Abduraxmonova Sayyoraxon Shaxobidinovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilimiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash mexanizmlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped.4691 
Ilmiy rahbar: Azimova Ziyoda Ergashevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilayotgan muassasa nomi: Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat pedagogika instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.05.01
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Safarova Rohatoy Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori,  professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qila olishning pedagogik shart-sharoitlari faoliyatga tayyorlov samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi differensial yondashuvlariga obektiv (pedagogik sharoitlar, tashkiliy-muomala vositalari) va subektiv (shaxsiy motivatsiya, hissiy-emotsional holat, kommunikativ qobiliyatlar) omillarning kooperativlik aspektlari birligi orqali sust-ijobiy, barqaror-ijobiy va beqaror kabi shaxslararo munosabatlarning adekvat namoyon bo‘lish darajasini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirilgan;
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning didaktik ta’minoti ta’lim jarayonida yakka, guruhiy, jamoaviy ish shakllarini hamkorlik va hamjihatlikni rag‘batlantirishga qaratilgan moslashuvchan koʻnikmalarni shakllantirish texnikalarini muammoli vaziyatlar bilan integrativligini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning texnologik tarkibi ta’lim kontekstida modullilik tamoyili asosida amaliyot jarayonini bosqichma-bosqich intevsivlik darajasini oshirish, topshiriqli-amaliy yoʻnaltirilgan tadqiqotchilik faoliyatining produktivlik jihati samaradorligini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning pedagogik modeli shaxslararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuvlarga kooperativ hamkorlikni rag‘batlantiruvchi innovatsion vositalarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pedagogik amaliyot vositasida talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qila olishning pedagogik shart-sharoitlari faoliyatga tayyorlov samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi differensial yondashuvlariga obektiv (pedagogik sharoitlar, tashkiliy-muomala vositalari) va subektiv (shaxsiy motivatsiya, hissiy-emotsional holat, kommunikativ qobiliyatlar) omillarning kooperativlik aspektlari birligi orqali sust-ijobiy, barqaror-ijobiy va beqaror kabi shaxslararo munosabatlarning adekvat namoyon bo‘lish darajasini qat’iy belgilash asosida aniqlashtirilganligiga oid ilmiy yangiligidan oliy ta’lim talabalari uchun ishlab chiqilgan “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 232-308 raqamli ruxsatnoma). Natijada bo‘lajak pedagog-tarbiyachilar maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishini diagnostika qilish va ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash jarayonida metodik jihatdan qurollanishiga erishilgan;
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning didaktik ta’minoti ta’lim jarayonida yakka, guruhiy, jamoaviy ish shakllarini hamkorlik va hamjihatlikni rag‘batlantirishga qaratilgan moslashuvchan koʻnikmalarni shakllantirish texnikalarini muammoli vaziyatlar bilan integrativligini ta’minlash mantig‘iga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilganligiga oid yangiliklaridan 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan “Talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlash” dasturlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Professional ta’limni rivojlantirish institutining 2024-yil 21-oktyabrdagi ZX-01/13-1305 raqamli ma’lumotnoma) Natijada talabalarni ota-onalar bilan ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarida hamkorlik qilishga xizmat qiladigan sharoitlarni yaratish imkoniyatlari, mazmuni va ahamiyatiga doir ilmiy bilimlarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning texnologik tarkibi ta’lim kontekstida modullilik tamoyili asosida amaliyot jarayonini bosqichma-bosqich intevsivlik darajasini oshirish, topshiriqli-amaliy yoʻnaltirilgan tadqiqotchilik faoliyatining produktivlik jihati samaradorligini muntazam baholab borish algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilganligiga oid ilmiy takliflaridan 2020-2022-yillarda bajarilgan FZ-202001064 raqamli “Oliy ta’lim muassasalari negizida maktabgacha ta’lim tashkilotining zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish” nomli ilmiy-amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan  (Andijon davlat universitetining 2025-yil 30-iyundagi 04-2569 sonli ma’lumotnoma). Natijada ta’limni insonparvarlashtirish, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, ta’lim oluvchilarning bilish faolligini oshirishga qaratilgan ilmiy amaliy faoliyatining produktivlik jihatlari samaradorligini muntazam baholab borish jarayonlarini takomillashtirish masalasi yoritilgan; 
talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning pedagogik modeli shaxslararo muloqot kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan uslubiy yondashuvlarga kooperativ hamkorlikni rag‘batlantiruvchi innovatsion pedagogik vositalarni uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid ilmiy yangiliklaridan maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ishlab chiqilgan “Mutaxassislikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanmani mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 25-avgustdagi 391-sonli buyrug‘iga asosan berilgan 391024 raqamli ruxsatnoma). Natijada talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorlashning pedagogik modelini tadqiq etish, uzlyuksizlik, faoliyatli yondashuv tamoyillariga asoslangan metodologik hamda treninglar orqali takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar bilan talabalarni tanishtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish