Sharifova Nigora Axtam qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning ijodiy faollik ko'nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika)”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ped8149 
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro xalqaro universiteti, PhD.03/2026.10.04.Ped.43.02.
Rasmiy opponentlar: Ahmadov Olimjon Shodmonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Qosimov Ubaydulla Axrorovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning ijodiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
neyropedagogik yondashuv asosida talabalarda ijodiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishning pedagogik (dars tuzilishi, ko'p kanallilik, muammoli ta'lim) va psixologik (xavfsiz muhit, flow, motivatsiya) imkoniyatlari birgalikda va bir vaqtda faollashtiruvchi neyropedagogik integratsion o‘qitish modelidan samarali foydalanish asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim jarayonida neyropedagogik tamoyillarni mavjud o‘qitish metodikalari bilan integratsiya qilish zarurati kompleks yondashuv asosida neyropedagogik mexanizmlarga tayangan holda o‘qitishning kognitiv faoliyati, neyropsixologik xususiyatlari va individual o‘rganish strategiyalari uch komponentli neyrokognitiv modeli “generatsiya + integratsiya + namoyon etish”ni taklif etish orqali ilmiy asoslangan;
neyropedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarning ijodiy faollik darajasini baholash mezonlari dars tuzilishini, topshiriq dizaynini va o'qituvchi xulq-atvorini neyroplatisitlik tamoyillarini qayta loyihalash asosida neyrobiologik daraja (miya faolligi ko'rsatkichlari), pedagogik daraja (o'quv natijalari), amaliy daraja (real hayotda qo‘llana olish) sxemasidan  foydalanish orqali takomillashtirilgan;
neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning ijodiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli kognitiv jarayonlar, neyropsixologik mexanizmlar va kreativ fikrlash komponentlarini integratsiyalash hamda talabalarning individual neyrodinamik xususiyatlarini inobatga olgan holda ijodiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metod va texnologiyalar tizimini joriy etish orqali takomillashtirigan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. neyropedagogik yondashuv asosida talabalarda ijodiy faollik ko'nikmalarini rivojlantirishning pedagogik (dars tuzilishi, ko‘p kanallilik, muammoli ta’lim) va psixologik (xavfsiz muhit, flow, motivatsiya) imkoniyatlari birgalikda va bir vaqtda faollashtiruvchi neyropedagogik integratsion o‘qitish modelidan samarali foydalanish asosida aniqlashtirilgan ma’lumotlardan AL-9524115131-raqamli “Talabalarning ko‘ngilli ijtimoiy – metodik harakatlari asosida inkluziv va uydagi ta’lim samaradorligini oshirish texnologiyalari” nomli amaliy loyiha doirasida ishlab chiqilgan metodik echimlardan integratsiyalashgan holda foydalanilgan. (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 
2026-yil 6-maydagi 01/09/315-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy faolligi, mustaqil fikrlashi va innovatsion g‘oyalar yaratish qobiliyatlari sezilarli darajada rivojlandi, o‘quv jarayonida ularning kognitiv faolligi hamda refleksiv faoliyatini kuchaytirish darajasi oshgan;
oliy ta’lim jarayonida neyropedagogik tamoyillarni mavjud o‘qitish metodikalari bilan integratsiya qilish zarurati kompleks yondashuv asosida neyropedagogik mexanizmlarga tayangan holda o‘qitishning kognitiv faoliyati, neyropsixologik xususiyatlari va individual o‘rganish strategiyalari uch komponentli neyrokognitiv modeli “generatsiya + integratsiya + namoyon etish”ni taklif etish orqali ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalardan tavsiyalardan “Robokit” MChJ da bajarilgan “STEM yo‘nalishida arduino bazasiga asoslangan DIY (do it yourself) konstruktorlarini yaratish hamda ularni o‘qitish metodikasini ishlab chiqish” Startup loyihasida foydalanilgan (“Robokit” MChJning 2025-yil 26-iyuldagi ma’lumotnomasi №8). Natijada, talabalarning ijodiy faolligi, neyrokognitiv faollashuv darajasi va ta’lim natijalari samaradorligini oshirish imkoniyati yaratildi. Natijada ta’lim jarayonining amaliy yo‘naltirilganligi kuchayib, talabalarning innovatsion fikrlash, konstruktorlik va muhandislik kompetensiyalarini shakllantirish samaradorligi oshgan;
neyropedagogik texnologiyalardan foydalanib talabalarning ijodiy faollik darajasini baholash mezonlari dars tuzilishini, topshiriq dizaynini va o‘qituvchi xulq-atvorini neyroplatisitlik tamoyillarini qayta loyihalash asosida neyrobiologik daraja (miya faolligi ko'rsatkichlari), pedagogik daraja (o‘quv natijalari), amaliy daraja (real hayotda qo'llana olish) sxemasidan foydalanish orqali takomillashtirilgan tavsiyalardan respublika fan va texnologiyalari rivojlanishning 2020-2024-yillarda bajarilgan “OT-F1-002-Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari” nomli fundamental loyiha mazmunini boyitishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2026-yil 6 - maydagi 
01-11-05/3380-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijodiy faollik darajasini baholashning ilmiy asoslangan, ko‘p bosqichli va kompleks mezonlari ishlab chiqilib, ularning kognitiv, emotsional hamda amaliy faoliyatdagi namoyon bo‘lish darajasini aniq diagnostika qilish imkoniyati kengaygan;
neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning ijodiy faollik ko'nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli kognitiv jarayonlar, neyropsixologik mexanizmlar va kreativ fikrlash komponentlarini integratsiyalash hamda talabalarning individual neyrodinamik xususiyatlarini inobatga olgan holda ijodiy faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi innovatsion metod va texnologiyalar tizimini joriy etish orqali takomillashtirigan tavsiyalardan “Neyropedagogik yondashuvlar asosida talabalarning ijodiy faoliyat ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi” nomli metodik qo‘llanma mazmunini boyitishda foydalanilgan. (Buxoro davlat universitetining 2026-yil, 19-maydagi 01/01/322-son ma’lumotnomasi) Natijada, talabalarning individual kognitiv va neyropsixologik xususiyatlariga mos innovatsion o‘qitish texnologiyalarini qo‘llash imkoniyatlari kengaytirilib, ularning ijodiy faollik ko‘nikmalari, kreativ fikrlashi va innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini rivojlantirish samaradorligini oshirish jarajasi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish