Rashidova Nilufar Safoevnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Reproduktiv yoshdagi ayollarda epilepsiyaning kechishida immunologik va gormonal siljishlarning o‘rni, olib borish menejmenti va davolash taktikasi», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib233.
Ilmiy maslahatchi: Raximbaeva Gulnora Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06. 2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Madjidova Yakutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Magzumova Shaxnoza Shaxzadeevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Sankt-Peterburg, Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: reproduktiv yoshdagi ayollarda epilepsiya kechishida klinik, neyrofiziologik, immunologik va gormonal siljishlarni o‘rganish, ular asosida epilepsiya bilan og‘rigan ayollarni  olib borish menejmenti va davolash taktikasi modelini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fertil yoshdagi epilepsiya bilan og‘rigan ayollarda kompleks tekshiruv asosida epilepsiyaning klinik tavsifi asoslangan;
reproduktiv yoshdagi ayollarda epilepsiyaning patogenezi mexanizmida siliar neyrotrofik omilning o‘rni isbotlangan;
epilepsiyaning turli shakllari bilan xastalangan ayollarda jinsiy gormonlar miqdorining o‘zgarishi va reproduktiv sferadagi buzilishlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
epilepsiya bilan og‘rigan fertil yoshdagi ayollarda kutilmagan dori vositalari ta’sirining uchrash chastotasi va epilepsiyaga qarshi terapiya xususiyatlari aniqlangan;
epilepsiya bilan og‘rigan reproduktiv yoshdagi ayollarga tibbiy-ijtimoiy yordam berish va yashash sifatini yaxshilashga qaratilgan davolash-diagnostik chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  
Reproduktiv yoshdagi ayollarda epilepsiyaning kechishida immunologik va gormonal siljishlarni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
fertil yoshdagi ayollarda epilepsiyaning dianostikasi va davosi bo‘yicha “Ayollarda epilepsiya (kechish xususiyatlari, olib borish va davolash)” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n–d/246-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma epilepsiya bilan og‘rigan ayollarning diagnostikasi, differensial terapiya taktikasi, shuningdek ularning olib borishni jadallashtirishga imkoniyat yaratgan;
immunologik tekshiruv natijalari asosida “Reproduktiv yoshdagi ayollarda epilepsiya (neyroimmunologik xususiyatlari)” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-d/246-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma epilepsiya bilan og‘rigan ayollarning qon zardobida CNTF miqdorini aniqlashning ahamiyati to‘g‘risidagi bilimlarni boyitishga xizmat qilgan;
epilepsiyaning diagnostikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Qibray tumani (Toshkent viloyati) ko‘p tarmoqli poliklinikasiga, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli klinikasiga, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli polinikasi amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 8n-z/263-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi  reproduktiv yoshdagi epilepsiya bilan og‘rigan ayollar sog‘lig‘ini nazorat qilishni yaxshilashga imkon tug‘diradi, kasallik asoratlari rivojlanish xavfini hamda nogironlik va o‘lim holati xavfini kamaytirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish