Mamadiyorov Obid Tursunovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov beradigan qurolning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/T6242
Ilmiy rahbar: Chuyanov Dustmurod Shodmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat texnika universiteti, PhD.03/2025.27.12.T.17.03. 
Rasmiy opponentlar: Batirov Zafar Lutfullaevich texnika fanlari doktori, dotsent; Musurmonov Azzam Turdievich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqni tayyorlashda mehnat unumdorligini oshirish va energiyatejamkorlikni taʼminlaydigan qovurg‘ali disksimon ishchi organli seksiyalar bilan jihozlangan kultivatorni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qovurg‘ali disksimon ishchi organidan tashkil topgan kultivator seksiyasining konstruksiyasi kuzgi bug‘doy ekish oldidan  paxta dalalari g‘o‘za qator oralari tuprog‘ini talablar darajasida sifatli yumshatilishini taʼminlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
qovurg‘ali disksimon ishchi organi disklarining diametri, soni, ularning orasidagi ko‘ndalang masofa mavjud g‘o‘za qator oralari tuprog‘ini sifatli yumshatilishini taʼminlashini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
panja-ag‘dargich va o‘qyoysimon panja hamda qovurg‘ali disksimon ishchi organi orasidagi bo‘ylama masofa ularni tuproq bilan taʼsirlashish zonalari va qator oralig‘i tuprog‘ini sifatli yumshatilishini hisobga olgan holda asoslangan;
qovurg‘ali disksimon ishchi organ, panja-ag‘dargich va o‘qyoysimon panjalarning parametrlarini aniqlash imkonini beradigan analitik bog‘lanishlar tuproqning xususiyatlarini hisobga olingan holda keltirib chiqarilgan va ularning o’zgarish chegaralari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: G‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov beradigan kultivatorning panja-ag‘dargich, o‘qyoysimon panja va qovurg‘ali disksimon ishchi organlari parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov berishda texnologik jarayonlar bajarilishining sifat ko’rsatkichlarini baholashga dastlabki talablar va kultivatorning konstruksiyasini loyihalashga texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning 2025-yil 3-iyuldagi 05/04-04-346-sonli maʼlumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov beradigan qovurg‘ali disksimon ishchi organli kultivator konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan; 
g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov beradigan qovurg‘ali disksimon ishchi organli kultivator Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning 2025-yil 3-iyuldagi 05/04-04-346-sonli maʼlumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov berishda yonilg‘i sarfi  20,6 foizga foydalanishdagi xarajatlar 35,5 foizga kamaygan va mehnat unumdorligi esa 41,2 % ga oshgan;
g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqqa ishlov beradigan qovurg‘ali disksimon ishchi organli kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstrktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) “BMKB-Agromash” AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi” ning 2025 yil 3-iyuldagi 05/04-04-346-sonli maʼlumotnomasi). Natijada g‘o‘za qator oralariga kuzgi bug‘doy ekish uchun tuproqni tayyorlaydigan kultivatorning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish