Mamadalieva Mexriyobegim Mansurjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda temir tanqisligi holatining klinik-epidemiologik xususiyatlari va oldini olish usullari (Andijon misolida)» 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam : B2021.4.PhD/Tib2340.
Ilmiy rahbar: Asranqulova Diloramxon Baxtiyarovna. tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajargan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Rustamova Mamlakat Tulaboevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yakubova Oltinoy Abdug‘anievna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Taqdiqotning maqsadi: Farg‘ona vodiysi sharoitida homiladorlarda temir tanqisligi holatlarining epidemiologiyasi, kechish xususiyatlari va profilaktikasining klinik – skrining jihatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor Andijon viloyati misolida homilador ayollarda temir tanqisligi holatlarining epidemiologik ko‘rsatkichlari va tarqalish xususiyatlari aniqlangan va  homiladorlik muddatiga qarab prelatent, latent va manifest temir tanqisligining darajalari  isbotlangan;
homilador ayollarda temir tanqisligi kamqonligi bilan bog‘liq xavf omillari yoshga bog‘liq holda birinchi marta tizimli ravishda baholangan va ularning tarqalish dinamikasi asoslangan;
temir tanqisligi kamqonligining klinik belgilari va ularning uchrash chastotasi aniqlangan hamda profilaktika chora-tadbirlari ilmiy jihatdan ishlab chiqilgan;
temir tanqisligi holatlarini erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali homiladorlik asoratlari, shu jumladan xorion ajralishi va bola tashlash xavfining kamayishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homilador ayollarda temir tanqisligi holatlarining klinik va epidemiologik xususiyatlari va oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 25.09.2024 y. 06/73-son xulosasi)::
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor Andijon viloyati misolida homilador ayollarda temir tanqisligi holatlarining epidemiologik ko‘rsatkichlari va tarqalish xususiyatlari aniqlangan va  homiladorlik muddatiga qarab prelatent, latent va manifest temir tanqisligining darajalari  isbotlanganligi Andijon viloyati Andijon shahar Tibbiyot birlashmasi 1-son tug‘ruq kompleksi (№56.1.02.2024)  RIO va SIATM DM Namangan viloyati filliali. (№47.15.02.2024) xamda RIO va SIATM DM Farg‘ona viloyati filliali. (№45.29.02.2024) sonli buyrugi bilan amaliyotga tatbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: homiladorlik negizida rivojlangan temir tanqisligi epidemiologik-skrining yordamida aniqlanib temir tanqisligi kamqonligini erta (prelatent), yashirin (latent) bosqichida tashhislash mumkinligi isbotlangan (100,0% holatda). Iqtisodiy samaradorligi: ushbu xolatda bu tekshirishlar tashxislash aniqligini va davolash o‘z vaktida olib borish davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%ga oshiradi shu bilan birga davolanish muddatini (2760000 so‘m)ga qisqartirishga erishildi. Xulosa: bemorlar salomatligining tez qayta tiklanishi va erta tashxislash bu xomila  o‘sish va rivojlanishning sustlashishi qaytarilmas oqibatlarga olib keladigan bolaning xomila ichi rivojlanishining anormalliklari   rivolanish xavfini oldini oladi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda temir tanqisligi kamqonligi bilan bog‘liq xavf omillari yoshga bog‘liq holda birinchi marta tizimli ravishda baholangan va ularning tarqalish dinamikasi asoslanganligi Andijon viloyati Andijon shahar Tibbiyot birlashmasi 1-son tug‘ruq kompleksi (№56.1.02.2024) RIO va SIATM DM Namangan viloyati filliali.(№47.15.02.2024) xamda RIO va SIATM DM Farg‘ona viloyati filliali.  (№45.29.02.2024) sonli buyrugi bilan amaliyotga tatbik etildi. Ijtimoiy samaradorligi: epidemiologik monitoring tizimini ilmiy asoslangan holda qabul qilish va amalda muntazam ta’minlash homiladorlarda temir tanqisligi kamqonligining kelib chiqishini 85 – 90% gacha oldini olish imkoniyatini berishi tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu xolatda bu tekshirishlar tashxislash aniqligini va davolash o‘z vaktida olib borish davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%ga oshiradi shu bilan birga davolanish muddatini (2760000 so‘m)ga qisqartirishga erishildi. Xulosa: xomiladorlarda temir tanqisligi holatini Andijon mintaqasida ifodalovchi epidemiologik sharoit va vaziyat tasdiqlanib isbotlangan, ular profilaktika dasturlarini yaratish va amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: temir tanqisligi kamqonligining klinik belgilari va ularning uchrash chastotasi aniqlangan hamda profilaktika chora-tadbirlari ilmiy jihatdan ishlab chiqilganligi Andijon viloyati Andijon shahar Tibbiyot birlashmasi 1-son tug‘ruq kompleksi (№56.1.02.2024) RIO va SIATM DM Namangan viloyati filliali.(№47.15.02.2024) xamda RIO va SIATM DM Farg‘ona viloyati filliali. (№45.29.02.2024) sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: xalqaro mezonlarga asoslanib temir tanqisligi kamqonligining xavf omillarini epidemiologik tekshiruvda tashhislash va baholash homiladorlarda «salomatlikning populyatsiyali indeksi»ni 90% ga yaxshilashi isbotlangan. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu xolatda bu tekshirishlar tashxislash aniqligini va davolash o‘z vaktida olib borish davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%ga oshiradi shu bilan birga davolanish muddatini (2760000 so‘m)ga qisqartirishga erishildi. Xulosa: xomilador ayollarda temir tanqisligining xavfi 90%ga bartaraflanadi yoki 100 tadan 90 ta xomilador ayolni sog‘lomlashtirishga kamqonlikda erishiladi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: temir tanqisligi holatlarini erta bosqichlarda aniqlash va o‘z vaqtida profilaktik tadbirlarni amalga oshirish orqali homiladorlik asoratlari, shu jumladan xorion ajralishi va bola tashlash xavfining kamayishi isbotlanganligi Andijon viloyati Andijon shahar Tibbiyot birlashmasi 1-son tug‘ruq kompleksi (№56.1.02.2024)  RIO va SIATM DM Namangan viloyati filliali.(№47.15.02.2024) xamda RIO va SIATM DM Farg‘ona viloyati filliali. (№45.29.02.2024) sonli buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: temir tanqisligi kamqonligini donozologik tashxisoti va profilaktikasini izchil epidemiologik tadqiqot natijalaridan kelib chiqib ta’minlanishi xomiladorlarda xorion ajralishini 6,4% ga va bola tashlash xavfini 40% - ga kamaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: ushbu xolatda bu tekshirishlar tashxislash aniqligini va davolash o‘z vaktida olib borish davolash samaradorligini o‘rtacha 20-25%ga oshiradi shu bilan birga davolanish muddatini (2760000 so‘m)ga qisqartirishga erishildi. Xulosa: xududiy epidemiologik monitoringdan kelib chiqib amaliyotga tavsiya etilgan – nazorat qilish, xulosa berish va profilaktika konsensiyasi/amaliyotini o‘tkazish tibbiy - iqtisodiy (80% ga etib) va profilaktik samara (100%ga) keltiradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish