A’zamova Aziza Olimjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jalik subektlarida soliqlar hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 - “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3204.
Ilmiy rahbar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonokulov Azamat Abdukarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: – “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subektlarda soliqlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yog‘-moy ishlab chiqarish korxonasining hisob siyosatiga bilvosita soliqlar yuzasidan 1610 – “Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar”, 1620 – “Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar” ishchi schyotlarini kiritish, ularning o‘zaro bog‘lanishi va hisob registrlarining takomillashgan shakllari bo‘yicha takliflar asoslangan;
Inflatsiya jarayonida mulkning qadrsizlanishini oldini olish va soliq bazasini optimal shakllantirish   maqsadida asosiy vositalarga jadallashtirilgan va kumulyativ usullarda hisoblangan amortizatsiya summalarini integratsiya qilish orqali aniqlangan eskirish summasini moliyaviy natijalardan mahsulot tannarxiga o‘tkazish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida soliq bazasiga kiritiladigan xarajatlarni ekstraksiya va rafinatsiya jarayonlari bo‘yicha turkumlash orqali ekologik audit o‘tkazish bosqichlari  va samaradorligini baholash mezonlari asosida ekologik risk darajasi indeksi Environmental Risk Index (ERI) ni qo‘llash taklifi asoslangan;
O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalarida sof tushum, sof foyda, kredit foizi, sof aktivlar qiymati kabi omillarning soliq yukiga taʼsirini ekonometrik modellashtirish orqali 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik subektlarida soliqlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yog‘-moy ishlab chiqarish korxonasining hisob siyosatiga bilvosita soliqlar yuzasidan 1610 – “Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar”, 1620 – “Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitoblar” ishchi schyotlarini kiritish, ularning o‘zaro bog‘lanishi va hisob registrlarining takomillashgan shakllari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “SUN FLOWER SEEDS” MChJ, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJ va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XK tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 13-103/10-2025-sonli, “SUN FLOWER SEEDS” MChJning 2025-yil 22-avgustdagi 18-sonli, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJning 2025-yil 22-sentyabrdagi 17-sonli va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XKning 2025-yil 23-avgustdagi 10-sonli maʼlumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida yog‘-moy ishlab chiqarish korxonalarida bilvosita soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarning aniqligi va shaffofligi taʼminlanishiga, QQS hamda aksiz solig‘i bo‘yicha qarz va to‘lovlar harakatini tezkor nazorat qilish imkoniyati yaratilgan;
inflatsiya jarayonida mulkning qadrsizlanishini oldini olish va soliq bazasini optimal shakllantirish   maqsadida asosiy vositalarga jadallashtirilgan va kumulyativ usullarda hisoblangan amortizatsiya summalarini integratsiya qilish orqali aniqlangan eskirish summasini moliyaviy natijalardan mahsulot tannarxiga o‘tkazish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuv ishlab chiqilganligi O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “SUN FLOWER SEEDS” MChJ, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJ va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XK tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 13-103/10-2025-sonli, “SUN FLOWER SEEDS” MChJning 2025-yil 22-avgustdagi 18-sonli, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJning 2025-yil 22-sentyabrdagi 17-sonli va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XKning 2025-yil 23-avgustdagi 10-sonli maʼlumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida asosiy vositalarning eskirish xarajatlarini soliqqa tortish va moliyaviy natijalarda aks ettirish o‘rtasidagi tafovutlar bartaraf etilib, amortizatsiya summasining ishlab chiqarish tannarxida to‘liq aks ettirilishi hamda foyda solig‘i bazasining yanada adolatli shakllanishi imkoniyati yaratilgan;
yog‘-moy sanoati korxonalarida soliq bazasiga kiritiladigan xarajatlarni ekstraksiya va rafinatsiya jarayonlari bo‘yicha turkumlash orqali ekologik audit o‘tkazish bosqichlari  va samaradorligini baholash mezonlari asosida ekologik risk darajasi indeksi Environmental Risk Index (ERI) ni qo‘llash taklifi O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “SUN FLOWER SEEDS” MChJ, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJ va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XK tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 13-103/10-2025-sonli, “SUN FLOWER SEEDS” MChJning 2025-yil 22-avgustdagi 18-sonli, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJning 2025-yil 22-sentyabrdagi 17-sonli va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XKning 2025-yil 23-avgustdagi 10-sonli maʼlumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida yog‘-moy sanoati korxonalarida soliq solish bazasiga kiritiladigan xarajatlarning ishlab chiqarish bosqichlari — ekstraksiya va rafinatsiya jarayonlari kesimida aniqligi oshirilib, ekologik audit jarayonlarida chiqindilar hajmini hamda atrof-muhitga taʼsir darajasini aniqlash va kamaytirish imkoniyati yaratilgan;
O‘zbekiston yog‘-moy sanoati korxonalarida sof tushum, sof foyda, kredit foizi, sof aktivlar qiymati kabi omillarning soliq yukiga taʼsirini ekonometrik modellashtirish orqali 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilganligi bo‘yicha O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasi, “SUN FLOWER SEEDS” MChJ, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJ va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XK tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston “Oziq-ovqat sanoati” uyushmasining 2025-yil 10-oktyabrdagi 13-103/10-2025-sonli, “SUN FLOWER SEEDS” MChJning 2025-yil 22-avgustdagi 18-sonli, “ROXATIJON ShODIYoNA” MChJning 2025-yil 22-sentyabrdagi 17-sonli va “BEKZOD-BEK-FAYZ” XKning 2025-yil 23-avgustdagi 10-sonli maʼlumotnomalari). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida yog‘-moy sanoati korxonalarida soliq yukining shakllanishiga taʼsir etuvchi asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlanib, ularni boshqarish orqali soliq yukini optimallashtirish, moliyaviy barqarorlikni oshirish hamda 2030-yilgacha bo‘lgan davrda xo‘jalik yurituvchi subektlarning tushumlarini prognoz asosida rejalashtirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish