Zaxidova Mamura Umidjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilador ayollarda siydik tizimining funksional buzilishlarini oldini olish va klinik-epidemiologik jihatidan o‘rganish usullari», 14.00.43 – Profilaktik tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib3451.
Ilmiy rahbar: Mamasoliev Ne’matjon Solievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat tibbiyot instituti, DSc.06/2025.27.12.Tib.02.02.
Rasmiy opponentlar: Tulabaeva Gavxar Mirakbarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shokirova Sadoqat Muxammadsolievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilador ayollarda surunkali buyrak kasalliklari va ekstragenital patologiyaning homiladorlik kechishiga ta’sirini, ambulatoriya bosqichida chaqaloqlar holatini baholash hamda profilaktik chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor buyrak patologiyasining turli shakllari (asoratlanmagan qaytalanadigan pielonefrit va gestatsion pielonefrit, simptomsiz bakteriuriya) tarqalishi va ularning akusherlik asoratlari chastotasi, perinatal o‘lim va homila gipotrofiyasiga ta’siri aniqlangan;
homilador ayollarda siydik ajratish tizimi yuqumli kasalliklarining klinik kechish xususiyatlari aniqlangan, kasallikning klinik ko‘rinishiga qarab aspartataminotransferaza faolligining alaninaminotransferazaga nisbatan ustunligi aniqlangan;
homiladorlik xavfi bo‘lgan homilador ayollarda anabolik va katabolik jarayonlarning nomutanosibligi hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi (umumiy oqsil darajasi, umumiy bilirubin, aminokislotalar katabolizmi fermentlarining faolligi) o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida siydik ajratish tizimining yuqumli kasalliklari bilan kasallangan homilador ayollarni boshqarishning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Homilador ayollarda siydik tizimining funksional buzilishlarini oldini olish va klinik-epidemiologik jihatidan o‘rganish usullari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor buyrak patologiyasining turli shakllari (asoratlanmagan qaytalanadigan pielonefrit va gestatsion pielonefrit, simptomsiz bakteriuriya) tarqalishi va ularning akusherlik asoratlari chastotasi, perinatal o‘lim va homila gipotrofiyasiga ta’siri aniqlangan. Bu takliflar Toshkent shaxar Olmazor tumani 15-son olilaviy poliklinikasi (12.02.2025 y. 89-14-197-son buyrug‘i) va Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatlik markazi (14.02.2025 y. 27-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: siydik ajratish tizimining yuqumli kasalliklari bilan og‘rigan ayollarda homiladorlikni to‘xtatish xavfini erta aniqlash uchun diagnostika mezonlari ishlab chiqilgan va klinik amaliyotga joriy etilgan bo‘lib, bu profilaktika va davolash choralarini o‘z vaqtida tayinlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: homilador ayollarda buyrak kasalliklarini erta aniqlash va oldini olishning yuqori iqtisodiy samaradorligini tasdiqlaydi. Bunday yondashuv asoratlarni davolash xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirish, sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani engillashtirish hamda ona va bola salomatligi uchun prognozlarni yaxshilash imkonini beradi. Xulosa: homilador ayollarda buyrak kasalliklari (pielonefrit, simptomsiz bakteriuriya) 57,1% hollarda aniqlandi, bu homiladorlik asoratlari, jumladan homila tushish xavfi (36%) va muddatdan oldingi tug‘ruq (21,2%) xavfini oshiradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: homilador ayollarda siydik ajratish tizimi yuqumli kasalliklarining klinik kechish xususiyatlari aniqlangan, kasallikning klinik ko‘rinishiga qarab aspartataminotransferaza faolligining alaninaminotransferazaga nisbatan ustunligi aniqlangan. Bu takliflar Toshkent shaxar Olmazor tumani 15-son olilaviy poliklinikasi (12.02.2025 y. 89-14-197-son buyrug‘i) va Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatlik markazi (14.02.2025 y. 27-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak kasalliklari bo‘lgan homilador ayollarni kuzatishda erta laboratoriya monitoringi, davolashni dinamik korreksiyalash va homila holatini kuchli nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak disfunksiyasini erta aniqlash va homilador ayollar holatini muntazam nazorat qilish sog‘liqni saqlash tizimiga tushayotgan yuklamani kamaytirishga va homiladorlik hamda tug‘ruq ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilashga yordam beradi. Xulosa: buyrak patologiyasi bo‘lgan homilador ayollarning 65,1% da proteinuriya aniqlandi va III trimestrda bilirubin, AL`T, AST va umumiy oqsil darajasi sezilarli darajada oshdi. Korrelyasion tahlil biokimyoviy ko‘rsatkichlar va asoratlar xavfi o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligini (r < 0,05) ko‘rsatdi.
uchinchi ilmiy yangilik: homiladorlik xavfi bo‘lgan homilador ayollarda anabolik va katabolik jarayonlarning nomutanosibligi hamda biokimyoviy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi (umumiy oqsil darajasi, umumiy bilirubin, aminokislotalar katabolizmi fermentlarining faolligi) o‘rtasidagi bog‘liqlik aniqlangan. Bu takliflar Toshkent shaxar Olmazor tumani 15-son olilaviy poliklinikasi (12.02.2025 y. 89-14-197-son buyrug‘i) va Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatlik markazi (14.02.2025 y. 27-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak disfunksiyasi darajasi va homiladorlik asoratlarining rivojlanish xavfi (muddatidan oldin tug‘ish, homila tushish xavfi, kamqonlik) o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: buyrak patologiyalarini o‘z vaqtida aniqlash va davolash tufayli shifoxonaga yotqizish, intensiv terapiya va shoshilinch yordam xarajatlarini kamaytirish imkoni yaratiladi. Xulosa: perinatal o‘lim asosiy guruhda 3,3% ni, nazorat guruhida esa 1,2% ni tashkil etdi (r<0,05). Buyrak kasalliklari bo‘lgan ayollarda homilaning og‘ir gipotrofiyasi chastotasi 31% ga etdi, bu patologiyasiz guruhga (11,4%) nisbatan 2,7 baravar yuqori ko‘rsatkichdir.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini darajasida siydik ajratish tizimining yuqumli kasalliklari bilan kasallangan homilador ayollarni boshqarishning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan. Bu takliflar Toshkent shaxar Olmazor tumani 15-son olilaviy poliklinikasi (12.02.2025 y. 89-14-197-son buyrug‘i) va Sirdaryo viloyati ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatlik markazi (14.02.2025 y. 27-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 10.06.2025 y. 19/50-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: homilador ayollarda siydik ajratish tizimining yuqumli kasalliklari anomal tug‘ruq faoliyati, muddatidan oldin tug‘ruq xavfi va jarrohlik yo‘li bilan tug‘dirish zaruriyatini oshirishi tasdiqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: kasalliklar va nogironlikni kamaytirishga xizmat qiluvchi profilaktik mexanizmlar orqali dori xarajatlari va iqtisodiy yo‘qotishlarni byudjet mablag‘larini 30%ga kamaytirish imkonini beradi. Xulosa: erta tashxis qo‘yish, laboratoriya ko‘rsatkichlarini nazorat qilish, ovqatlanishni tartibga solish va davolashga rioya qilishni oshirishdan iborat bo‘lgan profilaktik choralar va ambulator kuzatuv strategiyalari ishlab chiqildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish