Subxanova Zarina Suxrob qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gastroezofageal reflyuks kasalligi va nafas a’zolari kasalliklari o‘rtasidagi bog‘liqlik: umumiy patogenetik mexanizmlar va ularni tuzatish”14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Tib5409.
Ilmiy rahbar: Raimkulova Narina Robertovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turg‘unpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiet universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: klinik va funksional ma’lumotlar asosida gastroezofageal reflyuks kasalligi hamda surunkali respirator kasalliklarning o‘zaro ta’siri xususiyatini baholash, ularning umumiy patogenetik bo‘g‘inlarini aniqlash va bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan kompleks korreksiyaning samaradorligini belgilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gastroezofageal reflyuks kasalligining yaqqollik darajasi bronxial astma nazoratining yomonlashishi, bemorlar hayot sifati pasayishi hamda o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi klinik kechishining og‘irlashishi bilan bog‘liq mustaqil omil ekanligi isbotlangan;
o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining gastroezofageal reflyuks bilan bog‘liq klinik fenotipi mavjudligi isbotlangan;
surunkali respirator kasalliklarga chalingan bemorlarda qizilo‘ngachdan tashqari gastroezofageal reflyuksning biomarkeri sifatida so‘lakdagi pepsinni aniqlash yuqori diagnostik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan;
klinik-funksional, diagnostik va prognostik ko‘rsatkichlar asosida gastroezofageal reflyuks kasalligi hamda surunkali respirator kasalliklar (o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi va/yoki bronxial astma) birga kechadigan bemorlarda xavfni stratifikatsiya qilish va ularni kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gastroezofageal reflyuks kasalligi va surunkali respirator kasalliklar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: gastroezofageal reflyuks kasalligining yaqqollik darajasi bronxial astma nazoratining yomonlashishi, bemorlar hayot sifatining pasayishi va o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi klinik kechishining og‘irlashishi bilan bog‘liq mustaqil omil ekanligi isbotlanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi 27.03.2026 yildagi 811-10-135-TB/2026-sonli va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi 06.03.2026 yildagi 565-10-136-TB/2026-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 10/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: reflyuks holati korreksiyalanishi natijasida respirator kasalliklar xurujlari sonining kamayishi, bemorlarning davo muolajalariga qat’iy rioya qilishga intilishining ortishi, hayot sifatining yaxshilanish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: shifoxonaga yotqizish va shoshilinch murojaatlar sonining qisqarishi, bir bemorni davolash xarajatlarining o‘rtacha 6–8 mln so‘mga kamayishi imkonini bergan. Xulosa: o‘pka surunkali obstruktiv kasalligi va bronxial astma bilan og‘rigan bemorlarni kuzatish dasturiga gastroezofageal reflyuks kasalligini muntazam monitoring qilish davolash samarasini oshirishga va sog‘liqni saqlash tizimiga tushadigan yuklamani kamaytirishga imkon beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligining gastroezofageal reflyuks bilan bog‘liq klinik fenotipi mavjudligi isbotlanganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi 27.03.2026 yildagi 811-10-135-TB/2026-sonli va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi 06.03.2026 yildagi 565-10-136-TB/2026-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 10/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: qon tomirlari reaktivligi va yallig‘lanish markerlarini baholash usullarining qo‘llanilishi kasallikning noxush kechadigan shakllarini ertaroq aniqlashga o‘tish hamda terapiya samaradorligini oshirish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: kasallikning og‘ir kechish holatlari va qimmatbaho shifoxona yordami soni kamaytirildi (har bir bemor hisobidan 10 million so‘mgacha mablag‘ tejaldi). Xulosa: GERK va respirator patologiya birga kechganda yo‘ldosh buzilishlarni prognozlash va korreksiyalash uchun yallig‘lanish markerlari hamda qon tomirlari faoliyati monitoringini olib borish zarur.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali respirator kasalliklari bor bemorlarda qizilo‘ngachdan tashqari gastroezofageal reflyuksning biomarkeri sifatida so‘lakdagi pepsinni aniqlashning yuqori diagnostik axborotga egaligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi 27.03.2026 yildagi 811-10-135-TB/2026-sonli va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi 06.03.2026 yildagi 565-10-136-TB/2026-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 10/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: davolashni takomillashtirishni talab etadigan kasallik shakllari diagnostikasi aniqligi oshirildi. Iqtisodiy samaradorligi: davolash sxemalarining optimallashtirilishi takroriy murojaatlar va shifoxonaga yotqizish xarajatlarini 15–20 %ga kamaytirish imkonini berdi. Xulosa: diagnostika rejasiga so‘lakdagi pepsinni aniqlash usulini kiritish kasallik ustidan nazoratni yaxshilagan holda, davolash sxemalarini maqsadli tanlashga imkon yaratadi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: Aniqlangan klinik-funksional, diagnostik va prognostik qonuniyatlar asosida gastroezofageal reflyuks kasalligi hamda surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi/bronxial astma birga kechadigan bemorlarda xavflarni stratifikatsiyalash va ularni kompleks korreksiya qilish algoritmi ishlab chiqilganligi Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi Bekobod tuman tibbiyot birlashmasi 27.03.2026 yildagi 811-10-135-TB/2026-sonli va Toshkent viloyati Bo‘stonliq tuman tibbiyot birlashmasi 06.03.2026 yildagi 565-10-136-TB/2026-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 10-iyundagi 10/01- sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kasalliklarning kechishini barqarorlashtirish, reflyuks va nafas olish buzilishlari belgilarining yaqqolligini pasaytirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: qimmatbaho terapiyaga ehtiyojning kamayishi va kasallik xurujlari sonining qisqarishi har bir bemor hisobiga 7–9 million so‘mgacha mablag‘ tejash imkonini berdi. Xulosa: gastroezofageal reflyuks kasalligi va surunkali obstruktiv o‘pka kasalligi/bronxial astma bilan og‘rigan komorbid bemorlarning davolash sxemalariga prokinetik itopridni kiritish funksional va yallig‘lanish ko‘rsatkichlarini yaxshilab, klinik va iqtisodiy jihatdan sezilarli samaradorlikni ta’minlaydi.