Barnoqulova Marjona Otabek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini ustuvor rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2026.1.PhD/Iqt6585
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi:  Navoiy davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,  DSc.03/2025.27.12.I.23.03
Rasmiy opponentlar: Ergashev Erkin Irokovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;  Begimova Dilshoda  Komiljonovna ,  iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
 Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqaning iqtisodiy-ekologik rivojlanishini ta’minlashda resurslardan samarali foydalanish, energiya va material sig‘imini kamaytirish hamda iqtisodiy va ekologik muvozanatni ta’minlashga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshirish taklifi asoslangan;
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, takror ko‘paytirish, chiqindilarni boshqarish va aylanma (sirkul`yar) iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish taklifi ishlab chiqilgan;
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshiriladigan hududlarni belgilash taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Mintaqa iqtisodiyotini ustuvor rivojlantirishning iqtisodiy-ekologik mexanizmlarini takomillashtirish” (Navoiy viloyati misolida) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosi:
atrof-muhit muhofazasi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlaridan keng foydalangan holda tabiatni muhofaza qilish faoliyatida davlat boshqaruvini amalga oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-343-son qarori 2-ilovasi “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi to‘g‘risida” Nizom, 3-bob “Ekologiya qo‘mitasining vazifalari va funksiyalari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish va Iqlim O‘zgarishi Vazirligining 2026 yil 6-mart 03-04/1-03/6-03/3-2244-son-ma’lumotnomasi);
 ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, takror ko‘paytirish, chiqindilarni boshqarish va aylanma (sirkul`yar) iqtisodiyotni rivojlantirish, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish va moslashish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi PQ-343-son qarori 2-ilovasi “Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi to‘g‘risida” Nizom, 3-bobni ishlab  chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish va Iqlim O‘zgarishi Vazirligining 2026 yil 6-mart 03-04/1-03/6-03/3-2244-son-ma’lumotnomasi);
qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik loyihalari amalga oshiriladigan hududlarni belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi PQ-343-son qarori 2-ilovasi Nizomini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish va Iqlim O‘zgarishi Vazirligining 2026 yil 6-mart 03-04/1-03/6-03/3-2244-son-ma’lumotnomasi);
davlat-xususiy sheriklik asosida yirik “yashil energiya” stansiyalarini barpo etish, hududlarda kichik va mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini kengaytirish, aholi xonadonlarida quyosh panellarini o‘rnatishni rag‘batlantirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 18 noyabrdagi PF-16-son Farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, Atrof-Muhitni Muhofaza Qilish va Iqlim O‘zgarishi Vazirligining 2026 yil 6-mart 03-04/1-03/6-03/3-2244-son-ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish