Xushvaqtov Shuxrat Abduraufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘qimachilik sanoatida korxonalar raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat institutikengash yig‘ilishining 8-sonli bayonnomasidan ko‘chirma
Ilmiy rahbar: Nasimov Baxtiyor Vasiyvich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, PhD.03/2025.27.12.I.21.02
Rasmiy opponentlar: Kadirov Abdumalik Matkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Uktamov Xusniddin Faxriddinovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligini ta’minlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir qiluvchi omillar va muammolarning ta’sir darajasini baholashga xizmat qiluvchi hamda iqtisodiy mexanizm samaradorligini aks ettiruvchi indikatorlar tizimi me’yoriy va xavf chegaralari qiymatlari asoslangan holda takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligi darajasi 0,00÷0,54 holatda juda past, 0,55÷0,65 oralig‘ida past, 0,66÷0,75 holatda yaxshi, 0,76÷0,90 oralig‘ida yuqori va 0,91÷1,00 holatda juda yuqori shkalalar bo‘yicha tasniflangan hamda baholashning taqqoslash koeffisienti, tarkibiy va funksional usullariga asoslangan takomillashtirilgan uslub taklif etilgan;
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizmini rivojlantirishga qaratilgan oltita ustuvor strategik yo‘nalishdan iborat maqsadlar tizimi yagona texnologik jarayon hamda tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyani joriy etish natijasida yuzaga keluvchi raqobatbardoshlik indikatorlarini 0,49÷1,00 intervali bo‘yicha baholash va tasniflash mezonlari ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirishning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligini oshirish mezonlari bo‘yicha sohadagi muammolarning ta’sir darajasini aniqlashga qaratilgan, iqtisodiy mexanizmi faoliyati samaradorligiga baho beruvchi indikator-ko‘rsatkichlarining meʼyoriy va xavf chegarasi qiymatlarini o‘rnatish taklif etilgan. Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi to‘qimachilik sanoatining rivojlanish jarayonidagi salbiy tendensiyalarni o‘z vaqtida aniqlashda va ularni bartaraf etish yuzasidan samarali chora-tadbirlarni ishlab chiqishda yordam bergan. O‘z to‘qimachilik sanoat uyushmasi tarkibiga kiruvchi “TCT Agro cluster” MChJ va Surxandaryo viloyatidagi “Qumtex Invest” MChJlarning faoliyatida foydalanilgan. Yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik sanoati faoliyatida raqobatbardoshlik darajasi 5-7 % ga oshirish imkoniyati yaratildi;
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligi darajasini baholashda 0-1 oraliqda, yaʼni < 0,54 holatda juda past, 0,55-0,65 oraliqda past, 0,66-0,75 holatda yaxshi, 0,76-0,9 yuqori, 0,91-1,0 holatda juda yuqori shkalasi bo‘yicha taqqoslash koeffisienti, tarkibiy va funksional baholash usullari asosida tizimning rivojlanish darajasini baholash uslubini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflar etilgan. Mazkur uslubni uyushma faoliyatiga joriy etilishi sohaning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash imkoniyatini bergan. O‘z to‘qimachilik sanoat uyushmasi tarkibiga kiruvchi “TCT Agro cluster” MChJ va Surxandaryo viloyatidagi “Qumtex Invest” MChJlarning faoliyatida qo‘llanildi va uning natijasida raqobatbardoshlik darajasi 2025-yilda 2024-yilga nisbatan 5-7 % ga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lindi;
to‘qimachilik sanoatida ishlab chiqarish raqobatbardoshligi iqtisodiy mexanizmini yanada rivojlantirishning oltita yo‘nalishdagi strategik maqsadlarini tizimning yagona texnologik jarayoni hamda tashkiliy-iqtisodiy konsepsiyasini joriy etilishi ta’sirida yuzaga keluvchi raqobatbardoshlik indikatorlarini (0.49-1) intervalga ajratgan holda belgilab olish bo‘yicha keltirilgan takliflar, O‘z to‘qimachilik sanoat uyushmasi tarkibiga kiruvchi “TCT Agro cluster” MChJ va Surxandaryo viloyatidagi “Qumtex Invest” MChJlarning faoliyatiga joriy etilgan. Unga ko‘ra “TCT Agro cluster” MChJ faoliyati 0.55 ga teng ekanligi va Surxandaryo viloyatidagi “Qumtex Invest” MChJ faoliyati 0.62 ga teng ekanligi aniqlandi va ushbu asosida ularni kelgusi faoliyatdagi strategiyasi ishlab chiqildi.
to‘qimachilik sanoati ishlab chiqarish raqobatbardoshligining iqtisodiy mexanizmiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida ishlab chiqilgan 2030-yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Engil sanoatni rivojlantirish agentligi faoliyatiga joriy etilgan. Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida to‘qimachilik tarmog‘i iqtisodiy mexanizmini rivojlantirish chora-tadbirlari va prognozlari asosida uzoq muddatli davrdagi istiqbol ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.