalansini erta tashxislash imkonini oshirish, kunlik ratsion tarkibida gemli temir, yod va selen miqdorini ta’minlash orqali maktab o‘quvchilarning gormonik rivojlanishini ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samardorligi: sanoat hududlarida yashovchi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishini izdan chiqishi va salomatlik holatini tiklash uchun sarflanadigan bir kunga 75000-1200000 so‘m, bir kurs uchun 900000-1440000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sanoat hududlarida yashovchi kichik maktab yoshidagi o‘quvchilar sog‘lig‘ini nazorat qilish uchun 3 oylik antropometrik o‘lchashlar, 6 oylik mikroelementlar tahlili va Pin`e indeksi bo‘yicha konstitusional tipni baholashni o‘z ichiga oluvchi tizimlashtirilgan antropometrik monitoring protokoli ishlab chiqilganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat tibbiyot universitetining muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 25.02.2026 yildagi 02-26/937-t-son bilan tasdiqlangan «Toshkent viloyati sanoat korxonalari ta’siri doirasida yashovchi kichik maktab yoshidagi bolalarning antropometrik parametrlarini klinik-morfologik mezonlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent viloyati Oxongoron tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘yicha 11.03.2026 yildagi 696-10-134-TB/2026-son hamda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqramasi Jomboy tuman sog‘liqni saqlash bo‘limi bo‘yicha 17.03.2026 yildagi 2320-7-94-TB/2026-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2026 yil 2 iyundagi 09/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: sanoat hududlarida yashovchi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishi va salomatlik holatidagi o‘zgarishlarni korreksiyalash bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash, chuqurlashtirishgan tibbiy ko‘riklar samaradorligini oshirish, maktab o‘quvchilarning salomatlik guruhlariga ajartish va nazorat qilish orqali jismoniy rivojlanishinigormonikligini ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: sanoat hududlarida yashovchi maktab o‘quvchilari jismoniy rivojlanishini izdan chiqishi va salomatlik holatini tiklash uchun sarflanadigan bir kunga 75000-1200000 so‘m, bir kurs uchun 900000-1440000 so‘m mablag‘lar iqtisod qilinadi.