Asiljonova Shohsanam Doniyor qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri:  (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko’nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish, 13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8931. 
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti. 
Ilmiy rahbar: Nigmatov Asqar Nigmatullaevich, geografiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.01/2025.27.12.Ped.07.01.
Rasmiy opponentlar: Djamilova Nargiza Nuriddinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Akbarova Shahnoza Xikmatullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid nazariy konsepsiyalar komponentli-integrativ yondashuv asosida kengaytirilib, leksik-grammatik bilimlarni nutqiy-kommunikativ faoliyat, ijtimoiy-madaniy tajriba va kognitiv rivojlanish bilan uzviy bog‘liq holda shakllantirish mexanizmi aniqlashtirilgan. 
tarbiyalanuvchilarning ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari imprinting, imitasion va senzitiv omillarning o‘zaro integratsiyasi, nutqiy faoliyatning rivojlantiruvchi-motivasion, chamalangan-tadqiqot va bajaruvchilik fazalariga bosqichma-bosqich ustuvorlik berish asosida muloqotga kirishuvchanligi va til vositalaridan maqsadli foydalanish kompetensiyasi takomillashtirilgan.
tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish     modeli tarbiyalanuvchining dunyoqarashini kengaytiruvchi, madaniyatlararo tolerantlikni tarbiyalovchi ixtisoslashtirilgan ta'limiy resurslar hamda mashg‘ulotlarini ingliz tilida birgalikda olib borishga qaratilgan  CLIL yondashuvini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini samarali o‘rgatishda  muloqot qobiliyatini oshirishga, tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishga, so‘z birikmalarini nutqda qo‘llashga yo‘naltirilgan “Finger doll”, “Action Poems”, “Cheerful and lively songs”, “Zukkojon says”, “Fly swatter” texnologiyalarini o‘z ichiga olgan “Versatile” metodikasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish yuzasidan olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid nazariy konsepsiyalar komponentli-integrativ yondashuv asosida kengaytirilib, leksik-grammatik bilimlarni nutqiy-kommunikativ faoliyat, ijtimoiy-madaniy tajriba va kognitiv rivojlanish bilan uzviy bog‘liq holda shakllantirish mexanizmi takomillashtirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 23-dekabrdagi 03-33-3723-son ma’lumotnomasi). Natijada,  bolalarning psixik hamda fiziologik jihatlari xorijiy tillarni oson va engil o‘rganishga hamda bola o‘z tevarak atrofidagi narsa buyumlar, jihozlar, voqea- hodisalar, hayotiy ehtiyojlariga oid so‘zlarni bilishi, shu so‘zlarni xorijiy tilda ham eslab qolish hamda nutqda qo‘llay olishiga yordam bergan; 
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv faollashtirishga yo‘naltirilgan lingvopsixologik xususiyatlar(imprinting, immitatsion, motivatsion, senzetiv)ni inobatga olgan holda  nutq fazalari(uygʻotish-motivasiyali, chamalangan-tadqiqot fazasi, bajaruvchilik)ga  oid tavsiyalar “Methodology of teaching foreign languaGES with educational games” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 23-dekabrdagi 03-33-3723-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotchi pedagoglarning tajribasini oshirish, yangi zamonaviy metodikalardan xabardorligini oshirishi natijasida bolalarga ingliz tilini o‘rgatish bo‘yicha ta’limiy-o‘yinli faoliyatlar samaradorligi oshgan va tarbiyalanuvchilarning produktiv muloqot ko‘nikmalari oshishiga erishilgan;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining ingliz tilida produktiv muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayoni modeli bola dunyoqarashining kengayishiga, boshqa madaniyatlarga nisbatan hurmat va qiziqish uygʻotishga ixtisoslashtirilgan didaktik ( 2ta darslik, metodik qo‘llanma) ta’limiy resurslarni hamda tilni o‘rganish orqali boshqa fanlar mavzularini o‘rgatishga va tabiat, matematika, sanʼat mashgʻulotlarini ingliz tilida olib borishga qaratilgan CLIL yondashuvini integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar “Xorijiy tilni ta’limiy o‘yinlar yordamida o‘qitish metodikasi” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 23-dekabrdagi 03-33-3723-son ma’lumotnomasi). Natijada, interaktiv ta’lim metodlaridan foydalanish orqali maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari”da belgilangan “Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari” katta sohasining “Nutq va til” kichik sohasi indikatorlarini  shakllantirishga erishilgan;
maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilariga ingliz tilini samarali o‘rgatishda  muloqot qobiliyatini oshirishga, tabiiy dialog hosil bo‘lishiga, tinglab tushunish ko‘nikmalarini shakllantirishga, ifodali gapirishni ta’minlashga, so‘z birikmalarini nutqda qo‘llashga, eslab qolish qobiliyatini o‘stirishga va jismoniy faollik ortishiga yoʻnaltirilgan “Finger doll”, “Poems”, “Songs”, “Zukkojon says”, “Fly swatter” metodlarini o‘z ichiga olgan mualliflik “Versatile” metodikasiga oid tavsiyalar  “Productive English for kids” nomli  qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 23-dekabrdagi 03-33-3723-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyalanuvchilarning lugʻat boyligini oshirishi, ingiliz tilida monologik va dialogik nutqqa o‘rgatishi, bola xorijiy tilini o‘zlashtirish jarayonida gaplar mazmunini mustaqil tushunib, ushbu iboralarga o‘z reaksiyalarini bosqichma-bosqich  bildirish  asosida o‘zlashtirishiga xizmat qilgan. Shuningdek, doimiy va uzliksiz davom ettirilgan holda bolaning mustaqil holda gapirib ketishiga-muloqot jarayoniga kirishiga olib kelgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish