Esanalieva Nilufarxon Raxmonjon qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mavsumiy kesik konus sirtga ega quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqish”, 05.05.06 – “Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T603
Ilmiy rahbar: Ergashev Sirojiddin Fayazovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.19.01
Rasmiy opponentlar: Mamadalieva Lola Kamildjanovna, texnika fanlari doktori, professor.Qosimov Faxriddin Shodmonqulovich, texnika fanlari  bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy hodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi kesik konussimon sirtga ega sig‘imli va spiral quvurli quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqish va asosiy energetik ko‘rsatgichlarni tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuzasi 1 m² bo‘lgan va sutkasiga 110 litrgacha issiq suv olish imkonini beruvchi, sig‘imli kesik konussimon sirtga ega mavsumiy foydalanishga mo‘ljallangan quyosh suv isitish kollektorining konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
kesik konussimon absorberning radiuslari va balandligi nisbatlari hamda kollektorning o‘rnatish burchagini yoritilgan sirt maydoni, suv sig‘imi va issiqlik samaradorligi mezonlari bo‘yicha birgalikda baholashga asoslangan ko‘p mezonli geometrik maqbullashtirish usuli ishlab chiqilgan;
sig‘imli kesik konussimon quyosh suv isitgichida ichki yassi va tashqi spiralsimon quvurli deflektorlar hosil qiladigan yo‘naltirilgan tabiiy sirkulyasiyaning konvektiv issiqlik almashinuvi ko‘rsatkichlariga ta’sirining miqdoriy bog‘liqligi aniqlangan;
kesik konussimon sig‘imli quyosh suv isitgichida o‘tkazilgan sonli va eksperimental tadqiqotlar asosida suv oqimi tezligi 1–1.5×10−2  m/s bo‘lgan samarali ishlash rejimi aniqlanib, kun davomida 37 ∘C da 270 litr, 42∘C da 150 litr va 55 ∘C da 110 litrgacha issiq suv olish imkoniyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavsumiy kesik konus sirtga ega quyosh suv isitgichlarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan “Quyosh suv isitgich kollektori” (FAP 10207) Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialiga jamoat binosining issiqlik ta’minoti tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 4- sentyabrdagi 04-25-1563-son ma’lumotnomasi). Natijada, tizimda foydalanilayotgan elektr energiya sarfini 25-32 foizgacha tejash imkonini bergan; 
konussimon turdagi sig‘imli quyosh suv isitgich Rishton tumani “Roshidon Davroni” fermer xo‘jaligiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2025-yil 4-sentyabrdagi  04-25-1563-son ma’lumotnomasi).  Natijada, an’anaviy hamda noan’anaviy issiqlik ta’minoti tizimlari birgalikda foydalanish orqali uglevodorod yoqilg‘i sarfini 55-60 foizgacha kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish