Kushaeva Dildora Saidmuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Serebral arteriyalar displaziyasining ayrim shakllarida surunkali bosh miya qon tomir etishmovchiligining yangi patogenetik mexanizmlari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib399.
Ilmiy rahbar: Yakubova Marxamat Mirakramovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Gafurov Baxtiyar Gafurovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Usmanova Durdona Djurabaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: serebral arteriyalar displaziyalarining ayrim shakllarini (patologik qiyshiqliklar, gipo- va aplaziyalar) klinik-nevrologik, molekulyar-genetik va morfologik o‘ziga xosliklarini surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligidagi ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
serebral arteriyalar displaziyasining ayrim shakllari (patologik qiyshiqlik, gipo-, aplaziyalar) bo‘lgan bemorlarda surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligi bosqichlarining klinik-neyrovizualizatsion xususiyatlari aniqlangan;
ilk bor ekstra va intrakranial arteriyalar displaziyalari bo‘lgan bemorlarda ACE, NOS3 genlarning surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligining bosqichlari hamda yondosh kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;  
tomir devorining morfologik o‘zgarishlari bilan surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligining bosqichlari hamda ACE va NOS3 genlari polimorfizmlari orasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mutanosiblik aniqlangan;
ekstrakranial arteriyalarning patologik qiyshiqligi fonida ateroskleroz darajasiga ko‘ra yuzaga kelgan surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligini  ASE va NOS3 genlari  assotsiatsiyasi asosida doimiy prognoz va nazorat qilish imkonini beruvchi xavf guruhi stratifikatsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosh miya qon tomirlari angiodisplaziyalarida surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligining klinik-patogenetik ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Ichki uyqu arteriyasining patologik deformatsiyasida surunkali bosh miya qon tomir etishmovchiligining differensiallashgan profilaktikasi» mavzusidagi uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 apreldagi 8n-d/85-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ichki uyqu arteriyasining patologik deformatsiyasi bor bemorlarda surunkali bosh miya qon tomir etishmovchiligining differensiallashgan profilaktikasini  o‘tkazish imkonini bergan;
surunkali bosh miya qon tomir etishmovchiligi profilaktikasi va davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga, jumladan, Shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish klinikasi va 1-sonli Respublika klinik shifoxonasi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/258-son ma’lumotnomasi). Natijalarni amaliyotga tatbiq etish differensiallashgan profilaktik yondashuvni yaxshilash, kasallikning kechishi va asoratlarini aniqlash, asoratlarning oldini olish choralarini optimallashtirish, shuningdek bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish