Iskandarova Dilafruz Ikrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Raqamli iqtisodiyot sharoitida aholi daromadlarini shakllantirishda inson kapitalining rolini oshirish», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5145.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy daraja va unvoni: Irmatova Aziza Baxramovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.03/2025.27.12.I.24.01
Rasmiy opponentlar: Zokirova Nodira Kalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Meliboev Aziz Rozaqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli iqtisodiyot sharoitida aholi daromadlarini shakllantirishda inson kapitalining rolini oshirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
inson kapitali va sun’iy intellekt integratsiyasi sharoitida aholi daromadlarini shakllantirish xususiyatlari aniqlanib, raqamli mehnat bozorida daromadlar tarkibi o‘zgarishi ehtimoli yuqori bo‘lgan kasblar segmentatsiyasi hamda ular uchun zarur raqamli va kasbiy kompetensiyalar nomenklaturasi ishlab chiqilgan;
inson kapitalining aholi daromadlarini shakllantirishdagi ta’sirini kompleks baholash maqsadida xalqaro reyting va indekslar ko‘rsatkichlari asosida Raqamli inson kapitali indeksi ishlab chiqilgan hamda uni hisoblash metodikasi taklif etilgan;
ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltirilayotgan investisiyalarning aholi daromadlariga ta’sirini baholash asosida 2025–2030-yillar uchun aholi daromadlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va inson kapitali omillari ta’sirida aholi umumiy daromadlarining o‘sish tendensiyalari asoslab berilgan;
hududlarda aholi daromadlarining notekis taqsimlanishini qisqartirish va inson kapitaliga investisiyalar samaradorligini oshirish maqsadida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha toifalariga asoslangan «Ijtimoiy investisiya zonalari»ni tashkil etish mexanizmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholi daromadlarini shakllantirishda inson kapitalining rolini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
inson kapitali va sun’iy intellekt integratsiyasi sharoitida aholi daromadlarini shakllantirish xususiyatlari aniqlanib, raqamli mehnat bozorida daromadlar tarkibi o‘zgarishi ehtimoli yuqori bo‘lgan kasblar segmentatsiyasi hamda ular uchun zarur raqamli va kasbiy kompetensiyalar nomenklaturasi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “yoʻl xaritasi”ning v-bandida keltirilgan “raqamli taʼlimni rivojlantirish” bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan asos sifatida qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 5-maydagi 4/17-05-05-810-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli mehnat bozori talablariga mos raqamli va kasbiy kompetensiyalar ro‘yxati shakllantirilib, oliy ta’lim dasturlarini takomillashtirish hamda raqobatbardosh kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan;
inson kapitalining aholi daromadlarini shakllantirishdagi ta’sirini kompleks baholash maqsadida xalqaro reyting va indekslar ko‘rsatkichlari asosida Raqamli inson kapitali indeksi ishlab chiqilgan hamda uni hisoblash metodikasi taklif etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar Global Innovation Index, Human Capital Index, Coursera Global Skills Report, GSMA Mobile Connectivity Index, E-Government Development Index, ICT Development Index va boshqa shu kabi xalqaro reytinglarda, shuningdek, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasidagi ko‘rsatkichlarda foydalaniladi hamda bularni joriy etish orqali milliy statistika hisobini to‘liq shakllantirish va yagona xalqaro statistika tizimi bilan uyg‘unlashtirishga yordam berib, “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida belgilangan 52-maqsad: Global innovatsion indeksda O‘zbekiston Respublikasining o‘rnini yaxshilash va 2030-yilga qadar top-50 mamlakatlari qatoriga kirishda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 5-maydagi 4/17-05-05-810-son ma’lumotnomasi). Shuningdek, mazkur ilmiy yanlilik inson kapitalining aholi daromadlariga ta’sirini baholash imkoniyatlarini kengaytirib, raqamli iqtisodiyot sharoitida inson kapitali rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashning uslubiy asoslari takomillashtirilishiga xizmat qilgan;
ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalariga yo‘naltirilayotgan investisiyalarning aholi daromadlariga ta’sirini baholash asosida 2025–2030 yillar uchun aholi daromadlarining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan va inson kapitali omillari ta’sirida aholi umumiy daromadlarining o‘sish tendensiyalari bo‘yicha tahlil natijalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 5-maydagi 4/17-05-05-810-son ma’lumotnomasi). Ushbu ekonometrik modeldan foydalanish “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmonida keltirilgan 21-maqsad “2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish” uchun zamin yaratilgan;
inson kapitaliga investisiyalar samaradorligini oshirish maqsadida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha toifalariga asoslangan «Ijtimoiy investisiya zonalari»ni tashkil etish bo‘yicha taklif etilgan mexanizm O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 5-maydagi 4/17-05-05-810-son ma’lumotnomasi). Unga muvofiq, aholi daromadlariga ko‘ra hududlar 5ta toifa (yuqori, o‘rtadan yuqori, o‘rta, o‘rtadan past va past daromadli hududlar)ga ajratilib, har bir toifa hududlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, inson kapitalini rivojlantirish orqali “Ijtimoiy investisiya zonalari”ni yaratish bo‘yicha asosiy yoʻnalishlar keltirib o‘tilgan. Ushbu mexanizm “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni 33-maqsadining 1-bandida “14 ta hudud bo‘yicha tuman va shaharlar kesimida ishlab chiqilgan besh yillik hududiy dasturlarni amalga oshirish. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish reyting ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish” vazifasini amalga oshirishda ilmiy-amaliy asos sifatida qabul qilingan.