Saymanova Shaxzada Sultanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz va qoraqalpoq naql-maqollarida so‘z ma’nosining siljishi”, 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Fil6615.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/2025.27.12.Fil.04.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismaylovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Qodirova Muqaddas Tog‘aevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq naql-maqollarida so‘z ma’nosining siljishini qiyosiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi naql-maqollar tizimi semantik pragmatika, lingvokognitiv tahlil va diskurs tahlili doirasida ushbu birliklarning konseptual, aksiologik va estetik kabi ma’no qatlamlari ochib berilib, bunday munosabat xalq tilida barqaror leksik birlik sifatida shakllangan paremiologik birliklarning semiosfera va lingvomadaniyat tizimida o‘ziga xos funksional-semantik hamda madaniy-kognitiv o‘rin tutganligi aniqlangan;
lingvosemantik yo‘nalishida “so‘z ma’nosining siljishi” turli siljish turlarida (metafora, antonimli baholash) amaliy naql-maqollar misolida aniqlanib, antonimli baholovchi birliklarning emotsional, ekspressiv konnotativ mazmun-ma’no bilan ma’no siljishiga uchrashi, diskursiv kontekstlarda semantik mexanizmlar orqali tasvirlanishi isbotlangan;
naql-maqollarning sintaktik strukturalari va semantik siljishi konstektta aniqlanib, ingliz va qoraqalpoq paremiologik birliklarda diskursiv holatida paydo bo‘ladigan sintaktik transformatsiyalar (inversiya, qisqarish, konnektorli qo‘shimchalar orqali ma’noning kuchaytirilishi) ochib berilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi naql-maqollarda uchrashadigan semantik siljishlar chog‘ishtirma-lingvomadaniy jihatdan asoslanganligi va konseplarga bog‘liq naql-maqollar misolida semantik kontrastlar, universal va milliy obrazlar orqali kartalar yaratilib, “blind squirrel”, “a wise man”, “wolf” kabi metaforalarning qoraqalpoq tilidagi “soqır tawıq”, “aqıllı jigit”, “qasqır” obrazlari bilan semantik-ekvivalentlik va diskursdagi ekvivalent funksiya asosida o‘z-aro mosligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va qoraqalpoq tillaridagi naql-maqollardagi semantik siljishni tadqiq etishdan olingan funksional va amaliy tavsiyalar asosida:
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi naql-maqollar tizimi semantik pragmatika, lingvokognitiv tahlil va diskurs tahlili doirasida ushbu birliklarning konseptual, aksiologik va estetik qatlamlari kabi ma’no qatlamlari ochib berilib, bunday munosabat xalq tilida barqaror leksik birlik sifatida shakllangan paremiologik birliklarning semiosfera va lingvomadaniyat tizimida o‘ziga xos funksional-semantik hamda madaniy-kognitiv o‘rin tutganligi haqidagi tadqiqotlarning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2024-2025-yillarda bajarilgan “Hozirgi qoraqalpoq tilidagi so‘z yasalish tizimining nazariy asoslari” mavzusidagi fundamental loyihada qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 23-sentyabrdagi 567/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, naql-maqollar tizimidagi semantik siljish xalq tilida paremiologik birliklarning konseptual, aksiologik va estetik qatlamlarini ochib bergan;
lingvosemantik yo‘nalishida “so‘z ma’nosining siljishi” turli siljish turlarida (metafora, antonimli baholash) amaliy naql-maqollar misolida aniqlanib, antonimli baholovchi birliklarning emotsional, ekspressiv konnotativ mazmun-ma’no bilan ma’no siljishiga uchrashi, diskursiv kontekstlarda semantik mexanizmlar orqali tasvirlanishi haqidagi xulosalardan Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining yosh ijodkorlarning malakasini oshirishda, turli to'garak, seminar va mahorat darslarini o‘tkazishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 24-sentyabrdagi 77-son ma’lumotnomasi). Natijada, so‘z ma’nosining naql-maqollardagi siljishi, ularning mazmunini ekazishdagi xususiyatlari, o‘rganilayotgan tillardagi naql-maqollardagi so‘z ma’nosining siljish funksiyalari va ular tinglovchi yoki o‘quvchi tahlilini qanday yo‘naltirishi, diskurs tahlilidagi mahorati takomillashtirilgan;
naql-maqollarning sintaktik strukturalari va semantik siljishi konstektta aniqlanib, ingliz va qoraqalpoq paremiologik birliklarda diskursiv holatida paydo bo‘ladigan sintaktik transformatsiyalar haqidagi xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining hududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Tilga e’tibor – elga e’tibor”, “Ma’naviyat bo‘stoni” ko‘rsatuvlari va eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2025-yil 23-sentyabrdagi 05-22/524-son ma’lumotnomasi). Natijada, paremiologik birliklarning diskursiv holatida sintaktik transformatsiyalari inversiya, qisqarish, konnektorli qo‘shimchalar orqali ma’noning kuchaytirish mexanizmlari ko‘rsatish ssenariylarini qayta tahrirlashda xizmat qilgan;
ingliz va qoraqalpoq tillaridagi naql-maqollarda uchrashadigan semantik siljishlar chog‘ishtirma-lingvomadaniy jihatdan asoslanganligi va konseplarga bog‘liq naql-maqollar misolida semantik kontrastlar, universal va milliy obrazlar orqali kartalar yaratilib, “blind squirrel”, “a wise man”, “wolf” kabi metaforalarning qoraqalpoq tilidagi “soqır tawıq”, “aqıllı jigit”, “qasqır” obrazlari bilan semantik-ekvivalentlik va diskursdagi ekvivalent funksiya asosida o‘z-aro mosligiga doir ilmiy xulosalardan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi eksponatlari tavsifida keng qo‘llanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 23-sentyabrdagi 01-02/03-200-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning yangi binosi ekspozisiyasida qo‘yiladigan eksponatlar etiketkalarini ingliz tiliga tarjima qilishga ushbu tadqiqot materiallaridan foydalanilgan.