Ashurov Bahtiyor Iskandarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “To‘plangan va taqsimlangan parametrli sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan tasodifiy parametrik tebranishlari” 01.02.01 – Nazariy mexanika, 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi ixtisosliklaridan (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.PhD/FM1455
Ilmiy rahbarlar: Dusmatov Olimjon Musurmonovich, fizika matematika fanlari doktori, professor; Xodjabekov Muradjon Usarovich, fizika matematika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM/T.16.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Akrom Burxanovich fizika-matematika fanlari doktori (DSc), professor; Mullajonov Rustamjon Voxobjonovich fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent;
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent kimyo - texnologiya instituti,
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tasodifiy parametrik qo‘zg‘alishlarda to‘plangan massali va taqsimlangan parametrli mexanik sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini matematik modelini ishlab chiqish dinamikasi, hamda ustuvorligini tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘plangan massali mexanik sistema va taqsimlangan parametrli sterjenlarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tasodifiy parametrik tebranishlarida materiallarning gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikalarini hisobga olgan holda statistik chiziqlilashtirish usulini qo‘llash natijasida matematik modellari olingan;
materiallardagi kuchlanish va deformatsiya o‘rtasidagi chiziqlimas bog‘lanishlar bo‘yicha statistik chiziqlilashtirish koeffisientlarini aniqlash asoslab berilgan va koeffisientlarning parametrlar bo‘yicha o‘zgarishi aniqlangan;
tebranishlardan himoyalanuvchi to‘plangan massali mexanik sistema va taqsimlangan massali sterjenlarning ko‘chishlarining o‘rta kvadratik qiymatlarini Ito usuli yordamida analitik ko‘rinishda aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan;
to‘plangan massali mexanik sistema va taqsimlangan parametrli sterjenlarning hamda ularni dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi ko‘ndalang tasodifiy parametrik tebranishlari ustuvorligik shartlarini aniqlash metodikalari ishlab chiqilgan;
tebranishlardan himoyalanuvchi to‘plangan massali mexanik sistema va taqsimlangan parametrli sterjenlarning tasodifiy parametrik tebranishlarini so‘ndirishda dinamik so‘ndirgichlarning effektivligi baholangan va konstruktiv parametrlarini tanlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. To‘plangan va taqsimlangan parametrli sistemalarning dinamik so‘ndirgichlar bilan tasodifiy parametrik tebranishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali to‘plangan massali mexanik sistema va qattiq jismli dinamik so‘ndirgichning birgalikdagi tasodifiy parametrik qo‘zg‘alishlaridagi chiziqlimas tebranishlarining matematik modeli va ustuvorlikni ta’minlash shartlarini aniqlash uslubiyatidan Samarqand viloyati transport boshqarmasi “Tramvay liniyalarini ekspluatatstya qilish direksryasi” davlat korxonasida transport vositalari qismlari harakatlarini matematik modellashtirishda va dinamikasini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 09.06.2025 yildagi № 4/6303 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tasodifiy parametrik ta’sirlardagi transport vositalari qismlarining ustuvor va noustuvor tebranishlarini sonli tahlil etishga, parametrlarning tanlanishiga qarab tebranish spektrining kengligini tavsiflovchi parametrning 4 martaga ortishi ko‘chishlarning o‘rtacha kvadratik qiymatlarini 4.6 martagacha kamaytirishiga erishilgan;
gisterezis tipidagi elastik dissipativ xarakteristikali sterjenlarning dinamik so‘ndirgich bilan birgalikdagi ko‘ndalang tebranishlarini ustuvorlik chegaralarini aniqlashning sonli algoritmidan hamda sterjenlarning dinamik so‘ndirgichlar bilan birgalikdagi chiziqlimas tebranishlarida tasodifiy parametrik qo‘zg‘alishlarda ko‘chishlarning o‘rtacha kvadratik qiymatlari ifodalarini analitik ko‘rinishda aniqlash metodikasidan Toshkent davlat transport universitetida davlat dasturlari doirasida 2024-2025 yillarda bajarilgan FL-7923051889-sonli “Cho‘yanlarning struktura hosil qilish va lokal deformatsiyalanishi jarayonlarini o‘rganish maqsadida yaxshilangan markalari hamda ularning fizik-mexanik tavsiflarini buzmasdan nazorat qilish usullari va vositalarini yaratish” xalqaro fundamental loyihasini bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat transport universitetining 08.01.2026 yildagi № 04-01/94 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, kompozit materialli konstruksiya elementlarining harakatini matematik modellashtirish, dinamikasi va ustuvorlik chegaralarini sonli tahlil etish imkoniyati yaratilgan.