Xolto‘raev Quvonch Baxtiyor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): «Piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosida metall koordinatsion polimerlari sintezi, kristall tuzilishi, gaz va organik bo‘yoqlarni adsorbsiyalash xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo, 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/K1182.
Ilmiy rahbarlar: Ibragimov Aziz Baxtiyarovich, kimyo fanlari doktori, professor; Kasimov Sherzod Abduzairovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.12.05.
Rasmiy opponentlar: Daminova Shaxlo Sharipovna, kimyo fanlari doktori, professor; Ro‘zimuradov Olim Narbekovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosidagi yangi koordinatsion polimerlarni sintez qilish, ularning kristall tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari hamda bo‘yoq va gazlarni adsorbsiyalash xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosida Cd(II), Zn(II), Mn(II) va Cu(II) ionlari ishtirokida 8 ta yangi koordinatsion polimer sintez qilingan va ularning monokristall kristallografik ma’lumotlari Cambridge Structural Database (CSD)ga kiritilib, depozit raqamlari olingan;
monokristall rentgen difraksion tahlili yordamida sintez qilingan koordinatsion polimerlarning molekulyar va kristall tuzilishlari, koordinatsion geometriyasi, metall-ligand bog‘lanish uzunliklari va burchaklari hamda 3D metall organik karkas tuzilmalari aniqlangan;
sintez qilingan koordinatsion polimerlarning fizik-kimyoviy xossalari IQ, UB-Vis spektroskopiya, TG/DTA termik tahlil, SEM-EDS va element tahlili usullari yordamida aniqlangan;
sintez qilingan koordinatsion polimerlarning organik bo‘yoqlarni suvli eritmalardan adsorbsiyalash xususiyatlari va metilen ko‘kini KP-1 86,13 %, KP-2 esa 60 % samaradorlik bilan adsorbsiyalashi aniqlangan;
azot adsorbsiya-desorbsiya izotermalari orqali koordinatsion polimerlarning teksturaviy parametrlarini BET, BJH va DFT usullari yordamida aniqlash natijalari asosida KP-2 eng yuqori solishtirma sirt maydoniga (314,1 m2/g), KP-1 esa eng yuqori g‘ovak hajmiga (0,1885 cc/g) ega ekanligi isbotlanlangan;
DFT hisoblashlari natijasida KP-1 va KP-3 komplekslari uchun HOMO-LUMO energiya farqlari mos ravishda 3,31 va 4,46 eV ekanligi aniqlangan hamda MEP va Mulliken tahlillari orqali kislorod donor atomlarining asosiy faol markazlar ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piridinkarboksilat va dikarbon kislotalar asosida sintez qilingan koordinatsion polimerlarning tuzilishi, fizik-kimyoviy va sorbsion xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Cd(II), Zn(II), Mn(II) va Cu(II) ionlarining piridinkarboksilat hamda dikarbon kislotalar bilan sintez qilingan 4 ta yangi [Cd(mal)(p-NA)]n, [Cd(INA)2(H2O)2]n , [Cd(μ-INA)(NO3)(H2O)2]n·DMF va [Zn(INA)2]n·DMF·H2O koordinatsion polimer kompleks birikmaning kristall ma’lumotlari Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Center: CCDC 2503821, 2556306, 2524624 va 2536812). Natijada bazaga kiritilgan ma’lumotlar o‘xshash polimer koordinatsion birikmalarni xossalarini o‘rganishda ushbu ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
[Zn2(nic)2(NO3)]n, [Zn6(μ4-Tar)6(H2O)6]n⋅10H2O, [Mn2(μ4-Tar)(μ3-Tar)(H2O)]n⋅3H2O,[Cu4(μ4-IPA)4(H2O)2(DMF)2]n⋅DMF yangi koordinatsion polimer kompleks birikmaning kristall ma’lumotlari ham Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Center: CCDC 2566456, 2561935, 2501931 va 2502117). Natijada bazaga kiritilgan ushbu ma’lumotlar o‘xshash koordinatsion polimer birikmalarning kristall tuzilishi va funksional xossalarini qiyosiy tahlil qilish, ularning tuzilish-xossa bog‘liqligini aniqlash hamda yangi koordinatsion materiallarni loyihalashda ishonchli ilmiy manba sifatida foydalanish imkonini yaratgan.