Asqarov Akmaljon Mirtemir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Preeklampsia fonida tug‘ilgan neonatal davrda nobud chaqaloqlar buyragining patomorfologik xususiyatlari» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Tib5984.
Ilmiy rahbar: Mamajanov Boxadirjon Solijonovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, ilmiy kengash raqami: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti  PhD.06/2025.27.12Tib.21.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanov Ziyodillo Eshmatovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc) professori. Maxkamov Nosir Jo‘raevich, tibbiyot fanlari doktori (DSc) dotsent.  
Yetakchi tashkilot: Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: onasida preeklampsiya bo‘lgan chaqaloqlar buyragining morfologik, morfometrik va immunogistokimyoviy xos o‘zgarishlarni o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
preeklampsiya fonida tug‘ilgan va nobud bo‘lgan chaqaloqlarning onalari anamnezida surunkali ekstragenital kasalliklar (pielonefrit 42%, kamqonlik 68%) va preeklampsiyaning erta boshlanishi (28-32 hafta) homila buyragidagi destruktiv o‘zgarishlarni kuchaytiruvchi asosiy determinantlar ekanligi aniqlangan; 
erta neonatal davrda buyraklarda o‘tkir gipoksik shikastlanish belgilari – koptokchalar va kanalchalar distrofiya, nekrobiozi, kapillyarlarning to‘laqonligi, venoz to‘laqonlik belgilari rivojlangan bo‘lsa, kechki neonatal davrda kanalchalar epiteliysining atrofiyasi, glomerulofibroz, stromada biriktiruvchi to‘qima elementlarining ko‘payishi aniqlangan;
og‘ir preeklampsiya fonida tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak po‘stloq sohasi koptokchalari va proksimal kanalchalari nazorat guruhiga nisbatan 25% ga (mkm da) kichiklashishi va ingichkalashganligi nefronlar shakllanishi erta to‘xtashi isbotlangan; 
preeklampsiya fonida tug‘ilgan chaqaloqlarda PAX2 markeri yuqori ekspressiyasi nefrogenezni pastligini tasdiqlasa, CASPASA-8 ning yuqori pozitivligi esa gipoksik stress sharoitida hujayralarning antiapoptotik himoya mexanizmi faollashganligini ko‘rsatuvchi spesifik IGX-mezonlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Preeklampsiya fonida tug‘ilgan neonatal davrida nobud bo‘lgan chaqaloqlar buyragining immunogistokimyoviy va morfometrik ko‘rsatkichlari bo‘yicha baholash algoritmi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natigalariga (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengash №08/44 son xulosasi 2026 yil 12 may) ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: preeklampsiya fonida tug‘ilgan va nobud bo‘lgan chaqaloqlarning onalari anamnezida surunkali ekstragenital kasalliklar (pielonefrit 42%, kamqonlik 68%) va preeklampsiyaning erta boshlanishi (28–32 hafta) homila buyragidagi destruktiv o‘zgarishlarni kuchaytiruvchi asosiy determinantlar ekanligi aniqlangan. Ushbu natija preeklampsiya sharoitida homila buyragi shikastlanishining etiopatogenetik omillarini yanada aniqlashtirish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida yuqori xavf guruhiga kiruvchi homilador ayollarni erta aniqlash va ularni maqsadli dispanser kuzatuviga olish imkoniyati kengaydi. Bu esa preeklampsiya og‘ir kechishi bilan bog‘liq asoratlarni kamaytirish, neonatal o‘lim holatlarini qisqartirish va ona-bola muhofazasini kuchaytirishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf guruhlarini erta aniqlash va maqsadli profilaktik tadbirlarni tashkil etish hisobiga ortiqcha laborator va instrumental tekshiruvlar soni qisqardi, kech aniqlangan og‘ir holatlar bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlar kamaydi. Shuningdek, diagnostik jarayon muddati 2–3 kunga qisqarishi natijasida statsionar xarajatlar pasaydi. Natijada bir nafar bemor uchun o‘rtacha 0,9 mln so‘m, 20 nafar bemor uchun 18 mln so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Xulosa: ona anamnezi va preeklampsiya xususiyatlariga asoslangan mazkur yondashuv klinik amaliyotga joriy etildi hamda homila buyragi shikastlanishini erta bashorat qilishda muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatildi.
ikkinchi ilmiy yangilik: erta neonatal davrda buyraklarda o‘tkir gipoksik shikastlanish belgilari – koptokchalar va kanalchalar distrofiyasi, nekrobiozi, kapillyarlarning va venoz tizimning to‘laqonligi kuzatilgan bo‘lsa, kechki neonatal davrda kanalchalar epiteliysining atrofiyasi, glomerulofibroz va stromada biriktiruvchi to‘qima elementlarining ko‘payishi aniqlangan. Bu natijalar buyrakdagi morfologik o‘zgarishlar bosqichma-bosqich rivojlanish xususiyatiga ega ekanini ko‘rsatdi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu morfologik qonuniyatlarni amaliyotga tatbiq etish orqali neonatal davrda buyrak shikastlanishining og‘irlik darajasini erta baholash imkoniyati yaratildi. Bu shifokorlarga xavfli holatlarni oldindan aniqlash, kuzatuv va davolash taktikasini to‘g‘ri belgilash imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: buyrakdagi morfologik o‘zgarishlarni bosqichma-bosqich baholash orqali og‘ir holatlarni erta aniqlash imkoniyati yaratildi, bu esa kech bosqichda talab qilinadigan qo‘shimcha tekshiruvlar va davolash xarajatlarini kamaytirdi. Natijada diagnostik jarayonni optimallashtirish hisobiga bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1,0 mln so‘m, 20 nafar bemor uchun 20 mln so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: neonatal davr bosqichlariga xos morfologik o‘zgarishlarni hisobga olishga asoslangan yondashuv amaliyotga joriy etildi va buyrak shikastlanishini baholashda yuqori ahamiyatga ega ekani aniqlandi.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘ir preeklampsiya fonida tug‘ilgan chaqaloqlarda buyrak po‘stloq sohasi koptokchalari va proksimal kanalchalari nazorat guruhiga nisbatan 25% ga kichiklashishi va ingichkalashganligi nefronlar shakllanishi erta to‘xtashi isbotlangan. Bu natija nefrogenezning buzilishi va nefronlar defisiti shakllanishini morfometrik jihatdan tasdiqladi. Ijtimoiy samaradorligi: ushbu morfometrik mezonlarni amaliyotga joriy etish orqali nefrogen defisitga ega chaqaloqlarni erta aniqlash va ularni dispanser kuzatuviga olish imkoniyati paydo bo‘ldi. Bu esa kelajakda surunkali buyrak kasalliklarining oldini olishga xizmat qildi. Iqtisodiy samaradorligi: nefronlar defisitini morfometrik baholash orqali xavf guruhiga kiruvchi chaqaloqlar erta aniqlandi va ularga nisbatan profilaktik chora-tadbirlar o‘z vaqtida qo‘llanildi. Bu esa keyinchalik rivojlanadigan og‘ir buyrak patologiyalari bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirishga xizmat qildi. Natijada bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1,1 mln so‘m, 20 nafar bemor uchun 22 mln so‘m iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi. Xulosa: nefronlar shakllanishining buzilishini baholashga asoslangan morfometrik yondashuv amaliyotga joriy etildi va buyrak etishmovchiligini bashorat qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: preeklampsiya fonida tug‘ilgan chaqaloqlarda PAX2 markeri yuqori ekspressiyasi nefrogenez pastligini, CASPASE-8 markerining yuqori pozitivligi esa gipoksik stress sharoitida hujayralarning antiapoptotik himoya mexanizmi faollashganligini ko‘rsatuvchi spesifik immunogistokimyoviy mezonlar ekanligi isbotlandi. Ijtimoiy samaradorligi: immunogistokimyoviy mezonlarni amaliyotga joriy etish diagnostik aniqlikni oshirdi, bu esa shifokorlarga buyrakdagi patologik jarayonlarni chuqurroq baholash va individual yondashuvni qo‘llash imkonini berdi. Natijada tashxisdagi noaniqliklar kamaydi va bemorlarni boshqarish sifati yaxshilandi. Iqtisodiy samaradorligi: immunogistokimyoviy mezonlarni joriy etish orqali diagnostik aniqlik oshdi va ortiqcha takroriy tekshiruvlar soni 20–25% ga kamaydi. Bu esa noto‘g‘ri tashxis va qayta tekshiruvlar bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirdi. Natijada bir nafar bemor uchun o‘rtacha 1,2 mln so‘m, 20 nafar bemor uchun 24 mln so‘m iqtisod qilindi. Xulosa: immunogistokimyoviy baholashga asoslangan mazkur yondashuv amaliyotga joriy etildi va buyrakdagi patologik jarayonlarni baholashda yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekani isbotlandi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish