Jumanova Barno G‘anievnaning
falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisosliklar shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Salvia officialis va Origanum titthanthum o‘simliklari asosida xalq tabobati uchun tovarlar olish”, 02.00.09 – Tovarlar kimyosi, 14.00.41 – Xalq tabobati (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/K780.
Ilmiy rahbarlar: Asqarov Ibrohim Rahmonovich, kimyo fanlari doktori, professor; Rustamov Sanjar Ashiralievich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona  jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.K/T.07.04.
Rasmiy opponentlar: Axmadaliev Maxammadjon, texnika fanlari doktori, professor; Xolboev Yusubjon Xakimovich,  kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari er ustki qismlarining kimyoviy tarkibini aniqlash, ular asosida og‘iz bo‘shlig‘i yallig‘lanish kasalliklarini oldini olish va davolash xususiyatiga ega tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqish hamda tovar sifatida sinflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor in vitro sharoitda dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklarini turli massa nisbatlarda kombinatsiyalash orqali ularning antioksidant faolligi tizimli ravishda tekshirilib antioksidant samaradorligi eng yuqori bo‘lgan optimal komponentlar nisbati ilmiy asosda aniqlangan;
dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida yaratilgan oziq-ovqat qo‘shimchasining kimyoviy tarkibi zamonaviy analitik usullar (yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi, spektrofotometriya va boshqa instrumental metodlar) yordamida undagi biologik faol moddalar tarkibi va miqdoriy ko‘rsatkichlari kompleks aniqlangan;
dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida yaratilgan “Oregano As” oziq-ovqat qo‘shilmasining o‘tkir zaharliligi eksperimental sharoitda laboratoriya hayvonlarida sinovdan o‘tkazilib, LD₅₀ letal dozasi 2000 mg/kg dan yuqori ekanligi aniqlangan va u toksikologik tasnif bo‘yicha V darajali, ya’ni amalda zaharli bo‘lmagan moddalar sinfiga mansubligi ilmiy asoslangan;
“Oregano As” oziq-ovqat qo‘shilmasini biologik faolligi exsperimental xayvonlar modelida aniqlangan va og‘riq qoldiruvchi, o‘tkir exsudativ yallig‘lanishga qarshi ta’siri va immunomodulyator ta’sirga ega vosita ekanligi isbotlangan;
“Oregano As” oziq-ovqat qo‘shilmasi Uyg‘unlashgan tizim qoidalariga binoan sinflanib, ushbu oziq-ovqat qo‘shilmasi uchun TIF TN bo‘yicha xalqaro kod raqami ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida tayyorlangan oziq-ovqat qo‘shilmasining kimyoviy tarkibi hamda biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy  natijalar asosida:
dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Oregano As” oziq-ovqat qo‘shilmasini ishlab chiqarish ushun texnologik yo‘riqnoma (TY 303271-760-010:2024) ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi nazorati tomonidan tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2024 yil 15 noyabrdagi 26-11b-980-son xati). Natijada, dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida yallig‘lanishga qarshi tabiiy vosita ishlab chiqarish imkonini bergan;
dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida ishlab chiqilgan “Oregano As” oziq-ovqat qo‘shilmasini O‘zDSt 3466:2020 talablari asosida ishlab chiqarish ushun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi nazorati tomonidan sanitar-gigienik xulosa berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi nazoratining 2025 yil 27 maydagi №022659-sonli xulosasi). Natijada, dorivor mavrak va tog‘rayxon o‘simliklari asosida sanitar-gigenik talablarga javob beradigan tabiiy oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqarish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish