Rayimqulova Maftuna Abduxakim qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabgacha  tayyorlov    yoshdagi  bolalarning  kognitiv jarayonida  tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2PhD/Ped8024.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Djanpeisova Gauxar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa(muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha tayyorlov yoshidagi tarbiyalanuvchilarning kognitiv jarayonida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ilmiy-metodik tavsiyalar tizimini tarkib toptirish hamda  ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari muammoli vaziyatlarda fikr xaritasini tuzib taqqoslash tabiiy muhit, ijtimoiy munosabatlar va ijodiy faoliyat orqali real hayot masalalarini muhokama etish hamda muloqot muhitida mustaqil fikr burchaklarini tashkil etish asosida kengaytirilgan;
bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish modeli o‘yinli mashqlarni sabab-oqibat zanjiri, mulohaza devori integratsiyalashgan metodik muhitda interfaol vositalardan nutqiy, axloqiy va fikriy ko‘nikmalarini yoshga mos shakllantirish hamda keys-stadi, simulyasiyalar, refleksiya jarayonlarini tasirchanligini hayotiy voqealarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi interaktiv muhit va izlanish atmosferasida shaxsiy fikrini debatli suhbatlar, ijodiy topshiriqlar, tezkor savol-javoblar orqali ifodalash tanqidiy fikrlashni axloqiy me’yorlarga adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasi samaradorligi axborotni idrok etish, ta’lim jarayonini modelli rejalashtirish, muloqotda sabab oqibat zanjirini to‘g‘ri qurish, fikriy faollik hamda tanqidiy ongni uyg‘otish refleksiv mulohazada dinamik o‘zgarishlarning monitoringini yuritish asosida takomillashtirilgan;
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha tayyorlov yoshdagi bolalarning tanqidiy fikrlashini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan nazariy va amaliy takliflar asosida:
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik  imkoniyatlari muammoli vaziyatlarni fikr xaritasini tuzib taqqoslash va tabiiy muhit, ijtimoiy munosabatlar va ijodiy faoliyat orqali real hayot masalalarini muhokama etish hamda muloqot muhitini va mustaqil fikr burchaklarini tashkil etish asosida aniqlash bo‘yicha tavsiyalar “Bolalarning  ijtimoiy  moslashuvi”  nomli  darslik mazmuniga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-iyundagi 03-33-1556-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tayyorlov yoshdagi bolalarning tanqidiy fikrlashga motivlari oshirilgan;
maktabgacha tayyorlov guruh bolalarida tanqidiy fikrlashni rivojlantirish metodikasi o‘yinli mashqlarni sabab-oqibat zanjiri, mulohaza devori integratsiyalashgan metodik muhitda interfaol vositalardan nutqiy, axloqiy va fikriy ko‘nikmalarini yoshga mos shakllantirish hamda keys-stadi, simulyasiyalar va refleksiya jarayonlarini shakllanganligi hayotiy voqealarga moslashtirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-iyundagi 03-33-1556-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tayyorlov yoshidagi bolalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini aniqlashtirish imkoni kengaytirilgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi bolalarida tanqidiy fikrlashni interaktiv muhit va izlanish atmosferasida shaxsiy fikrini debatli suhbatlar, ijodiy topshiriqlar va tezkor savol-javoblar orqali ifodalash hamda tanqidiy fikrlashni axloqiy me’yorlarga adaptiv moslashtirish va odobli tarzda fikr bildirish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli darslik mazmuniga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-iyundagi 03-33-1556-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tayorlov yoshidagi bolalarning tanqidiy fikrlash ko‘nimalarini shakllantirish modelini ishlab chiqish samaradorligi ortgan;
maktabgacha tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini tanqidiy fikrlashga o‘rgatish metodikasini samaradorligi axborotni idrok etish, ta’lim jarayoni modelini rejalashtirish, muloqotda sabab-oqibat zanjirini to‘g‘ri qurish, fikriy faollik va tanqidiy ongini uyg‘onishi hamda refleksiv mulohazada dinamik o‘zgarishlarning monitoringini yuritish asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga kiritilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 12-iyundagi 03-33-1556- son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha tayorlov yoshidagi bolalarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish