Ismailov Tohirjon Xushnudbek o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan pedagogik faoliyatda foydalanish mexanizmlari (Xorazmda faoliyat yuritgan jadidlar misolida)”, 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8532
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Sharifzoda Sardorbek O‘razboy tabib o‘g‘li, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat pedagogika instituti, DSc.01/2025.27.12.Ped.12.01 
Rasmiy opponentlar: Xodjaniyazov Sardor Umarovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Tojiboeva Hilola Maxmutovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazmda faoliyat yuritgan jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan pedagogik faoliyatda foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish va ta’lim jarayonida samarali foydalanishga oid ilmiy-pedagogik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy kompetentlikni “hurfikrlilik-zamon bilan hamnafaslik” g‘oyalariga muvofiqligini ta’minlash,   milliy va ma’naviy qadriyatlarini madaniy-kodli sinergiya va ijtimoiy ongning rivojlanishiga moslashtirish va konstruktiv qayta modellashtirish asosida aniqlashtirilgan; 
jadidlarning ilg‘or ta’lim g‘oyalari asosida o‘quv jarayonini tashkillashtirishning kognitiv-determinativ modeli o‘quvchilarning bilim olish jarayonini “an’anaviy reproduktivlik”dan “jadidona progressivlik”ka o‘tish g‘oyasiga moslashtirish, ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi g‘oyalarni kognitiv-determinativ komponentlariga singdirish va innovatsion-kreativ konstruksiyaga o‘tishning taksonomik, konseptual va metodik mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
Xorazm jadidlarining ta’limiy merosi asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi ta’lim jarayoni ta’lim mazmunini milliy-ma’naviy o‘zlikni anglash, faollik va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishda kollaborativ hamkorlik, o‘rganishga o‘rgatish, “ma’rifiy-gamifikatsiya”ga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan pedagogik modelni metakognitiv monitoring bilan uyg‘unlashtirish asosida optimallashtirilgan; 
Xorazm jadidlarining ta’limiy merosi asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik jarayon samaradorligi tahliliy fikr, axloqiy mas’uliyat va ijtimoiy faollikni targ‘ib etuvchi qarashlari zamonaviy o‘quvchi tafakkurida metama’rifiy, refleksiv va ma’naviy-intellektual o‘sishni rag‘batlantiruvchi siklik zanjirli kichik prototiplar ishlab chiqish va diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jadidlar ilmiy merosi asosida o‘quvchilarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish va milliy va ma’naviy qadriyatlarini tarbiyalashga doir tadqiqot natijalari asosida:
Xorazm jadid ma’rifatparvarlarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlaridan foydalanishning pedagogik imkoniyatlari ijtimoiy-madaniy kompetentlikni “hurfikrlilik-zamon bilan hamnafaslik” g‘oyalariga muvofiqligini ta’minlash,   milliy va ma’naviy qadriyatlarini madaniy-kodli sinergiya va ijtimoiy ongning rivojlanishiga moslashtirish va konstruktiv qayta modellashtirish asosida aniqlashtirishga oid takliflari № FZ-2016-0909111822 “Darslik va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda “ommaviy madaniyat”ga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” (2017-2022-yy) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutining 2025-yil 13-iyundagi 01-09/300 sonli ma’lumotnomasi). Natijada jadidlar ilmiy merosi asosida o‘quvchi-yoshlarda ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirish, milliy qadriyat ruhini shakllantirish, tayanch kompetentlikni rivojlantirish imkoni yaratilgan;
jadidlarning ilg‘or ta’lim g‘oyalari asosida o‘quv jarayonini tashkillashtirishning kognitiv-determinativ modeli o‘quvchilarning bilim olish jarayonini “an’anaviy reproduktivlik”dan “jadidona progressivlik”ka o‘tish g‘oyasiga moslashtirish, ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi g‘oyalarni kognitiv-determinativ komponentlariga singdirish va innovatsion-kreativ konstruksiyaga o‘tishning taksonomik, konseptual va metodik mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari “Obshhaya pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 14-apreldagi 136-son buyrug‘i asosida berilgan 284345 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, milliy o‘zlik va erkin tafakkurni rivojlantirishga yo‘naltirilgan didaktik yondashuvlar evristik strategiyalar va kognitiv-ko‘nikmaviy kompetensiyalarni shakllantirishga sharoit yaratilgan;
Xorazm jadidlarining ta’limiy merosi asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantiruvchi ta’lim jarayoni ta’lim mazmunini milliy-ma’naviy o‘zlikni anglash, faollik va fuqarolik mas’uliyatini rivojlantirishda kollaborativ hamkorlik, o‘rganishga o‘rgatish, “ma’rifiy-gamifikatsiya”ga yo‘naltirilgan texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan pedagogik modelni metakognitiv monitoring bilan uyg‘unlashtirish asosida optimallashtirishga oid tavsiyalari “Obshhaya pedagogika” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20-iyundagi 11-05-3996/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda shaxsiy komillik, o‘zaro hamjihatlik va fuqarolik faolligini rivojlantiruvchi hamda, epistemologik barqarorlik va kognitiv motivatsiyani shakllantirishga xizmat qilgan;
Xorazm jadidlarining ta’limiy merosi asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishning pedagogik jarayon samaradorligi tahliliy fikr, axloqiy mas’uliyat va ijtimoiy faollikni targ‘ib etuvchi qarashlari zamonaviy o‘quvchi tafakkurida metama’rifiy, refleksiv va ma’naviy-intellektual o‘sishni rag‘batlantiruvchi siklik zanjirli kichik prototiplar ishlab chiqish va diagnostik ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalaridan “Umumiy pedagogika (Pedagogik mahorat)” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 20-iyundagi 11-05-3996/04 sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning individual rivojlanish vektorini inobatga olgan holda ularning o‘quv faoliyatini maxsus jamlangan ma’lumotlar omboridan foydalanish orqali takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish