Imanova Umida Baxtiyorovnaning
fan doktor (DSc) dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan ishlab chiqarish nomi): “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt926.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.1.44.01 raqamli Ilmiy kengash.
Ilmiy maslahatchi: i.f.d., dots. I.A. Mamatkulov.
Rasmiy opponentlar: i.f.d., prof. Bektemirov Abdumalik, i.f.d., prof. Islamkulov Alimnazar Xudjamuratovich, i.f.d., prof. Ashurova Nasiba Batirovna.
Yetakchi tashkilot: Kimyo xalqaro universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy byudjetlarning moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini mahalliy byudjet parametrlari bilan o‘zaro uyg‘un holda shakllantirish asosida byudjet resurslarini hududlarning tabiiy-geografik, demografik, iqtisodiy va infratuzilmaviy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda rejalashtirish hamda taqsimlash samaradorligini oshirish imkoniyati asoslangan;
davlat aktivlarini sotishdan mahalliy byudjetlarga tushadigan tushumlarni tuman va shahar byudjetlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy byudjetlari o‘rtasida teng taqsimlash orqali mahalliy hokimliklarning daromad manbalarini kengaytirish va ularning byudjet daromadlari tushumlaridan manfaatdorligini kuchaytirish imkoniyati asoslangan;
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 50 foizini tuman va shahar byudjetlariga yo‘naltirish asosida mahalliy boshqaruv organlarining yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga bo‘lgan iqtisodiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligi asoslangan;
yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va er solig‘i tushumlarini tegishli hududiy byudjetlarga to‘liq o‘tkazish mexanizmini joriy etish orqali hududlar moliyaviy mustaqilligini oshirish, mahalliy hokimiyat organlarining resurslardan samarali foydalanishga bo‘lgan rag‘batini kuchaytirish zarurligi ilmiy asoslangan;
turar va noturar joylar ijarasi bo‘yicha eng kam stavkalarga hududlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda tuman va shaharlar kesimida 2,0 gacha oshiruvchi koeffisientni joriy etish asosida mahalliy byudjetlarning qo‘shimcha daromad bazasini kengaytirish, byudjet mablag‘larini samarali boshqarish va hududiy infratuzilmani rivojlantirish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy byudjetlar moliyaviy resurslarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturi mahalliy byudjet parametrlari bilan birga qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 20 dekabrdagi PF–223-son Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 
18 dekabrdagi 04/57-1-28467-sonli ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, hududlarning tabiiy-geografik, demografik va iqtisodiy salohiyatini byudjet rejalashtirish jarayonlari bilan uyg‘unlashtirish amaliyoti joriy etildi. Ushbu mexanizm hududlarni rivojlantirish dasturlarini moliyaviy resurslar bilan uzviy bog‘lash orqali ularning bajarilish samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
davlat aktivlarini sotishdan mahalliy byudjetlarga tushadigan tushumlarni viloyat va tuman byudjetlari o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlash taklifi 2024 yil 
24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli Qonunda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil  18 dekabrdagi 
04/57-1-28467-sonli ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-son Qarorida davlat ko‘chmas mulk ob'ektlari hamda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkalari sotilishi belgilangan vazifalarni bajarishga tuman (shahar) hokimliklarining byudjet daromadlari tushumidan manfaatdorligini oshirib, mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligi oshishiga xizmat qilgan. 
jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlarining kamida 
50 foizi tuman va shaharlar byudjetlariga o‘tkazish taklifi 2024 yil 
24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli Qonunda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 
04/57-1-28467-sonli ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, mahalliy boshqaruv hokimiyatini yangi ish-joylarni yaratish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlik va ishlab chiqarishni rivojlantirish natijasida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mahalliy byudjetlarning transferlarga qaramlik 7%ga pasaygan hamda tuman byudjetlari mustaqilligi 12%ga oshgan, shuningdek hududiy ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish imkoniyati yaratilgan.
yirik soliq to‘lovchilarning mol-mulk va er solig‘i tushumlarini hududiy byudjetlarga to‘liq o‘tkazish taklifi 2024 yil 24 dekabrdagi “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli Qonunda aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 04/57-1-28467-sonli ma’lumotnomasi). Bunga ko‘ra, hududlarda joylashgan yirik soliq to‘lovchilarning resurslardan samarali foydalanishga nisbatan mahalliy boshqaruv hokimiyati rag‘batini oshirish natijasida hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishiga xizmat qiladi. Viloyat byudjetlariga yirik soliq to‘lovchilar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va er solig‘idan tushumlari miqdori sezilarli darajada oshishiga olib keladi, hududiy byudjetlar daromadi 5%ga oshishi esa ularning moliyaviy mustaqilligini ta'minlashga xizmat qilgan. 
turar va noturar joylar ijarasi bo‘yicha eng kam stavkalarga hududlar iqtisodiy rivojlanish darajasiga qarab, tuman va shaharlar kesimida 2,0 gacha oshiruvchi koeffisientini joriy etish taklifi 2024 yil 24 dekabrdagi  “2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-1011-sonli Qonunda o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025 yil 18 dekabrdagi 04/57-1-28467-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, hududlardagi istiqomat qilayotgan aholi va faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik sub'ektlari tomonidan to‘lanadigan soliq to‘lovlaridan mahalliy byudjetlarning moliyaviy resurslarini samarali boshqarish va 78 ta tuman 
byudjetlari xarajatlarini mustaqil qoplashga o‘tgan, ijara deklaratsiyalari asosidagi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 1,5%ga oshgan, infratuzilma ob’ektlari yaxshilanishi natijasida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish