Zayniddinov Ma’rufjon Farxodjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Abdulla Qahhor uslubida kinoya fenomeni: lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlari, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3702.
Ilmiy rahbar: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.09.07.
Rasmiy opponentlar: O‘rinbaeva Dilbar Bazarovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Kilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Qahhor ijodi namunalariga murojaat qilgan holda kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining umumnazariy xususiyatlarini yoritib berish va ularni nutqiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining shakllanish tamoyillari, mazmuniy-funksional tabiati, uning badiiy va so‘zlashuv uslubidagi milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi funksional-kommunikativ maqomi hamda kinoya fenomenining shaxslararo munosabatlarni tartibga solishdagi ijtimoiy, kommunikativ hamda pragmatik imkoniyatlari dalillangan;
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining o‘ziga xosligi hamda uning muloqotda estetik, emotsional, ekspressiv mukammalikni ta’minlashdagi personaj xarakterini individuallashtirish, muallifning baholovchi munosabatini ifodalash va satirik ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi ahamiyati Abdulla Qahhorning satirik va yumoristik asarlari misolida ochib berilgan;
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining mezonlari hamda usullar ishlab chiqilib, mazkur fenomenning inson ruhiyati, personajning lisoniy shaxs sifatidagi aqliy olami tasvirini ifodalash va nutqiy qurilmalarda ulardan foydalanishning milliy-madaniy mazmunni shakllantirish hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni kuchaytirish imkoniyatlari aniqlangan;
kinoya fenomeniga oid mavjud qarashlar, tavsiflar va ularning munozarali tomonlariga aniqlik kiritilib, nutqiy ta’sir jarayonida ushbu fenomenning kontestual lingvistik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlari shakllanishining lingvistik tahlili va tavsifi hozirgi o‘zbek adabiy tili materialiga, xususan, Abdulla Qahhor ijodi tadqiqi bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining shakllanish tamoyillari, mazmuniy-funksional tabiati, uning badiiy va so‘zlashuv uslubidagi milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi funksional-kommunikativ maqomi hamda kinoya fenomenining shaxslararo munosabatlarni tartibga solishdagi ijtimoiy, kommunikativ hamda pragmatik imkoniyatlari dalillanganligiga oid qarashlardan O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2017–2020-yillarda bajarilgan FA-F1-OO5-raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 23-iyuldagi 426/1-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida tayyorlangan ilmiy maqolalar hamda monografiyalarda kinoya fenomeni bilan bog‘liq ilmiy aniqlikning oshirilishiga erishilgan;
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining o‘ziga xosligi hamda uning muloqotda estetik, emotsional, ekspressiv mukammalikni ta’minlashdagi personaj xarakterini individuallashtirish, muallifning baholovchi munosabatini ifodalash va satirik ta’sirchanlikni kuchaytirishdagi ahamiyati Abdulla Qahhorning satirik va yumoristik asarlari misolida ochib berilganligiga oid yangiliklardan Samarqand davlat chet tillar institutida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 12-dekabrdagi 2/24-4/7-690-son xatiga asosan 2022–2024-yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtirilgan “English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-iyuldagi 2225/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida tayyorlangan fanlarining tahliliy materiallari va manbalari bazasi boyitilishiga erishilgan;
kinoya fenomenining lingvostilistik va lingvomadaniy aspektlarining mezonlari hamda usullar ishlab chiqilib, mazkur fenomenning inson ruhiyati, personajning lisoniy shaxs sifatidagi aqliy olami tasvirini ifodalash va nutqiy qurilmalarda ulardan foydalanishning milliy-madaniy mazmunni shakllantirish hamda badiiy-estetik ta’sirchanlikni kuchaytirish imkoniyatlari aniqlanganligiga oid tavsiyaladan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining 585845-EPP-1-2017-1-ES-EPPKA2-CBHT-JP raqamli “Development of the interdisciplinary master program on Computational Linguistics at Central Asian Universities: CLASS” mavzusidagi xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 28-iyuldagi 2226/02-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida kinoya fenomeni va lingvomadaniy aspektlari ilmiy tavsifi bilan bog‘liq terminlar mohiyati tilshunoslikning zamonaviy yoʻnalishlari yutuqlari bilan boyitilishi ta’minlangan;
kinoya fenomeniga oid mavjud qarashlar, tavsiflar va ularning munozarali tomonlariga aniqlik kiritilib, nutqiy ta’sir jarayonida ushbu fenomenning kontestual lingvistik ahamiyati isbotlanganiga doir ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020–2022-yillarga mo‘ljallangan Britaniya Kengashi (British Council) hamkorligida amalga oshirilgan 1683580-raqamli “English as a school subject” nomli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 28-iyuldagi 04-01/3672-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha manbalarini tayyorlashda, tadqiqot manbalarini optimallashtirish bo‘yicha tavsiyalar yaratishda aniqlikka erishilgan.