Tashmetov Komoliddin Shuxrat o‘g‘lining
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mashinani o’qitish usullaridan foydalangan holda transport oqimini boshqarishning tizimli tahlili va algoritmi”, 05.01.02 – Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T5064.
Ilmiy rahbar: Rasulmuxamedov Maxamadaziz Maxamadaminovich, fizika-matematika fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, PhD.10/2025.27.12.FM/T.01.08 
Rasmiy opponentlar: Seytov Aybek Jumabaevich, texnika fanlari doktori (DSc), professor; Doshanova Malika Yuldashovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi chorrahadagi transport oqimini samarali boshqarish uchun model, algoritm va dasturiy vosita ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transport oqimini bashorat qilish aniqligini oshirish hamda modelning ma’lumotlarga haddan tashqari moslashib qolish (overfitting) muammosini kamaytirish maqsadida qaror daraxti va K-eng yaqin qo‘shnilar algoritmlarini birlashtirish asosida TreeKNN gibrid bashorat modeli ishlab chiqilgan;
transport oqimining bashorat natijalari va Webster modeli asosida svetofor fazalari davomiyligini adaptiv tarzda boshqaruvchi model ishlab chiqilgan; 
transport oqimining bashorat natijalarini CTM modeli bilan birlashtirish hamda ularni MPC modeliga integratsiyalash asosida chorrahadagi harakatni adaptiv boshqarish algoritmi takomillashtirilgan;
chorrahadagi transport oqimini bashorat qilish va boshqarish modellari hamda algoritmlarining samaradorligini baholash uchun agentga yo‘naltirilgan modellashtirish asosida imitatsion model ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mashinani oʻqitish usullaridan foydalangan holda transport oqimini boshqarishning tizimli tahlili va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tadqiqot ishi doirasida ishlab chiqilgan model va algoritmlar asosida takomillashtirilgan dasturiy vosita “Transport ilmiy tadqiqot markazi” MChJ «Loyiha ofisi»ga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2026-yil 21-fevraldagi 4/E248–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chorrahadagi transport vositalari navbatining uzunligini 10-12% gacha qisqartirishga erishilgan;
ilmiy-tadqiqot ishini bajarish jarayonida erishilgan natijalar asosida ishlab chiqilgan transport oqimlarini avtomatlashtirilgan aniqlash, kuzatish va ma’lumotni qayta ishlash dasturiy vositasi hamda boshqaruv modellari “Bardankol yo‘llaridan foydalanish korxonasi” davlat muassasasiga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 2026-yil 21-fevraldagi 4/E248–sonli ma’lumotnomasi). Natijada, chorrahadagi transport oqimlarining o‘tkazuvchanligi 8–10 % ga oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish