Mirzaev Xurshid Mirza-Alievichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida virus-assotsirlangan jigar saratonining epidemiologik xususiyatlari, xavf omillari va davolash usullarini takomillashtirish» 14.00.14 – Onkologiya, 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3574.
Ilmiy rahbarlar: Abdixakimov Abdulla Nusratullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.15.01.
Rasmiy opponentlar: Rahimov Nodir Mahamatkulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Komilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar jigar saratonining asosiy epidemiologik tendensiyalari, molekulyar-genetik markerlari hamda davolash natijalarini yaxshilash yo‘llarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ilk bor so‘nggi 10 yil ichida jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining statistik jihatdan sezilarli pasayishi aniqlangan, biroq ayrim hududlarda (Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida) profilaktik tadbirlar va skrining tekshiruvlari etarli darajada tashkil etilmagani sababli yuqori ko‘rsatkichlar saqlanib qolgani isbotlangan; 
gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanish xavfini tahlil qilishda yosh omilining yetakchi ahamiyatga ega ekanligi, ro‘yxatga olish yillari bilan virusli gepatitlar B va C o‘rtasida kuchsiz korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (R = 0,48; p < 0,001) hamda virusli gepatitlar bilan kasallanish darajasi ortib borayotgani isbotlangan;
virus-assotsirlangan jigar saratoni bo‘lgan bemorlarda molekulyar-genetik markerlar (Ki-67, Bcl-2, p53 va VEGF) bo‘yicha yuqori ijobiy ekspressiya aniqlanib, virusli etiologiyasiz bemorlarga nisbatan kasallikning ancha agressiv kechishi va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi isbotlangan;
virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar jigar saratoni bilan kasallangan bemorlarda kimyo terapiya va target terapiyaga sezuvchanlik hamda samaradorlik past bo‘lib, ularda yashovchanlik ko‘rsatkichlari past ekanligi, shuningdek, jarrohlik amaliyoti bilan birgalikdagi kombinirlangan va kompleks davolash usullari (jarrohlik + kimyoterapiya; jarrohlik + kimyoterapiya + immunoterapiya) eng maqbul usul sifatida tavsiya etilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston respublikasida virus-assotsirlangan jigar saratonining epidemiologik xususiyatlari, xavf omillari va davolash usullarini takomillashtirish natijasida olingan ilmiy natijalar asosida (O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashning 2024 yil 26 noyabrdagi 09/60-son xulosasiga ko‘ra):
birinchi ilmiy yangilik: O‘zbekistonda ilk bor so‘nggi 10 yil ichida jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi bo‘yicha kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining statistik jihatdan sezilarli pasayishi aniqlangan, biroq ayrim hududlarda (Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida) profilaktik tadbirlar va skrining tekshiruvlari etarli darajada tashkil etilmagani sababli yuqori ko‘rsatkichlar saqlanib qolgani isbotlanganligi «Jigarning virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar saratonida davolash taktikasi tanlovi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 maydagi 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan. Ushbu taklif 2025 yil 20 iyundagi 7-son buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali va 2025 yil 28 iyundagi 21-i-son buyruq bilan Samarqand filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilgan jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi dinamikasini statistik tahlil qilish natijasida so‘nggi 10 yil ichida kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayish tendensiyasi aniqlandi, bu esa virusli gepatitlar va onkologik kasalliklarga qarshi davlat siyosati samaradorligini tasdiqlaydi. Shu bilan birga, kasallik yuqori tarqalgan hududlarning (Jizzax, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahri) aniqlanishi ijtimoiy jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, profilaktik tadbirlar, skrining dasturlari va aholi orasidagi ma’rifiy kampaniyalarni manzilli rejalashtirish imkonini beradi. Bu onkologik ogohlikni oshirish, jigar saratonini erta aniqlashni yaxshilash va ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi guruhlarida o‘limni kamaytirishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash tizimi resurslarini maqsadli qayta taqsimlash, profilaktik va diagnostik tadbirlarni epidemiologik yuklama yuqori bo‘lgan hududlarga yo‘naltirish imkonini yaratadi. Bu orqali davolash va gospitalizatsiya xarajatlarini optimallashtirish, kech bosqichlardagi kasallik va qimmatbaho jarrohlik aralashuvlari bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qisqartirish mumkin bo‘ladi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, hududiy farqlarga asoslangan skrining va profilaktika dasturlarini joriy etish jigarning gepatotsellyulyar karsinomasini davolashga ketadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 8–10% ga kamaytiradi hamda vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotish va nogironlik bilan bog‘liq iqtisodiy yo‘qotishlarni qisqartiradi. Xulosa: O‘zbekiston Respublikasida ilk bor amalga oshirilgan jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi bo‘yicha epidemiologik tahlil kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayish tendensiyasini, shu bilan birga yuqori xavfli hududlarning saqlanib qolishini isbotladi. Bu esa resurslarni manzilli taqsimlash, profilaktika va skrining tadbirlarini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi hamda sog‘liqni saqlash tizimida iqtisodiy yukni kamaytirish va ijtimoiy samaradorlikni oshirish imkonini yaratadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: gepatotsellyulyar karsinoma rivojlanish xavfini tahlil qilishda yosh omilining yetakchi ahamiyatga ega ekanligi, ro‘yxatga olish yillari bilan virusli gepatitlar B va C o‘rtasida kuchsiz korrelyasion bog‘liqlik mavjudligi (R = 0,48; p < 0,001) hamda virusli gepatitlar bilan kasallanish darajasi ortib borayotgani isbotlanganligi «Jigarning virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar saratonida davolash taktikasi tanlovi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 maydagi 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan. Ushbu taklif 2025 yil 20 iyundagi 7-son buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali va 2025 yil 28 iyundagi 21-i-son buyruq bilan Samarqand filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: yosh omili va jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi rivojlanish xavfi o‘rtasidagi ishonchli bog‘liqlikning aniqlanishi katta ijtimoiy ahamiyatga ega, chunki bu keksalarni eng ehtiyojmand guruh sifatida ajratib ko‘rsatish imkonini yaratadi. Virusli gepatitlar B va C tarqalishi bilan jigar saratoni kasallanish darajasi o‘rtasidagi korrelyasiyaning isbotlanishi 45 yoshdan katta aholi orasida profilaktik va skrining dasturlarini faollashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Bu holat o‘smadan oldingi jarayonlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolash, surunkali gepatitning sirroz va gepatotsellyulyar karsinomaga o‘tishi chastotasini kamaytirish imkonini beradi. Natijada aholi o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi va hayot sifati oshadi, kasallikning kech bosqichda aniqlanishi kamayadi. Iqtisodiy samaradorligi: yosh va virusli xavf omillarini aniqlash orqali hududiy skrining va profilaktika dasturlarini maqsadli shakllantirish, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish imkoni yaratiladi. Yuqori xavf guruhlariga yo‘naltirilgan tadbirlar kech bosqichdagi qimmat diagnostika va davolash usullariga ehtiyojni kamaytiradi, bu esa davlat byudjeti xarajatlarini 9–12% ga tejash imkonini beradi. Virusli gepatitlarni erta aniqlash va davolash gospitalizatsiya muddatini qisqartiradi, jigar transplantatsiyasi va o‘smaga qarshi terapiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi, bu esa sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini umumiy optimallashtirishga xizmat qiladi. Xulosa: yosh omilining yuqori ahamiyati va virusli gepatitlar B va C bilan gepatotsellyulyar karsinoma o‘rtasida statistik jihatdan ishonchli bog‘liqlik mavjudligi isbotlangan. Bu natijalar yoshga yo‘naltirilgan profilaktik dasturlarni ishlab chiqish zarurligini tasdiqlaydi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish skrining samaradorligini oshirishga, kasallanish va o‘limni kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va sog‘liqni saqlash tizimidagi iqtisodiy yukni pasaytirishga xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: virus-assotsirlangan jigar saratoni bo‘lgan bemorlarda molekulyar-genetik markerlar (Ki-67, Bcl-2, p53 va VEGF) bo‘yicha yuqori ijobiy ekspressiya aniqlanib, virusli etiologiyasiz bemorlarga nisbatan kasallikning ancha agressiv kechishi va yashovchanlik darajasi past bo‘lishi isbotlanganligi «Jigarning virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar saratonida davolash taktikasi tanlovi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 maydagi 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan. Ushbu taklif 2025 yil 20 iyundagi 7-son buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali va 2025 yil 28 iyundagi 21-i-son buyruq bilan Samarqand filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: virus-assotsirlangan jigar saratoni bilan kasallangan bemorlarda molekulyar-genetik markerlar Ki-67, Bcl-2, p53 va VEGF ekspressiyasining yuqori darajada bo‘lishi muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Bu holat kasallikning agressiv kechishi va noqulay prognozga ega bemorlar guruhini ob’ektiv ravishda ajratib ko‘rsatish imkonini beradi. Bu esa shaxsiylashtirilgan yondashuv asosida davolash taktikasi tanlash, intensiv terapiya sxemalarini belgilash va progressiya xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish uchun ilmiy asos yaratadi. Molekulyar markerlarning amaliyotga joriy etilishi o‘smaning agressiv shakllarini erta aniqlash, o‘limni kamaytirish va umr davomiyligini oshirishga xizmat qiladi. Bu yondashuv tibbiy yordam sifatini oshirish va aholining sog‘liqni saqlash tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi. Iqtisodiy samaradorligi: molekulyar-genetik markerlarni prognostik mezon sifatida qo‘llash terapiya taktikasi individuallashtirilishi orqali davolash xarajatlarini oqilona boshqarish imkonini yaratadi. O‘smaga qarshi davolash hajmini optimallashtirish va progressiya xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash orqali samarasiz gospitalizatsiyalar, takroriy terapiya kurslari va palliativ davolash bilan bog‘liq sarf-xarajatlar kamayadi. Prognoziy hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu strategiyani joriy etish virus-assotsirlangan jigar saratonini davolash bo‘yicha umumiy xarajatlarni 10–15% ga kamaytirish imkonini beradi, chunki resurslar maqsadli taqsimlanadi va terapiya samaradorligi oshadi. Xulosa: virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar karsinomali bemorlarda molekulyar markerlar Ki-67, Bcl-2, p53 va VEGF ekspressiyasining yuqori bo‘lishi kasallikning agressiv kechishi va yashovchanlikning pastligini aks ettiradi, bu esa klinik amaliyotda molekulyar profillashtirish zarurligini asoslaydi. Marker tahlilining qo‘llanilishi diagnostika va davolash samaradorligini oshirishga, terapiyani shaxsiylashtirishga, yashovchanlik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga va sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanishga xizmat qiladi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar jigar saratoni bilan kasallangan bemorlarda kimyo terapiya va target terapiyaga sezuvchanlik hamda samaradorlik past bo‘lib, ularda yashovchanlik ko‘rsatkichlari past ekanligi, shuningdek, jarrohlik amaliyoti bilan birgalikdagi kombinirlangan va kompleks davolash usullari (jarrohlik + kimyoterapiya; jarrohlik + kimyoterapiya + immunoterapiya) eng maqbul usul sifatida tavsiya etilishi asoslanganligi «Jigarning virus-assotsirlangan gepatotsellyulyar saratonida davolash taktikasi tanlovi» nomli uslubiy tavsiyanoma tarkibiga kiritilib, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Ilmiy kengashi tomonidan 2025 yil 28 maydagi 4-son bayonnoma bilan tasdiqlangan. Ushbu taklif 2025 yil 20 iyundagi 7-son buyruq bilan Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Farg‘ona filiali va 2025 yil 28 iyundagi 21-i-son buyruq bilan Samarqand filiali amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: virus-assotsirlangan jigarning gepatotsellyulyar karsinomasi bilan kasallangan bemorlarda kimyo va target terapiyaning past samaradorligi va sezuvchanligi klinik jihatdan isbotlangan bo‘lib, bu holat ushbu toifadagi bemorlar uchun davolash taktikasiga qayta ko‘zdan kechirilgan ilmiy yondashuvni talab qiladi. Kombinatsiyalashgan va kompleks usullarni (jarrohlik aralashuvi + kimyo terapiyasi; jarrohlik aralashuvi + kimyo terapiyasi + immun terapiyasi) qo‘llash orqali yashovchanlik va hayot sifati ko‘rsatkichlari oshishi ta’minlandi. Bu usul kasallikning residiv va progressiya holatlarini kamaytiradi, terapiya samaradorligini va bemorlarning ijtimoiy moslashuvini oshiradi. Kombinatsiyalashgan davolash sxemalarini amaliyotga joriy etish kasallik ustidan barqaror nazoratni ta’minlaydi, reabilitatsiya jarayonini yaxshilaydi va mehnatga layoqatli yoshdagi bemorlarning faol hayotini uzaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: kombinatsiyalashgan va kompleks davolash usullarini qo‘llash terapiya samaradorligini oshirish va monoterapiyaga sarflanadigan samarasiz xarajatlarni qisqartirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi mablag‘laridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi. Residivlar va takroriy gospitalizatsiyalar sonining kamayishi target terapiyaning qimmat kurslariga va palliativ davolashga bo‘lgan ehtiyojni qisqartiradi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kompleks davolash sxemalarini joriy etish har bir bemor uchun umumiy xarajatlarni 12–15% ga kamaytiradi, statsionarda bo‘lish muddatini qisqartiradi va dori vositalari hamda tibbiyot xodimlari resurslarini yanada oqilona taqsimlash imkonini yaratadi. Xulosa: virus-assotsirlangan jigarning gepatotsellyulyar karsinomasida standart kimyo va target terapiya sxemalarining past samaradorligi klinik jihatdan isbotlangan. Shuning uchun mavjud davolash yondashuvlarini qayta ko‘rib chiqish zarurligi asoslangan. Kombinatsiyalashgan va kompleks davolash usullari (jarrohlik aralashuvi bilan birgalikda kimyo terapiyasi va/yoki immun terapiya) terapiya samaradorligini va bemorlar yashovchanligini ishonchli oshirishini isbotlaydi. Bu usul hayot sifatini yaxshilaydi, residiv va progressiya holatlarini kamaytiradi, gospitalizatsiya sonini qisqartiradi va o‘smaga qarshi davolash hajmini optimallashtirish orqali byudjet mablag‘larini tejashni ta’minlaydi. Shu bilan birga, milliy darajada onkologik yordam samaradorligi va aholi uchun uning mavjudligini oshirishga xizmat qiladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish