Baxramov Sardorbek Talatovichningning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Exokardiografiya va kompyuter tomografiyasiga ko‘ra birlamchi o‘pka gipertenziyasi noinvaziv tashxisi va og‘irligini baholashni takomillashtirish», 14.00.19 – Tibbiy radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2021.2.PhD/Tib1933.
Ilmiy rahbar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va klinik immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.06.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraeva Nigora Muxsumovna tibbiyot fanlari doktori, professor. Bekmetova Feruza Matsafaevna - tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tibbiy vizualizatsiyaning noinvaziv usullari - exokardiografiya va kompyuter tomografiyasini qo‘llagan holda birlamchi  o‘pka gipertenziyasi diagnostikasini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bemorlarning mintaqaviy tanlovida birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasining yuqori chastotasi aniqlangan va kasallikning noxush kechishi va rivojlanishi xavfini belgilovchi klinik-instrumental omillarning prognostik ahamiyati isbotlangan;
o‘ng qorinchaning morfologik va gemodinamik xususiyatlarini baholashni takomillashtirish maqsadida streyn texnologiyalarini qo‘llagan holda exokardiografiya yordamida birlamchi o‘pka gipertenziyasini noinvaziv diagnostika qilishga kompleks yondashuv asoslangan;
ilk bor exokardiografiya parametrlari asosida o‘rtacha va og‘ir funksional cheklanishlar kuzatilgan birlamchi o‘pka gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarni tabaqalashtirish (differensiatsiya qilish) uchun logistik model ishlab chiqilgan;
o‘pka arterial gipertenziyasini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, uning idiopatik genezini belgilashda ExoKG va KT usullari kombinatsiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Exokardiografiya va kompyuter tomografiyasiga ko‘ra birlamchi o‘pka gipertenziyasi noinvaziv tashxisi va og‘irligini baholashni takomillashtirish  bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2025 yil 15 yanvardagi 11/16-son xulosasi) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor bemorlarning mintaqaviy tanlovida birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasining yuqori chastotasi aniqlangan va kasallikning noxush kechishi va rivojlanishi xavfini belgilovchi klinik-instrumental omillarning prognostik ahamiyati isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: birlamchi o‘pka giperenziyasining noxush kechishi va progressiv rivojlanishiga ta’sir etuvchi multifaktorli klinik-instrumental omillarning o‘zaro bog‘liqligini aniqlash hamda ularning yuqori prognostik qiymatini matematik (statistik) jihatdan isbotlash orqali belgilanadi. Bu esa kasallik patogenezini chuqurroq tushunish va individual xavf darajasini prognozlash imkonini kengaytiradi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: ishlab chiqilgan diagnostik yondashuvlar amaliyotga joriy etildi. Xususan, ular Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyuldagi 8-raqam/1788-son "Birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasini tashxislashda exokardiografiya va kompyuter tomografiyasini qo‘llash" uslubiy tavsiyanomalariga kiritilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona viloyati filialining 2024 yil 19 oktyabrdagi 34-sonli buyrug‘i va Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Andijon viloyati filialining 2024 yil 4 sentyabrdagi 01/05-110-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 15.01.2025 yildagi 11/16-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarda klinik va instrumental xavf omillarini kompleks baholashni joriy etish kasallikni erta tashxislash sifatini oshirish, bemorlarni xavf darajasi bo‘yicha tabaqalashtirishni yaxshilash va davolash taktikasini individual tanlash aniqligini oshirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: diagnostika algoritmini optimallashtirish va takroriy kasalxonaga yotqizish zaruratini kamaytirish bemorlarni tekshirish va davolash xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 1050000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: tadqiqot jarayonida ilk bor bemorlarning mintaqaviy populyasiyasida birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasining tarqalish xususiyatlari tizimli o‘rganildi va kasallikning noxush kechishi va rivojlanishi bilan bog‘liq klinik-instrumental omillar asoslandi, bu esa diagnostik va prognostik yondashuvlarni takomillashtirish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. 
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘ng qorinchaning morfologik va gemodinamik xususiyatlarini baholashni takomillashtirish maqsadida streyn texnologiyalarini qo‘llagan holda exokardiografiya yordamida birlamchi o‘pka gipertenziyasini noinvaziv diagnostika qilishga kompleks yondashuv asoslangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: ilk bor streyn-exokardiografiya va mul`tiparametrik tahlil asosida o‘ng qorincha remodellanishini baholashning noinvaziv mezonlari tizimlashtirildi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish:  Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona va Andijon viloyatlari filiallarining amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: multiparametrik exokardiografik yondashuvni joriy etish yurak o‘ng bo‘limlarining morfologik va gemodinamik ko‘rsatkichlarini noinvaziv baholash aniqligini oshirish, birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasini erta tashxislashni yaxshilash va bemorlarni davolash va monitoring qilish taktikasini yanada asosli individual tanlashni ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: multiparametrik exokardiografik usuldan foydalanish qo‘shimcha invaziv diagnostika muolajalarini o‘tkazish zaruratini kamaytirish va bemorlarni tekshirish xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 920000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: tadqiqot davomida o‘ng qorinchaning morfologik va gemodinamik xususiyatlarini kompleks baholashni ta’minlaydigan multiparametrik exokardiografik yondashuvning yuqori diagnostik ahamiyati asoslandi, bu noinvaziv tashxisotning informativligini oshirdi va birlamchi o‘pka gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarni klinik olib borish samaradorligini yaxshiladi.
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor exokardiografiya parametrlari asosida o‘rtacha va og‘ir funksional cheklanishlar kuzatilgan birlamchi o‘pka gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarni tabaqalashtirish (differensiatsiya qilish) uchun prognostik logistik model ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: bemorning funksional holatini (o‘rtacha va og‘ir daraja) faqat klinik belgilarga tayanmay, balki yurak miokardining deformatsion zaxirasi (streyn) va geometrik o‘zgarishlariga asoslangan holda ob’ektiv tabaqalashtirish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona va Andijon viloyatlari filiallarining amaliyotiga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: prognosti model texnologiyasini joriy etish bemorlarda kasallikni kechishini baholash aniqligini oshirish, kasallikning rivojlanish belgilarini erta aniqlashni yaxshilash va birlamchi (idiopatik) o‘pka gipertenziyasi bo‘lgan bemorlarda prognozni yanada asosli baholashni ta’minlash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: prognosti model texnologiyasini qo‘llash qo‘shimcha qimmatbaho instrumental tadqiqotlarga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirish va bemorlarni diagnostik tekshirish xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 980000 so‘mga qisqartirish imkonini bergan. Xulosa: birlamchi o‘pka gipertenziyasi bilan og‘rigan bemorlarda prognostik modelni qo‘llanilishi bemorlarda kasallikni kechishini ko‘rsatuvchi prediktorlar va ular yordamida o‘ng qorinchaning funksional zaxirasi xaqida   ma’lumot olish  prognostik  baholash samaradorligini oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘pka arterial gipertenziyasini aniqlash va tasdiqlash, shuningdek, uning idiopatik genezini belgilashda ExoKG va KT usullari kombinatsiyasini qo‘llash maqsadga muvofiqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: birlamchi o‘pka gipertenziyasini verifikatsiya qilishda ExoKG va KT usullarining birgalikda qo‘llanilishi nafaqat kasallikni aniqlash, balki uning idiopatik tabiatini (ikkilamchi sabablarni inkor etish orqali) isbotlashning eng ishonchli noinvaziv yo‘li ekanligi tasdiqlandi. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Farg‘ona va Andijon viloyatlari filiallarining amaliyotiga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: exokardiografiya va yuqori aniqlikdagi multispiral kompyuter tomografiyasini kompleks qo‘llashni joriy etish birlamchi o‘pka gipertenziyasi sabablarini aniqlash aniqligini oshirish, kasallikning turli shakllarini qiyosiy tashxislashni takomillashtirish va bemorlarni davolash taktikasini va monitoringini yanada asosli tanlashni ta’minlash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: ExoKG va MSKTni birgalikda qo‘llash orqali diagnostika algoritmini optimallashtirish takroriy diagnostik tekshiruvlar sonini kamaytirish va bemorlarni tekshirish xarajatlarini har bir bemor uchun o‘rtacha 1120000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: exokardiografiya va MSKTni kompleks qo‘llashning yuqori diagnostik samaradorligi isbotlangan bo‘lib, birlamchi o‘pka  gipertenziyasi sabablarini yanada aniqroq aniqlash va kasallikning noinvaziv tashxisoti informativligini oshirishni ta’minlaydi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish