Mingyasharova Sevara Abdulla qizining
falsafa doktori dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborotlashgan ta’limda bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish (Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari) 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/Ped10143
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Qodirov Baxtiyor Eshmurzaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.T.14.02 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: pedagogika fanlari doktori, professor Yakubjonova Dilobar Batirovna, texnika fanlari nomzodi, professor Boynazarov Ilhom Mahmudovich 
Yetakchi tashkilot – Qarshi davlat texnika universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi axborotlashgan ta’limda bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish asosida rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik xarita “talaba-amaliyotchi-raqobatdosh muhandis” ta’lim traektoriyasi bosqichlari va uzlyuksiz ravishda psixologik, pedagogik, didaktik va texnik jihatlari integratsiyasini ta’minlash orqali ishlab chiqilgan;
axborotlashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli rejalashtirish, o‘rganish, amaliy faoliyat va refleksiya elementlaridan tashkil topgan proeng.uz amaliyot platformasiga asoslangan dasturiy-didaktik ta’minotni kuchaytirish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani mashgʻulotlarini AKT vositalari bilan integratsiyalashga ko‘ra muhandislik masalalarini modellashtirishga yo‘naltirilgan va talabalarning mustaqil faoliyatini koordinatsiya qiluvchi moslashuvchan (adaptiv) smart-topshiriqlar majmuini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarda axborot-kasbiy kompetensiyalari (integrativ, innovatsion, analitik va mustaqil kreativ bilimlarni o‘zlashtirish)ning rivojlanganlik darajasi raqamli monitoring va kriterial baholash usulini qo‘llash orqali aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Axborotlashgan ta’limda bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan strategik xarita “talaba-amaliyotchi-raqobatdosh muhandis” ta’lim traektoriyasi bosqichlari va uzlyuksiz ravishda psixologik, pedagogik, didaktik va texnik monitoringini ta’minlashga ustuvorlik berish asosida ishlab chiqishga oid taklif va tavsiyalari “Oliy matematikadan misol va masalar to‘plami (II qism)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/01-01-485-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma ta’lim sifatining oshishiga va bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasining rivojlanishiga xizmat qilgan;
axborotlashgan ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish modeli rejalashtirish, o‘rganish, amaliy faoliyat va refleksiya elementlaridan tashkil topgan proeng.uz amaliyot platformasiga asoslangan dasturiy-didaktik ta’minotni kuchaytirish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Media savodxonlik va axborot madaniyati” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/01-01-485-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlashgan ta’limda kasbiy kompetensiyalari rivojlangan malakali, raqobatbardosh muhandis tayyorlashga yo‘naltirilgan didaktik imkoniyat oshirilgan;
bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning metodik ta’minoti “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fani mashgʻulotlarini AKT vositalari bilan integratsiyalashga ko‘ra muhandislik masalalarini modellashtirishga yo‘naltirilgan va talabalarning mustaqil faoliyatini koordinatsiya qiluvchi moslashuvchan (adaptiv) smart-topshiriqlar majmuini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari “Materialshunoslik” nomli darslik mazmuniga singdirildi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/01-01-485-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar, metodlar va vositalar tizimlashtirilib, ularni amaliyotga tatbiq etishga doir ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. 
bo‘lajak muhandislarda axborot-kasbiy kompetensiyalari (integrativ, innovatsion, analitik va mustaqil kreativ bilimlarni o‘zlashtirish)ning rivojlanganlik darajasi raqamli monitoring va kriterial baholash usulini qo‘llash orqali aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Pegagogik dasturiy vositalar” (1-qism) nomli o‘quv qo‘llanmani ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazining 2025-yil 10-noyabrdagi 02/01-01-485-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning kasbga mas’uliyat kompetensiyasining rivojlanish metodikasini takomillashtirish mazmuni boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish