Utepbergenov Asamatdiyn Abdraxmanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va taklifni ekonometrik modellashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi misolida)”, 08.00.04 - “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” va 08.00.06 – “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4044.
Ilmiy rahbar: Sauxanov Janibek Kazievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.I.04.12.
Rasmiy opponentlar: Askarov Nazimjon Niyozovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ataev Jasur Erkinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Gulistan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorining rivojlanish holatini baholash, talab va taklifning funksional va ekonometrik modellarini ishlab chiqish hamda ushbu bozorda muvozanatga erishish yo‘llarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifini boshqarish uslubi dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining mahsulot hajmiga ta’sirining mos ravishda 0,51 va 0,49 darajada aniqlangan elastiklik koeffisientlari asosida, tarmoqlar ulushining mutanosibligini hisobga olgan holda mahsulot taklifini oshirishning muvozanatli o‘sish, dehqonchilikni ustuvor kengaytirish va chorvachilikni qo‘shimcha rag‘batlantirishga qaratilgan 3 ta muqobil ssenariysi ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida talab va taklifning oylar kesimidagi dinamikasini ekonometrik prognozlash, kesishgan talab elastikligi koeffisienti 0,20 dan yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha o‘rinbosar va to‘ldiruvchi tovarlar guruhini aniqlash hamda shu asosda ichki bozorda narxlar tebranishini pasaytirish orqali mavsumiy tebranishlarni yumshatish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida talab va taklifni boshqarish mexanizmi hududlar kesimida narx, aholi daromadi, ishlab chiqarish hajmi, mavsumiylik va o‘rinbosar mahsulotlar ta’sirini qamrab olgan ko‘p omilli ekonometrik model` asosida bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillik yoki ortiqcha taklif holatlarini 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan davr uchun oldindan prognozlash tartibi ishlab chiqilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning mavsumiy tebranishlarini hisobga olgan holda ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab va taklifni ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifini boshqarish uslubi dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarining mahsulot hajmiga ta’sirining mos ravishda 0,51 va 0,49 darajada aniqlangan elastiklik koeffisientlari asosida, tarmoqlar ulushining mutanosibligini hisobga olgan holda mahsulot taklifini oshirishning muvozanatli o‘sish, dehqonchilikni ustuvor kengaytirish va chorvachilikni qo‘shimcha rag‘batlantirishga qaratilgan 3 ta muqobil ssenariysi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-993 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozoridagi mavsumiy tebranishlarni kamaytirish, talab va taklifni tartibga solish uchun istiqboldagi rejalarni ishlab chiqishda foydalanilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida talab va taklifning oylar kesimidagi dinamikasini ekonometrik prognozlash, kesishgan talab elastikligi koeffisienti 0,20 dan yuqori bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha o‘rinbosar va to‘ldiruvchi tovarlar guruhini aniqlash hamda shu asosda ichki bozorda narxlar tebranishini pasaytirish orqali mavsumiy tebranishlarni yumshatish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-993 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorini tartibga solishda, narxlar barqarorligini ta’minlashda muhim bo‘lgan to‘ldiruvchi va o‘rinbosar tovarlarni aniqlashda asos bo‘lib xizmat qilgan;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bozorida talab va taklifni boshqarish mexanizmi hududlar kesimida narx, aholi daromadi, ishlab chiqarish hajmi, mavsumiylik va o‘rinbosar mahsulotlar ta’sirini qamrab olgan ko‘p omilli ekonometrik model` asosida bozorda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan taqchillik yoki ortiqcha taklif holatlarini 3 oydan 12 oygacha bo‘lgan davr uchun oldindan prognozlash tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-993 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari taklifini oshirshda chorvachilik va dehqonchilikning rivojlantirishning mutanosibligini ta’minlash uchun zaruriy nisbatlarni aniqlashda foydalanilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida muhim qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabning mavsumiy tebranishlarini hisobga olgan holda ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan 2026-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi sub’ektlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2026 yil 12 martdagi 02/016-993 son ma’lumotnomasi). Taklif qilingan prognozlar mintaqada qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talabni istiqboldagi maqsadli ko‘rsatkichlarini shakllantirish, mavsumiy farqlarni kamaytirish bo‘yicha uzoq va qisqa muddatga strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan.