Xaydarov Eldorbek Raximjon o‘g‘lining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Olmurut (Pyrus) va Yapon saforasi (Styphnolobium japonicum) o‘simliklari asosida shifobaxsh tovarlar olish hamda ularni sinflash”, 02.00.09 - Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertastiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.DSc/B261.
Ilmiy maslahatchilar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shavkat Vohidovich, kimyo fanlari doktori, professor.  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Mamatova Irodaxon Yusupovna, kimyo fanlari doktori, professor; To‘raev Zokirjon, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilov Mo‘minjon Yusupovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Pyrus L. va Styphnolobium japonicum L. o‘simliklari asosida oziq-ovqat qo‘shilmalari ishlab chiqish, ularni kimyoviy tarkibi, biologik faolligi va sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash, hamda tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi bo‘yicha sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
“AS-UBS” va “AS-INFUSUM” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalarining kimyoviy tarkibi kompleks ravishda o‘rganilib, ular tarkibida flavonoidlar, efir moylari, suvda va yog‘da eruvchan vitaminlar, aminokislotalar, uglevodlar, organik kislotalar hamda makro- va mikroelementlar mavjudligi zamonaviy fizik-kimyoviy usullar yordamida aniqlangan;
yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) tahlillari asosida “AS-UBS” tarkibida digidrokversetin, rozavin, rutin, kversetin, salidrozid va luteolin, “AS-INFUSUM” tarkibida esa digidrokversetin, luteolin, rutin, kversetin va salidrozid mavjudligi aniqlangan;
“AS-INFUSUM” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmasi tarkibidan rutin, luteolin, apigenin va kversetin individual birikmalar ajratib olinib, ularning tuzilishi  ultrabinafsha (UB), infraqizil (IQ), YaMR spektroskopik usullari yordamida aniqlangan va tasdiqlangan ;
gaz xromato-mass-spektrometriya (GX-MS) usuli yordamida “AS-UBS” efir moylari tarkibida 50 ta, “AS-INFUSUM” efir moylari tarkibida esa 56 ta komponent identifikatsiya qilingan hamda ularning antioksidant faolligi in vitro sharoitda baholangan;
“AS-UBS” va “AS-INFUSUM” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalaridan turli erituvchilar yordamida olingan ekstraktlarning biologik faolligi in vitro va in vivo sharoitlarda o‘rganilib, ularning antioksidant, yallig‘lanishga qarshi faollikka ega ekanligi hamda ekssudatsiya jarayonini sezilarli darajada kamaytirishi aniqlangan;
 “AS-UBS” va “AS-INFUSUM” biologik faol oziq-ovqat qo‘shilmalari tovar sifatida ilmiy asosda sinflanib, ular uchun Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) bo‘yicha yangi tovar kodlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pyrus L. va Styphnolobium japonicum L. o‘simliklarining kimyoviy tarkibi hamda biologik faolligini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
Pyrus L. o‘simligi ekstrakti asosida “AS-UBS” va Styphnolobium japonicum L. o‘simligi ekstrakti asosida “AS-INFUSUM” oziq-ovqat qo‘shilmalarini O‘zDSt 3466:2020 talablari asosida “BILLUR ARKON” XK da  ishlab chiqarish uchun sanitariya-epidemiologik xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2025 yil 1 iyuldagi № 023286, 2025 yil 3 martdagi 028007-son xulosasi). Natijada, mazkur oziq-ovqat qo‘shilmalarini gigienik talablarga mos ravichda ishlab chiqarish imkonini bergan;
Pyrus L. o‘simligi ekstrakti asosida yaratilgan “AS-UBS” nomli oziq-ovqat qo‘shilmalari uchun texnologik yo‘riqnoma (TY 203948386-06:2025) ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazorati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2025-yil 22-martdagi 26-11b - 226 son ma’lumotnomasi). Natijada, nafas yo‘llari kasalliklarini oldini olishga xizmat qiluvchi yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash va ishlab chiqarish imkonini bergan;
Styphnolobium japonicum L. o‘simligi ekstrakti asosida yaratilgan “AS-INFUSUM” nomli oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun texnologik yo‘riqnoma (TY 203948386-06:2025) ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazorati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2026-yil 2-fevraldagi 01-28/967- son ma’lumotnomasi). Natijada, oshqozon-ichak yallig‘lanishi va inson salomatligini mustahkamlashga xizmat qiluvchi yangi oziq-ovqat qo‘shilmalarini talab darajasida identifikatsiyalash va ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish