Umarova Dilfuza Azadbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri bazaliomalarini differensial tashxisoti va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Tib3549.
Ilmiy rahbar: Inoyatov Avaz Shavkatovich tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.26.01.
Rasmiy opponentlar: Xaitov Qahramon Najmitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamova Gulchehra Shuxratovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: bazaliomalarning klinik-morfologik xususiyatlarini proliferatsiya va angiogenez jarayonlarining laboratoriya hamda yuqori chastotali ul’tratovush tekshiruvi (YuChUTT) ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish orqali davolashga differensial yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bora bazaliomalarning turli klinik shakllarida morfologik variantlar, dermatoskopik qon tomir patternlari va Ki-67 indeksi bilan baholangan proliferativ faollik o‘rtasidagi kompleks o‘zaro bog‘liqliklar aniq va tizimli tarzda isbotlangan;
ilk bora bazaliomalarning gistologik va klinik turlariga xos dermatoskopik, dopplerografik hamda YuChUTT exosur’at belgilari aniqlandi, ularning proliferatsiya va apoptoz markerlari (Ki-67, p53) bilan statistik ahamiyatli korrelyasiyasi isbotlangan;
teri rezistentlik indeksi (RI) bazaliomalarda qon bilan ta’minlanish intensivligini aks ettiruvchi muhim diagnostik marker ekanligi ilmiy jihatdan asoslandi, shuningdek uning turli morfologik tiplarda proliferativ faollik darajasi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
imikvimod va PDL-lazer bilan kompleks terapiya usulining yuqori klinik samaradorligi, erta va uzoq muddatli davrlarda barqaror estetik natijalar berishi hamda 12 oylik kuzatuvdan so‘ng bazalioma residivlarining kamayishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bazalioma kasalligi xususiyatlarini YuChUTT va immunogistoximik tadqiqotlar orqali o‘rganish hamda patogenetik jihatdan asoslangan davolash usullarini takomillashtirish natijalari asosida “Teri bazaliomasini zamonaviy davolash usuli” nomli uslubiy tavsiya tasdiqlandi (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025 yil 17 dekabrdagi 31/14-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: tadqiqotda turli klinik shakllardagi bazaliomalarda morfologik tiplar, qon tomir patternlari va Ki-67 indeksi orqali baholangan proliferatsiya intensivligi o‘rtasidagi o‘ziga xos bog‘liqliklar ilk marta isbotlandi. Shuningdek, quyidagilar aniqlandi: bazalioma yuza shakli – 100% holatda morfologik jihatdan yuza tipda bo‘lib, qon tomir patterni tarqoq turda; bazalioma tugunli shakli – 63% holatda solid tipda, 37% holatda adenoidli (bezli) tipda bo‘lgan, qon tomir patterni klaster va tarqoq turda; bazalioma yarali shakli – 100% holatda murakkab tuzilishda bo‘lib, qon tomir patterni klaster, asosan teleangiektaziyalar bilan; bazalioma pigmentli shakl – 33% holatda yuza, 67% holatda murakkab tuzilishda bo‘lib, qon tomir patterni tarqoq, asosan ko‘k–yashil globular va pigmentatsiya uchradi. Olingan natijalar amaliyotga joriy etildi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialida – 2025 yil 9 iyul, buyruq №46; Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Javohir Medikal” ko‘p tarmoqli klinikada – 2025 yil 8 iyul, buyruq №2-I. Ijtimoiy samaradorligi: qon tomir patternlarining uchrash xavfining yuqoriligi ilmiy jihatdan isbotlanishi mutaxassislarga kasallikni erta aniqlashda aniq diagnostik mezonlardan foydalanish imkonini beradi hamda bazalioma bilan kasallangan bemorlarga samarali va patogenetik asoslangan davolash usulini belgilashga yordam bergan. Iqtisodiy samaradorligi: qon tomir patternlarining tez-tez uchrashi isbotlanganligi bir bemorga to‘g‘ri keladigan 245500 so‘mlik qo‘shimcha tekshiruv xarajatlarini tejash imkonini bergan. Shuningdek, 68 nafar bemorda kasallik tashxisi davomida ortiqcha invaziv tekshiruvlar kamaytirilganligi hisobiga jami 16694000 so‘m tejalgan. Xulosa: Bazaliomaning turli klinik shakllarida morfologik tiplar, qon tomir patternlari va Ki-67 indeksi orqali baholangan proliferatsiya intensivligining o‘ziga xos xususiyatlari isbotlanishi, bazaliomada qon-tomir patternlarining diagnostik ahamiyati asoslab berilgan.
ikkinchi ilmiy yangilik: turli gistologik va klinik shakllardagi bazaliomalarda dermatoskopik va dopplerografik qon tomir patternlari, shuningdek YuChUTT ning xarakterli belgilari aniqlanib, ularning proliferatsiya va apoptoz markerlari – Ki-67 va p53 bilan o‘zaro korrelyasiyasi isbotlangan. Ushbu ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilgan: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialida – 2025 yil 9 iyul, buyruq №46; Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Javohir Medikal” ko‘p tarmoqli klinikada – 2025 yil 8 iyul, buyruq №2-I. Ijtimoiy samaradorligi: turli gistologik va klinik shakllardagi bazaliomalarda dermatoskopik va dopplerografik qon tomir patternlari, shuningdek YuChUTT ning xarakterli belgilari aniqlanganligining isbotlanishi dermatolog mutaxassislarga kasallikning erta tashxisida maxsus UTT- diagnostik mezonlardan samarali foydalanish, shuningdek bazalioma bilan og‘rigan bemorlarga patogenetik jihatdan asoslangan samarali davolash usulini belgilash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: turli gistologik va klinik shakllardagi bazaliomalar uchun dermatoskopik va dopplerografik qon tomir patternlari, shuningdek YuChUTT ning xarakterli belgilari aniqlanganligi tasdiqlanishi kasallikning tashxis qo‘yish muddatlarini qisqartirishga hamda barvaqt samarali patogenetik davolashni boshlashga imkoniyat yaratadi. RID va KIATM narxnomasiga ko‘ra, erta tashxis va davolash taktikasini belgilash orqali 68 nafar bemorda 114480000 so‘m mablag‘ni tejash imkoni yaratilgan. Xulosa: Turli gistologik va klinik shakllardagi bazaliomalar uchun dermatoskopik va dopplerografik qon tomir patternlari hamda YuChUTTning xarakterli belgilari aniqlanganligi bir bemor hisobiga 120000 so‘m byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: teri qon tomirlarining rezistentlik indeksi (RI) bazaliomalarda o‘simta qon bilan ta’minlanishining intensivligini hamda uning turli morfologik tiplardagi proliferativ faollik bilan bog‘liqligini aniqlashda ishonchli diagnostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlandi. Ushbu ilmiy natija Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialida – 2025 yil 9 iyul, buyruq №46; Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Javohir Medikal” ko‘p tarmoqli klinikada – 2025 yil 8 iyul, buyruq №2-I joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: bazaliomalarda teri qon tomirlarining rezistentlik indeksi (RI) o‘simtaning qon bilan ta’minlanish intensivligi va turli morfologik tiplardagi proliferativ faollik bilan bog‘liqligining ishonchli diagnostik ahamiyatga ega ekanligining isbotlanishi dermatolog mutaxassislarga kasallikning erta bosqichida YuChUTT dopplerografik maxsus mezonlardan foydalangan holda neoangiogenezni aniqlash va oldindan aytib berish imkonini beradi. Bu esa bazalioma bilan og‘rigan bemorlarga PDL-lazerdan foydalangan holda patogenetik jihatdan asoslangan samarali davolash usulini belgilash imkoniyatlarini kengaytiradi. Iqtisodiy samaradorligi: bazaliomalarda rezistentlik indeksining diagnostik ahamiyati isbotlanganligi kasallikni tashxislash muddatlarini qisqartirishga va barvaqt samarali patogenetik davolashni boshlashga xizmat qiladi. RID va KIATM narxnomasiga ko‘ra, bemorning klinikada bir sutka bo‘lish qiymati o‘rtacha 120000 so‘mni tashkil etadi. Erta tashxis va davolash taktikasini belgilash orqali 68 nafar bemorda 114480000 so‘m mablag‘ tejalgan. Xulosa: Bazaliomalarda neoangiogenezni erta aniqlash maqsadida tegishli yuqori chastotali ul`tratovush tekshiruvini o‘tkazish samarali davolashni ta’minlab, bazalioma residivlar sonini kamaytirishga asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bazaliomalarni imikvimod va PDL-lazer bilan kombinatsiyasi asosida davolash usulining klinik samaradorligi va yaxshi estetik natija berishi, bu usulning erta va uzoq muddatlarda barqaror samara ko‘rsatishi, shuningdek 12 oylik kuzatuv davomida bazalioma residivlari chastotasining kamayishi ilmiy jihatdan isbotlandi. Ushbu ilmiy yangilik amaliyotga quyidagi muassasalarda joriy etildi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Buxoro viloyati filialida – 2025 yil 9 iyul, buyruq №46; Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahridagi “Javohir Medikal” ko‘p tarmoqli klinikada – 2025 yil 8 iyul, buyruq №2-I. Ijtimoiy samaradorligi: klinik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, bazaliomalarni imikvimod va PDL - lazer yordamida davolashning yangi usuli dermatologik amaliyotda qo‘llash uchun maqbul hisoblanadi. Ushbu usul imikvimodga xos bo‘lgan nojo‘ya ta’sirlarning kuzatilmasligi, shuningdek yaqin va uzoq muddatli klinik hamda estetik natijalarning yaxshilanishi bilan ajralib turadi. Bu esa bazalioma turli shakllarida prognozni yaxshilashga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotda qo‘llangan terapiya usuli bemorlarni davolash samaradorligini 72,8%ga oshirdi. Shundan kelib chiqib, bemorlarning davolanish uchun qilgan xarajatlari 1,74 barobarga kamaydi. Xulosa: Bemorlarni taklif qilgan usul bilan davolash xavfsiz va samarali bo‘lib, klinik-estetik natijalarni yaxshilash bilan birga umumiy davolash xarajatlarini kamaytirishga asoslangan.