Bektemirov Abduxamid Abdumalikovichning
fan doktor (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan ishlab chiqarish nomi): “Tadbirkorlik risklarini boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.013 – “Menejment” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt895 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.44.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: i.f.d., dots. I.A. Mamatkulov
Rasmiy opponentlar: i.f.d., akademik Abduraxmonov Kalandar Xodjaevich, i.f.d., prof. Kadirov Abdurashid Madjidovich, i.f.d., prof. Raximova Dilfuza Negmatovna
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi tadbirkorlik subektlarining faoliyat samaradorligi va barqarorligini ta’minlashda risklarni boshqarishga oid tashkiliy-uslubiy asoslarni takomillashtirish hamda ilmiy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik risklarini tasniflash uslubiyoti unda risklarni boshqaruv konturi, shakllanish manbai va boshqariluvchanlik darajasi bo‘yicha ko‘p o‘lchovli integratsiyalashgan model asosida guruhlash hamda har bir riskni 9 ta kombinatsion sektor kesimida identifikatsiya qilish va ustuvorlik darajasini baholash orqali takomillashtirilgan;
tadbirkorlik risklarini tanlash va qabul qilish strategiyasini ishlab chiqish uslubiyoti riskni baholashda kondisionallik, kompensatsiyaviy mutanosiblik, kutilmaganlik, kaskad ta’siri va ko‘rinuvchanlikdan iborat 5 ta tizimli mezonni qo‘llash, har bir holatda 70 balldan yuqori natijaga ega risklarni ustuvor boshqaruv obekti sifatida ajratishga asoslangan “5K–tanlov” modeli orqali takomillashtirilgan;
tadbirkorlik risklarini boshqarishning metodologik yondashuvini takomillashtirishda risklarni “manba – hodisa – oqibat – qaror” zanjiri asosida 4 qatlamli ko‘p mezonli tahlil qilish, har bir bosqichning ta’sir darajasini integral indeks orqali baholash va indeks qiymati 0,70 dan yuqori bo‘lgan holatlarda riskni faqat himoya emas, balki qiymat yaratishga xizmat qiluvchi boshqaruv instrumenti sifatida qo‘llash taklifi asoslangan;
sof joriy qiymat (NPV), daromadlilikning ichki me’yori (IRR), rentabellik indeksi (PI), qaytarish muddati hamda risklarni ssenariy modellashtirish usullari radar diagrammasi bilan uyg‘unlashtirilib, loyihalarni bir vaqtning o‘zida iqtisodiy samaradorlik, risk darajasi va strategik barqarorlik nuqtayi nazaridan kompleks baholash imkoniyatini beradigan integratsiyalashgan yondashuv taklif etilgan;
tadbikorlikning makroiqtisodiy, moliyaviy omillarga va natijadorlikka asoslangan integratsiyalangan ekonometrik modeli asosida O‘zbekistonda kichik biznesning YaIMdagi ulushining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadbirkorlik risklarni boshqarishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishga oid ilmiy natijalar asosida:
tadbirkorlik risklarini tasniflash uslubiyoti unda risklarni boshqaruv konturi, shakllanish manbai va boshqariluvchanlik darajasi bo‘yicha ko‘p o‘lchovli integratsiyalashgan model asosida guruhlash hamda har bir riskni 9 ta kombinatsion sektor kesimida identifikatsiya qilish va ustuvorlik darajasini baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan risklarni boshqarishning metodologik manbasi sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5824-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida risklarni aniqlash, monitoring qilish va ularga javob choralarini ishlab chiqish jarayoni tizimlashtirildi, yuqori noaniqlik sharoitida risklarning boshqariluvchanlik darajasini aniqlash korxonaning moslashuvchanligini oshirib, favqulodda yo‘qotishlarning oldini olishga xizmat qildi, korxonalarda “erta ogohlantirish tizimi”ni shakllantirib ishlab chiqarish uzilishlari, moliyaviy likvidlik muammolari, bozor ulushining qisqarishi va investision yo‘qotishlar ehtimolini 20 %ga kamaytirilib, risklarni ustuvorlik darajasi bo‘yicha saralash kapital va aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligini 16%ga oshirish, risklarni boshqarish korxona uchun faqat himoya mexanizmi emas, balki samaradorlikni oshiruvchi strategik boshqaruv instrumentiga aylantirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik risklarini tanlash va qabul qilish strategiyasini ishlab chiqish uslubiyoti riskni baholashda kondisionallik, kompensatsiyaviy mutanosiblik, kutilmaganlik, kaskad ta’siri va ko‘rinuvchanlikdan iborat 5 ta tizimli mezonni qo‘llash, har bir holatda 70 balldan yuqori natijaga ega risklarni ustuvor boshqaruv obekti sifatida ajratishga asoslangan “5K-tanlov” modeli orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan risklarni boshqarish tizimini joriy etish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5824-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida risklarni noto‘g‘ri baholash ehtimoli o‘rtacha 25–30 % ga kamaydi, boshqaruv qarorlarini qabul qilish tezligini 18–22 % ga oshirish, resurslarni ustuvor yo‘nalishlarga taqsimlash samaradorligini 20–27 % ga yaxshilash, yuqori zarar keltiruvchi risklarni erta aniqlash darajasini 30–35 % ga oshirish, favqulodda moliyaviy yo‘qotishlar hajmini 15–25 % gacha qisqartirish, risk monitoringi va nazorat xarajatlari 10–18 % ga kamaytirish, investision qarorlarning aniqligi va barqarorligini 20–28 % ga oshirish, korxonaning umumiy riskka chidamlilik darajasini 25–40 % oralig‘ida yaxshilash, strategik rejalashtirish samaradorligini 17–23 % ga oshirish, tadbirkorlik faoliyatining umumiy iqtisodiy samaradorligi esa o‘rtacha 12–20 % ga oshirish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik risklarini boshqarishning metodologik yondashuvini takomillashtirishda risklarni “manba – hodisa – oqibat – qaror” zanjiri asosida 4 qatlamli ko‘p mezonli tahlil qilish, har bir bosqichning ta’sir darajasini integral indeks orqali baholash va indeks qiymati 0,70 dan yuqori bo‘lgan holatlarda riskni faqat himoya emas, balki qiymat yaratishga xizmat qiluvchi boshqaruv instrumenti sifatida qo‘llash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan risklarni boshqarish tizimini joriy etish jarayonida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5824-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodologiyani amaliyotga tatbiq etish natijasida risklarni aniqlash aniqligi 30–35 % ga, ularni erta prognoz qilish imkoniyati esa 25–40 % ga oshirish, risklarning manbadan oqibatgacha bo‘lgan to‘liq zanjiri tahlil qilinishi natijasida yashirin va tizimli xavflarni aniqlash samaradorligi 20–28 %ga yaxshilash, fovqulotda moliyaviy yo‘qotishlarni o‘rtacha 18–27 %ga kamaytirish imkoni yaratildi;
sof joriy qiymat (NPV), daromadlilikning ichki me’yori (IRR), rentabellik indeksi (PI), qaytarish muddati hamda risklarni ssenariy modellashtirish usullari radar diagrammasi bilan uyg‘unlashtirilib, loyihalarni bir vaqtning o‘zida iqtisodiy samaradorlik, risk darajasi va strategik barqarorlik nuqtayi nazaridan kompleks baholash imkoniyatini beradigan integratsiyalashgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan risklarni boshqarishning metodologik manbasi sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5824-son ma’lumotnomasi). Modelning amaliy tadbiqi natijasida tadbirkorlik natijadorligini prognoz qilish aniqligi 20–30 % ga, salbiy makroiqtisodiy omillar ta’sirini erta aniqlash imkoniyati 25–35 % ga, moliyaviy resurslarni manzilli taqsimlash samaradorligi 18–25 % ga, kredit va investisiya qarorlarining asoslanganlik darajasi 20–28 % ga, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturlarining natijadorligi 15–22 % ga ortishi, iqtisodiy risklar tufayli yuzaga keladigan yo‘qotishlarni kamaytirish imkoniyati esa 12–20 % atrofida bo‘lishi imkoni yaratilgan;
tadbikorlikning makroiqtisodiy, moliyaviy omillarga va natijadorlikka asoslangan integratsiyalangan ekonometrik modeli asosida O‘zbekistonda kichik biznesning YaIMdagi ulushining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tomonidan risklarni erta aniqlash, ularning ta’sir darajasini minimallashtirish va boshqarishni optimallashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Republikasi Savdo-sanoat palatasining 2026-yil 10-iyundagi 01-06-30-5824-son ma’lumotnomasi). Mazkur modelni amaliyotga joriy etish natijasida investision loyihalarni baholash aniqligi ortgan, NPV, IRR, PI ko‘rsatkichlarning integratsiyalashuvi natijasida noto‘g‘ri investision qarorlar qabul qilish ehtimoli o‘rtacha 25-35 %ga kamaygan, moliyaviy yo‘qotishlarni 18-30 %gacha kamaytirish hamda fovqulotda risklarni erta aniqlash samaradorligi 30-40 %ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish