Mirzoeva Gulzira To‘raqul qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik silindrik qobiqda erkin va nostatsionar to‘lqinlarning tarqalishi” 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.2.PhD/FM1149
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat texnika universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.03/2025.27.12.FM/T.16.02  raqamli ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ismayilov Kubaymurat, texnika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot nomi:  Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik silindrik qobiqlarda erkin va nostatsionar to‘lqinlar tarqalishi masalalarini echish metodikasi hamda algoritmini yaratish, olingan sonli natijalarni tahlil qilish hamda mavjud nazariyalarning ilmiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlik bilan to‘ldirilgan qovushqoq-elastik silindrsimon qobiqlarda erkin va nostatsionar to‘lqinlar tarqalishi masalalarining matematik qo‘yilishi, echish usullari va algoritmi materiallarning qovushqoq-elastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda, qobiq uchun momentli nazariya (Kirchhoff–Love va S.P. Timoshenko gipotezalari doirasida) asosida xususiy hosilali integro-differensial tenglamalar tizimiga asoslangan holda ishlab chiqilgan;
ko‘p qatlamli strukturaviy bir jinsli (yoki bir jinsli bo‘lmagan) silindrsimon qobiqlar uchun chastotaning oshkor bo‘lmagan funksiyasi ko‘rinishidagi maxsus funksiyalar orqali ifodalangan kompleks parametrli dispersiya yoki transcendent munosabatlarning geometrik va fizik-mexanik parametrlarga bog‘liq o‘zgarishi topilgan;
Ikki qatlamli silindrsimon jismga statsionar bo‘lmagan (nostatsionar) kuchlar ta’siridagi to‘lqin tarqalishi qonuniyatlari va dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holati elastiklik nazariyasining xususiy hosilali differensial tenglamasiga chekli ayirmalar usulini qo‘llash orqali aniqlangan; 
sonli natijalar asosida strukturaviy bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan qobiqlarda xos chastotalarning bir-biridan 5% gacha farq qilishi, so‘nish koeffisientlarining esa radikal o‘zgarishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ko‘p qatlamli qovushqoq-elastik silindrik qobiqlarda erkin va nostatsionar to‘lqinlarning tarqalishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
integro-differensial tenglamalarni echish metodikasidan hamda vaqtning sekin o‘zgaruvchi funksiyasi xususiyatini hisobga oluvchi "muzlatish" usulidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘ozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida bajarilgan № IL-21071166-sonli "Shamolning past tezligi uchun mo‘ljallangan vertikal oʻqli shamol turbinasini yaratish" mavzusidagi innovatsion loyihani bajarishda bosim taqsimoti va qanot atrofidagi oqim dinamikasini modellashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi M.T.O‘ozboev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi Institutining 2026 yil, 30-Apreldagi №541-3 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qanotlarning shakli va joylashuvini optimallashtirish hamda vertikal o‘qli shamol turbinalarini past tezlikdagi shamollar uchun moslashtirish imkonini bergan; 
portlash to‘lqinlari ta’sirida gruntli muhitning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini topish usullaridan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti bajarilgan "Muruntov kareri bortlarida portlash va seysmik ta’sirni kamaytirish bo‘yicha BPI (Burg‘ulash portlatish ishlari) parametrlarini o‘rganish va tavsiyalar ishlab chiqish" mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetining 2026 yil, 16- maydagi 1-04/2283- sonli ma’lumotnomasi). Natijada  "Muruntau" karerida portlatish to‘lqini parametrlarini aniqlashda nostatsionar to‘lqinlarning silindrik qobiqqa difraksiyasini hisobga olish imkoni yaratilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish