Jumanazarov Sultanboy Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Surunkali glomerulonefrit rivojlanishining kliniko-patogenetik va genetik jixatlarining prognostik ahamiyati” 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.4.PhD/Tib2226.
Ilmiy rahbar: Tursunova Laylo Dilshatovna, tibbiyot fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Toshkent davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12 Tib.01.02.
Rasmiy opponentlar: Sobirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailova Jadida Axmedjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali glomerulonefrit rivojlanishida kliniko-patogenetik omillar hamda genlar polimorfizmi assotsiasiyasining ahamiyatini kompleks tahlil natijalari asosida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda ACE (I/D), IL4 (C-589T) va TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlarining xavfli allellari va genotiplari (ACE – D alleli va DD genotipi; IL4 – T alleli va TT genotipi; TNF-α – A alleli va GA genotipi) aniqlanib, ularning surunkali glomerulonefrit rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (OR=1,52–2,22; r<0,05) asoslangan;
ACE (I/D), IL4 (C-589T) va TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlarining laborator-asbobiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, ACE polimorfizmining buyrak ichi gemodinamikasi (Vmax va Vmin), IL4 polimorfizmining proteinuriya va gipoal`buminemiya, TNF-α polimorfizmining esa kreatinin, sistatin S hamda hisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi bilan statistik ahamiyatli assotsiatsiyasi asoslangan;
surunkali glomerulonefritning nefrotik va aralash shakllarida buyrak tomirlari rezistentlik va pulsatsion indeksi, arterial qon bosimi sirkad ritmi va chap qorincha miokardi massasi indeksi o‘rtasida kuchli statistik jihatdan ishonchli korrelyasiya (r<0,01) asoslangan;
ACE (I/D), IL4 (C-589T), TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlari va laborator-asbobiy ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida surunkali glomerulonefrit rivojlanishi va progressiyasini erta bashorat qilishga mo‘ljallangan informatsion genetik markerlarning diagnostik algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Toshkent davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2023-yil 23-noyabirdagi 11-23/176-t sonli ma’lumotnomasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali glomerulonefrit bilan kasallangan bemorlarda ACE (I/D), IL4 (C-589T) va TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlarining xavfli allellari va genotiplari (ACE – D alleli va DD genotipi; IL4 – T alleli va TT genotipi; TNF-α – A alleli va GA genotipi) aniqlanib, ularning surunkali glomerulonefrit rivojlanish xavfi bilan statistik jihatdan ishonchli bog‘liqligi (OR=1,52–2,22; r<0,05) asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 15-mart 2024-yil №54-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatika shifoxonasiga 05-mart 2024-yil №01-39-sonli buyruq bilan hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga 22-yanvar 2026-yil 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 28-martdagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali glomerulonefritga genetik moyilligi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash imkonini berib, xavf guruhlarini shakllantirish, profilaktik kuzatuvni o‘z vaqtida tashkil etish hamda buyrak funksiyasining erta buzilishini oldini olishga xizmat qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: genetik xavf omillarini erta baholash yuqori xavfli bemorlarda diagnostik va davolash choralarini maqsadli tashkil etish orqali ortiqcha tekshiruvlar va statsionar davolanish xarajatlarini qisqartirish imkonini beradi. Xulosa: ACE (I/D), IL4 (C-589T) va TNF-α (G-308A) genlarining xavfli allel va genotiplarini aniqlash surunkali glomerulonefrit rivojlanishini erta bashorat qilish hamda xavf guruhlarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
ikkinchi ilmiy yangilik: ACE (I/D), IL4 (C-589T) va TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlarining laborator-asbobiy ko‘rsatkichlar bilan o‘zaro bog‘liqligi aniqlanib, ACE polimorfizmining buyrak ichi gemodinamikasi (Vmax va Vmin), IL4 polimorfizmining proteinuriya va gipoal`buminemiya, TNF-α polimorfizmining esa kreatinin, sistatin S hamda hisoblangan koptokchalar fil`tratsiyasi tezligi bilan statistik ahamiyatli assotsiatsiyasi asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 15-mart 2024-yil №54-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatika shifoxonasiga 05-mart 2024-yil №01-39-sonli buyruq bilan hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga 22-yanvar 2026-yil 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 28-martdagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: genetik polimorfizmlarning klinik-patogenetik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liqligini baholash kasallik kechishini individual bashorat qilish, og‘ir kechishi ehtimoli yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash va shaxsiylashtirilgan davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorning genetik xususiyatlarini hisobga olgan holda diagnostik va davolash tadbirlarini rejalashtirish samarasiz tekshiruvlar sonini hamda davolash xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: ACE, IL4 va TNF-α genlari polimorfizmlarining klinik-patogenetik ko‘rsatkichlar bilan assotsiatsiyasini baholash surunkali glomerulonefrit kechishini bashorat qilish hamda individual yondashuvni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali glomerulonefritning nefrotik va aralash shakllarida buyrak tomirlari rezistentlik va pulsatsion indeksi, arterial qon bosimi sirkad ritmi va chap qorincha miokardi massasi indeksi o‘rtasida kuchli statistik jihatdan ishonchli korrelyasiya (r<0,01) asoslanganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 15-mart 2024-yil №54-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatika shifoxonasiga 05-mart 2024-yil №01-39-sonli buyruq bilan hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga 22-yanvar 2026-yil 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 28-martdagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: buyrak ichi gemodinamikasi, markaziy gemodinamika va sutkalik arterial bosim monitoringi ko‘rsatkichlarini kompleks baholash buyrak hamda yurak-qon tomir tizimidagi funksional buzilishlarni erta aniqlash, yuqori xavfli bemorlarni muntazam nazoratga olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: gemodinamik buzilishlarni erta aniqlash asoratlarning oldini olishga qaratilgan maqsadli davolash choralarini o‘z vaqtida boshlash imkonini berib, takroriy gospitalizatsiyalar va davolash xarajatlarini kamaytiradi. Xulosa: buyrak ichi va markaziy gemodinamika ko‘rsatkichlarini kompleks baholash surunkali glomerulonefrit progressiyasini baholash hamda bemorlarni dinamik kuzatish samaradorligini oshiradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: ACE (I/D), IL4 (C-589T), TNF-α (G-308A) genlari polimorfizmlari va laborator-asbobiy ko‘rsatkichlarni kompleks baholash asosida surunkali glomerulonefrit rivojlanishi va progressiyasini erta bashorat qilishga mo‘ljallangan informatsion genetik markerlarning diagnostik algoritmi ishlab chiqilganligi Toshkent davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasiga 15-mart 2024-yil №54-sonli buyruq bilan, Toshkent viloyati ixtisoslashgan somatika shifoxonasiga 05-mart 2024-yil №01-39-sonli buyruq bilan hamda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi ko‘p tarmoqli klinikasiga 22-yanvar 2026-yil 32-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengashning 2026-yil 28-martdagi 05/11-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: kliniko-genetik diagnostik algoritmdan foydalanish xavf darajasi yuqori bo‘lgan bemorlarni erta aniqlash, ularni maqsadli dispanser kuzatuviga olish va davolash taktikasini shaxsiylashtirish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: xavf darajasiga asoslangan diagnostik algoritm diagnostik va davolash tadbirlarini ratsional rejalashtirish orqali sog‘liqni saqlash tizimi xarajatlarini qisqartirishga xizmat qiladi. Xulosa: kliniko-genetik diagnostik algoritmni amaliyotga joriy etish surunkali glomerulonefritni erta bashorat qilish, kasallik progressiyasini sekinlashtirish va tibbiy yordam samaradorligini oshirish imkonini beradi.