Saidov Ravshan Tursunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirish ”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Ped9365.
Ilmiy rahbar: Yusupov Otabek Yakubovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Ped.4502.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildorxon Urinbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor (Kengash a’zosi); Masharipova Feruza Jumanazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi. filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: talabalarning o‘qish kompetensiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirishga yo‘naltirilgan uch bosqichli model “lug‘at boyligini oshirish → tez o‘qish → matnni chuqur tushunish” asosida  matnlarni tanlab olish, kognitiv bilish, lingvomadaniy ko‘nikmalarni takomillashtirishga doir yaxlit va tizimli ta’lim mexanizmi asosida dalillangan;
 Badiiy matnlarni ifodali o‘qish jarayonida talaffuz aniqligi, intonatsiya, ritm, pauza va urg‘u elementlarini baholash mezonlari tizimlashtirilgan hamda o‘qishning fonetik aspektini rivojlantirishga yo‘naltirilgan eksperimental fonetik yondashuv ishlab chiqilgan;
filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini badiiy matnlar bilan integratsiya  asosida o‘qish malakalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish, mustaqil fikrlashni rag‘batlantirish hamda matnni analitik tahlil qilish ko‘nikmasi takomillashtirilgan;
o‘qish tezligi va matnni tushunish, o‘qish kompetensiyasini diagnostika qilish, badiiy matn bilan ishlash kompetensiyasini o‘lchovchi topshiriqlar, baholash mezonlari, diagnostik-modulli treninglar asosida talabalarning mulohaza qilishga doir materiallar takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy natijalar asosida:
Ingliz tilidagi badiiy matnlar asosida “lug‘at boyligini oshirish → tez o‘qish → matnni chuqur tushunish” tamoyillariga asoslangan uch bosqichli model hamda unga mos mashqlar tizimi ishlab chiqilib, amaliyotda sinovdan o‘tkazildi. Tadqiqot jarayonida lug‘at boyligini kontekst asosida oshirish metodikasi qo‘llanilib, badiiy matnlardagi yangi leksik birliklarni mazmuniy bog‘liqlik orqali o‘zlashtirishga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, skimming, scanning va shadow reading texnikalariga tayangan tez o‘qish mashg‘ulotlari tashkil etilgan hamda matn tahlili, bahs-munozara va ijodiy topshiriqlar orqali o‘qilgan matnni chuqur anglash darajalari rivojlantirilgan. (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 28-noyabrdagi №01-03/3150 ma’lumotnomasi). Natijada, kitobxonlarda o‘qish tezligi va matnni chuqur anglash ko‘rsatkichlarida sezilarli o‘sish kuzatilib, ishlab chiqilgan modelning samaradorligi amaliy jihatdan tasdiqlangan.
 Tadqiqotning xorijiy (ingliz) tildagi badiiy matnlarni o‘qish va talaffuz qilishda xorijiy (ingliz) tildagi real talaffuz namunalarini taqdim etilganligi natijasida aniq va to‘gri talaffuz o‘rganilganligi, talaffuzdagi xatolarni kamayganligini tasdiqlangani; badiiy matnlar tez o‘qish mashg'ulotlari uchun asosiy vosita sifatida qo‘llanilganligi bois, talabalarni tez o‘qish paytida o‘z intonatsion talaffuzlarini boshqarishga hamda intonatsiya va pauza tabiiyligiga e'tibor kuchayganligi isbotlangani; badiiy matnlarni ifodali o‘qishda, fonetik aniqlik, intonatsiya, ritm va pauza, so‘z urg‘usi, ovozni boshqarish, ifodali o‘qish mashqlarini baholash me’zonlarining manbai ekanligini kabi ilmiy natija va xulosalaridan “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish xorijiy til misolida” loyihasida  unumli foydalanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Eksperimental fonetik laboratoriya yaratish xorijiy til misolida” nomli amaliy loyihasining 2025 yil  4-dekabrdagi 04-04-1/6842 ma’lumotnomasi) Natijada, eksperimental fonetik yondashuv asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalar nutqining fonetik tozaligi va ifodaliligini oshirishga, shuningdek, tez o‘qish jarayonida intonatsiyani nazorat qilish malakasini shakllantirishga xizmat qilgan.
“O‘qish kompetensiyasini takomillashtirishning kompetensiyaviy modeli”  asosida filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini badiiy matnlar asosida takomillashtirish maqsadida “Badiiy o‘qish” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025 yil 30-apreldagi №203/11-08-17 o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Natijada, mazkur o‘quv qo‘llanma ingliz tili ta’limida badiiy matnlarni o‘qitish jarayonini tizimlashtirish, o‘qish ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich rivojlantirish hamda talabalarning mustaqil fikrlash va matnni tahlil qilish salohiyatini kuchaytirish imkonini bergan.
Tadqiqot jarayonida ingliz badiiy asarlari asosida o‘qish kompetensiyasini baholash va takomillashtirishga xizmat qiluvchi topshiriqlar va diagnostik mezonlar ishlab chiqilib, o‘qish jarayonining semantik, kontekstual va stilistik jihatlari ilmiy asosda tadqiq etilgan. Dissertatsiyasida ishlab chiqilgan filolog talabalarning o‘qish kompetensiyasini diagnostika qilish va rivojlantirishga doir uch bosqichli modeli mazkur innovatsion loyihadagi professor-o‘qituvchilarning kasbiy tayyorlik darajasini baholashning psixologik-diagnostik mezonlari tizimini yanada takomillashtirishda metodik asos sifatida qo‘llanilgan. (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilarni kasbiy saralashning psixologik diagnostikasi tizimini shakllantirish” nomli amaliy loyihasining 2026 yil  7-yanvardagi 11-25/12-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, badiiy matn bilan ishlash kompetensiyasini o‘lchovchi topshiriqlar, baholash mezonlari hamda diagnostik-modulli treninglar integratsiya qilingan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish