Mirzajonov Azizbek Shokirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Orqa miya degenerativ zararlanishlarini erta aniqlash, davolash va oldini olish usullarini optimallashtirish bo‘yicha mintaqaviy strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3452.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Salaxiddinov Adiljan, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mamajonov Boxodirjon Solijonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlarining klinik-epidemiologik tadqiqotga asoslangan erta aniqlash, davolash va profilaktika usullarini optimalashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlari va ularning xavf omillarini epidemiologik prospektiv tadqiqotda 21 yillik o‘zgarishlari chin chastotalari vodiy sharoitida aniqlangan;
vodiy populyasiyasining uzoq yillik tekshiruvida [longitudinal (prospective) study] umurtqa pog‘onasining shikastlanishining klinik kechishi, o‘zaro bog‘liqliklarining tavsiflari, komorbidligining epidemiologik tavsifi isbotlangan;
ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlarining 21 yillik farmakoepidemiologiyasi hamda ularga ta’sir etuvchi asosiy xavf omillari — irsiy moyillik, meva va sabzavot mahsulotlarini kam iste’mol qilish, shuningdek, kasbiy yuklamalarning ta’siri ilmiy asoslangan;
ilmiy tadqiqot doirasida xavf darajasiga asoslangan balli baholash (bashoratlash jadvali) va kasallikning ehtimolini erta aniqlash va davolash usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Orqa miya degenerativ zararlanishlarini erta aniqlash, davolash va oldini olish usullarini optimallashtirish bo‘yicha mintaqaviy strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlari va ularning xavf omillarini epidemiologik prospektiv tadqiqotda 21 yillik o‘zgarishlari chin chastotalari vodiy sharoitida aniqlanganligi bo‘yicha takliflar  Andijon davlat tibbiyot instituti  Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23sentyabr` 6i-67/i son bilan tasdiqlangan «Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqani degenerativ shikastlanishning farmako-epidemiologiyasi va profilaktikasi usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.10.2024 yildagi 231/9-son hamda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali bo‘yicha 30.10.2024 yildagi 143-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda farmakoepidemiologik monitoring tizimini joriy qilish natijasida zamonaviy farmakoterapiya dasturlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirishgan. Iqtisodiy samaradorligi: umurtqa degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda ish vaqtini tejash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilangan.  Kontingentda umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda xavfli asoratlar (ishga yaroqsizlik, nogironlik)ni keskin kamaytirgan. Davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartirish orqali iqtisodiy samarani hisoblashda olib borilgan tadqiqot natijasida umurtqa degenerativ shikastlanishlari bilan kasallangan 40 nafar bemorda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik darajasini pasaytirish orqali 241781100 so‘m mablag‘ tejalishi ta’minlangan. Xulosa: 21 yillik epidemiologik monitoring natijasida umurtqaning degenerativ shikastlanishlari (UDSh) statsionar sharoitidagi bemorlar populyasiyasida 70,4% tarqalish chastotasi bilan aniqlandi hamda yiliga 1,3% dan o‘sish tendensiyasi tasdiqlandi. “Epidemiologik o‘sish” holati aholining barcha guruhlarida (aborigen va kelgindi, erkak va ayol, qishloq va shahar, o‘smir va katta yoshdagi populyasiya) kuzatildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: vodiy populyasiyasining uzoq yillik tekshiruvida [longitudinal (prospective) study] umurtqa pog‘onasining shikastlanishining klinik kechishi, o‘zaro bog‘liqliklarining tavsiflari, komorbidligining epidemiologik tavsifi  isbotlanganligi takliflar  Andijon davlat tibbiyot instituti  Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23sentyabr` 6i-67/i son bilan tasdiqlangan «Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqani degenerativ shikastlanishning farmako-epidemiologiyasi va profilaktikasi usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.10.2024 yildagi 231/9-son hamda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali bo‘yicha 30.10.2024 yildagi 143-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi:  umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda farmakoepidemiologik monitoring tizimini joriy qilish natijasida zamonaviy farmakoterapiya dasturlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirishgan  Iqtisodiy samaradorligi: Kontingentda umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda xavfli asoratlar (ishga yaroqsizlik, nogironlik)ni keskin kamaytirgan. Davolashning yangi usullarini joriy etishda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davrini qisqartirish orqali iqtisodiy samarani hisoblashda olib borilgan tadqiqot natijasida umurtqa degenerativ shikastlanishlari bilan kasallangan 40 nafar bemorda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik darajasini pasaytirish orqali 241781100 so‘m mablag‘ tejalishi ta’minlangan. Xulosa: Andijon viloyati sharoitida o‘tkazilgan 21 yillik skrining trendi bo‘yicha UDSh holatlarining turli lokalizatsiyadagi artrozlar bilan birga uchrashi quyidagi chastotalarda aniqlandi: “UDSh + koksartroz” – 9,4% (erkaklarda – 8,2%, ayollarda – 10,3%), “UDSh + gonartroz” – 6,0% (tafovutsiz), “UDSh + panja bo‘g‘imlar osteoartrozi” – 2,6% (erkaklarda – 3,9%, ayollarda – 1,6%).
uchinchi ilmiy yangilik: ilk marta Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlarining 21 yillik farmakoepidemiologiyasining va xavf omillari - irsiy, meva va sabzavot mahsulotlarini kam iste’mol qilishligi va kasbiy yuklamalar asoslanganligi takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti  Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23 sentyabr` 6i-67/i son bilan tasdiqlangan «Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqani degenerativ shikastlanishning farmako-epidemiologiyasi va profilaktikasi usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.10.2024 yildagi 231/9-son hamda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali bo‘yicha 30.10.2024 yildagi 143-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi  11/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda farmakoepidemiologik monitoring tizimini joriy qilish natijasida zamonaviy farmakoterapiya dasturlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirish va umurtqa degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda ish vaqtini tejash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: davolashning yangi usullarini joriy etish orqali nogironlikni kamaytirish iqtisodiy samarasini hisoblanganda Andijon viloyati sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlarida bashoratlash jadvali va klinik algoritmni joriy etish orqali nogironlik holatlarini kamaytirish 138874635 so‘m mablag‘ni tejash imkonini yaratdi. Xulosa: 21 yillik epidemiologik monitoring asosida xavf omillarining “to‘planishi” bilan bog‘liq ravishda UDSh patologiyasining rivojlanishiga xizmat qiluvchi nomaqbul epidemiologik sharoit darajasi 20 yoshgacha va katta yoshdagi populyasiyada 4,2% ga oshgan (erkaklarda – 6,0%, ayollarda – 3,3%).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ilmiy tadqiqot doirasida xavf darajasiga asoslangan balli baholash (bashoratlash jadvali) va kasallikning ehtimolini erta aniqlash va davolash usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari takomillashtirilgan bo‘yicha takliflar Andijon davlat tibbiyot instituti  Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2024 yil 23sentyabr` 6i-67/i son bilan tasdiqlangan «Farg‘ona vodiysi sharoitida umurtqani degenerativ shikastlanishning farmako-epidemiologiyasi va profilaktikasi usullarini optimallashtirishning mintaqaviy strategik yo‘nalishlari» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif RShTYoIM Namangan filiali bo‘yicha 14.10.2024 yildagi 231/9-son hamda  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali bo‘yicha 30.10.2024 yildagi 143-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/15-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda farmakoepidemiologik monitoring tizimini joriy qilish natijasida zamonaviy farmakoterapiya dasturlarining xavfsizligi va samaradorligini oshirish va umurtqa degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda ish vaqtini tejash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilangan. Iqtisodiy samaradorligi: kontingentda umurtqaning degenerativ shikastlanishlari bilan bemorlarda xavfli asoratlar (ishga yaroqsizlik, nogironlik)ni keskin kamaytirilgan  xamda davolashning yangi usullarini joriy etish orqali nogironlikni kamaytirish iqtisodiy samarasini hisoblanganda Andijon viloyati sharoitida umurtqaning degenerativ shikastlanishlarida bashoratlash jadvali va klinik algoritmni joriy etish orqali nogironlik holatlarini kamaytirish 138874635 so‘m mablag‘ni tejash imkonini yaratdi. Xulosa: UDSh bilan og‘rigan bemorlar populyasiyasida yuqumli bo‘lmagan surunkali kasalliklar bilan bog‘liq xavf omillari 21 yillik monitoring natijalariga ko‘ra quyidagi chastotalarda tasdiqlangan: irsiy omil – 47,1%, ortiqcha tana vazni – 12,7%, chekish – 4,9%, gipodinamiya – 9,8%, alkogol` iste’moli – 11,8%, meva va sabzavotlarni kam iste’mol qilish – 53,9%, kasbiy yuklama – 46,1%, sport bilan haddan tashqari zo‘riqish – 23,5%. Bir vaqtda 2 tadan ortiq xavf omili aniqlangan holatlar asosan ≤20 va ≥20–29 yoshda 100%, ≥60 yoshda esa 70% gacha kuzatilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish