Otajonov Ikromjon Toxirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi (Andijon viloyati misolida)», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Tib4783.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Fozilov Abduqaxxor Voxidovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Nazarova Gulchexra Usmanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanishi ularga ta’sir etuvchi tibbiy-ijtimoiy omillarni kompleks baholash, bolalar salomatligini, tibbiy yordam sifatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Andijon viloyatining shahar va qishloq hududlarida 2015–2021 yillar davomida maktabgacha yoshdagi bolalar kasallanishining darajasi va tuzilmasi dinamikada qiyosiy tahlil qilinib, ularning hududlararo farqlari aniqlangan;
bolalarning chaqaloqlik davridan 7 yoshgacha bo‘lgan bosqichlarda kasallanish ko‘rsatkichlari, ularning yoshga va jinsga oid xususiyatlari tizimli asosda baholanib, asosiy xavf omillari aniqlangan va ilmiy jihatdan asoslangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan oilalarning tibbiy-ijtimoiy sharoitlari, turmush tarzi va salomatlikka ta’sir etuvchi omillar majmuasi kompleks tahlil asosida tasniflanib, yetakchi xavf omillari va ularning ta’siri isbotlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi tibbiy-ijtimoiy va biologik omillarning kumulyativ ta’siri har bir yosh guruhida kompleks baholanib, xavf guruhlari aniqlangan hamda ular uchun differensial yondashuv asosida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi (Andijon viloyati misolida) bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: Andijon viloyatining shahar va qishloq hududlarida 2015–2021 yillar davomida maktabgacha yoshdagi bolalar orasida kasallanish darajasi va tuzilmasi dinamikada qiyosiy tahlil qilinib, ularning hududlararo farqlari aniqlandi. Ushbu ilmiy natijalar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 6i-37/u-sonli qarori bilan tasdiqlangan va “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyalar Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 29 oktyabrdagi 189-son va 21 oktyabrdagi 91-sonli buyruqlari bilan tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/89-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu loyiha maktabgacha yoshdagi bolalarda kasalliklarni barvaqt aniqlash va ularni samarali bartaraf etish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Epidemiologik monitoring asosida bolalar uchun profilaktika dasturlarini ishlab chiqish, ularni joriy qilish, yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklarni kamaytirish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: profilaktik dasturlarni joriy etish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda kasallik va nogironlik darajasini kamaytirish, ortiqcha dori vositalariga bo‘lgan xarajatlarni qisqartirish, iqtisodiy yo‘qotishlarni bartaraf etish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarning chaqaloqlik davridan 7 yoshgacha bo‘lgan davrda kasallanish ko‘rsatkichlari, ularning yosh va jinsga oid xususiyatlari tizimli asosda tahlil qilinib, asosiy xavf omillari aniqlanib, ularning ilmiy asoslanganligi isbotlangan. Ushbu ilmiy natijalar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 6i-37/u-sonli qarori bilan tasdiqlanib, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilgan. Tavsiyalar Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 29 oktyabrdagi 189-son va 21 oktyabrdagi 91-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/89-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan.Ijtimoiy samaradorligi: ushbu ilmiy natijalar maktabgacha yoshdagi bolalar orasida kasalliklarning oldini olish, ularni erta bosqichda aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi. Epidemiologik monitoring asosida bolalarda samarali profilaktika strategiyalarini ishlab chiqish va sog‘lomlashtirish ishlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.Iqtisodiy samaradorligi: kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik chora-tadbirlarni joriy qilish orqali dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni, kasallik oqibatida yuzaga keladigan nogironlik va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyalanayotgan oilalarning tibbiy-ijtimoiy sharoitlari, turmush tarzi va salomatlikka ta’sir etuvchi omillar majmuasi kompleks tahlil asosida tasniflanib, yetakchi xavf omillari aniqlangan hamda ularning salbiy ta’siri ilmiy jihatdan isbotlangan. Ushbu natijalar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 6i-37/u-sonli qarori bilan tasdiqlangan va “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Mazkur tavsiyalar Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 29 oktyabrdagi 189-son va 21 oktyabrdagi 91-sonli buyruqlari asosida amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/89-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: loyiha natijalari maktabgacha yoshdagi bolalarda kasalliklarni barvaqt aniqlash hamda ularni bartaraf etish imkoniyatini keskin oshirishga xizmat qiladi. Epidemiologik monitoring asosida ishlab chiqilgan profilaktika dasturlari orqali yuqumli va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar tarqalishini kamaytirish va davolanish natijalarini yaxshilashga erishiladi.Iqtisodiy samaradorligi: profilaktik dasturlarni joriy etish orqali kasallik va nogironlik darajasini kamaytirish, dori-darmon xarajatlarini optimallashtirish va iqtisodiy yo‘qotishlarning oldini olish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: maktabgacha yoshdagi bolalar sog‘lig‘iga ta’sir etuvchi tibbiy-ijtimoiy va biologik omillarning kumulyativ (to‘planma) ta’siri har bir yosh guruhida kompleks baholanib, xavf guruhlari aniqlangan. Ular uchun differensial yondashuv asosida moslashtirilgan va samaradorligi yuqori bo‘lgan profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqilgan va takomillashtirilgan. Ushbu ilmiy natijalar Andijon davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2024 yil 29 apreldagi 6i-37/u-sonli qarori bilan tasdiqlanib, “Maktabgacha yoshdagi bolalarning kasallanishi, xavf omillari va ularni profilaktikasi” nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga kiritilgan. Tavsiyalar Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 2024 yil 29 oktyabrdagi 189-son va 21 oktyabrdagi 91-sonli buyruqlari asosida tibbiy amaliyotga joriy etilgan. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2025 yil 15 yanvardagi 11/89-sonli xulosasi bilan tasdiqlangan. Ijtimoiy samaradorligi: loyiha natijalari bolalar salomatligini barvaqt baholash va individual yondashuv asosida profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Bu esa sog‘lomlashtirish dasturlarining aniq va manzilli amalga oshirilishini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalliklar va nogironlikni kamaytirishga xizmat qiluvchi profilaktik mexanizmlar orqali dori xarajatlari va iqtisodiy yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.