Musurmonkulova Oysuluv Yulbekovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lateral-kreativ yondashuv asosida o‘quvchilarning adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish (5–9-sinflar misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Ped7093.
Ilmiy rahbar: pedagogika fanlari doktori, dotsent  Kambarova Saodat Irkinovna.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/2025.27.12.Fil.41.01 (bir martalik kengash). 
Rasmiy opponentlar: Qodirov Valijon Abdurahmonovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Baltaeva Onadjan Tojiboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: lateral-kreativ yondashuv asosida o‘quvchilarning adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmini  ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
5–9-sinf o‘quvchilari adabiy tahlil kompetensiyasini lateral-kreativ yondashuv asosida shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari maqsad, jarayon, natijaga qaratilgan nostandart fikrlash, analitik tafakkur, kognitiv qobiliyat, kreativ idrok, emotsional-estetik va refleksiv tahlilning boshqa nuqtayi nazarlar bilan bog‘liqligi asosida aniqlashtirilgan; 
lateral-kreativ yondashuv asosida 5–9-sinf o‘quvchilari adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti badiiy asar bilan ishlashda o‘ziga xos yoʻllarini ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko‘nikmalari rivojiga bog‘liq shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik texnologiyalarining tizimli, kognitiv, kommunikativ komponentlarini amaliy faoliyatga qaratilgan konstruktiv vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
5–9-sinf o‘quvchilarining adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi adabiy hodisalarning sabab-oqibatlarini taxmin qilish, bashoratlash,  tushunish, idrok etish; yangi g‘oyalarga impulslar berish, nuqtayi nazarlarni aniqlash, ular o‘rtasidagi assotsiatsiyani vujudga keltirish; matnni qayta ishlash, muqobilini yaratish, nostandart echimlarni topish kabi bosqichlarining ketma-ketligini belgilash asosida ishlab chiqilgan;
lateral-kreativ yondashuv asosida 5–9-sinf o‘quvchilarining adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish metodikasi kontekstdagi mohiyatni aniqlash, gipotezani tekshirish, sabab-oqibatni baholash, hukmni kechiktirishga doir “Sabab- oqibat texnologiyasi”, “Sinektika”, “Wark”, “SCAMPER”, “Labirint”, “Tasodifiy so‘z”, “Kechiktirilgan taxmin”, “Yosh lider”, “Yon tomon” “Xato qildim”, “Muvozanat spirali” kabi texnologiya, metod va usullarni matn ustida ishlash jarayoniga faol kiritish, moslashtirish, modellashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Lateral-kreativ yondashuv asosida 5–9-sinf o‘quvchilarning adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
5–9-sinf o‘quvchilari adabiy tahlil kompetensiyasini lateral-kreativ yondashuv asosida shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari maqsad, jarayon, natijaga qaratilgan nostandart fikrlash, analitik tafakkur, kognitiv qobiliyat, kreativ idrok, emotsional-estetik va refleksiv tahlilning boshqa nuqtayi nazarlar bilan bog‘liqligi asosida aniqlashtirishga doir takliflardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023–2024-yillarda bajarilgan AL-662205561 raqamli “Alisher Navoiy mualliflik korpusini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-dekabrdagi 04/1-6117-son ma’lumotnomasi). Natijada badiiy asar matni ustida ishlash orqali o‘quvchilarning analitik fikrlash, lateral fikrlash muammoni turli tomondan tahlil qila olish, kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligi ortgan;
lateral-kreativ yondashuv asosida 5–9-sinf o‘quvchilari adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirishning metodik ta’minoti badiiy asar bilan ishlashning o‘ziga xos yoʻllarini ijodkorlik, tashabbuskorlik, yaratuvchanlik ko‘nikmalari rivojiga bog‘liq shaxsga yo‘naltirilgan, hamkorlik texnologiyalarining tizimli, kognitiv, kommunikativ komponentlarini amaliy faoliyatga qaratilgan konstruktiv vositalar bilan uyg‘unlashtirish asosidagi xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2023–2024-yillarda bajarilgan RZ-202004165-raqamli “Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma nutqiy kompetensiyalarni rivojlantiruvchi elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 19-dekabrdagi 04/1-6116-son ma’lumotnomasi). Natijada shaxsga yo‘naltirilgan va hamkorlik texnologiyalarining ijodiy komponentlari vositasida adabiy tahlil kompetensiyasining lateral, sanogen fikrlash kabi yangi darajalari yuzaga kelgan;
5–9-sinf o‘quvchilarining adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish mexanizmi adabiy hodisalarning sabab-oqibatlarini taxmin qilish, bashoratlash,  tushunish, idrok etish; yangi g‘oyalarga impulslar berish, nuqtayi nazarlarni aniqlash, ular o‘rtasidagi assotsiatsiyani vujudga keltirish; matnni qayta ishlash, muqobilini yaratish, nostandrat echimlarni topish kabi bosqichlarining ketma-ketligini belgilashga doir xulosalardan adabiyot o‘quv fanidan o‘qituvchi kitoblari yaratishda foydalanilgan (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Resrublika Ta’lim markazining 2025-yil 25-dekabrdagi 01/11-6-874-son ma’lumotnomasi). Natijada muammoga muqobil echimlar topish asosida o‘quvchilarning ma’naviy-hayotiy ko‘nikmalari rivojlanish imkoniyati ortgan;
lateral-kreativ yondashuv asosida 5–9-sinf o‘quvchilarining adabiy tahlil kompetensiyasini shakllantirish metodikasi kontekstdagi mohiyatni aniqlash, gipotezani tekshirish, sabab-oqibatni baholash, hukmni kechiktirishga doir “Sabab- oqibat texnologiyasi”, “Sinektika”, “Wark”, “SCAMPER”, “Labirint”, “Tasodifiy so‘z”, “Kechiktirilgan taxmin”, “Yon tomon” “Xato qildim”, “Muvozanat spirali” kabi texnologiya, metod va usullarni matn ustida ishlash jarayoniga faol kiritish, moslashtirish, modellashtirishga doir xulosalardan umumiy o‘rta ta’lim adabiyot darsliklarini yaratishda foydalanilgan (Maktabgasha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Resrublika Ta’lim markazining 2025-yil  25-dekabrdagi 01/11-6-874-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotdan o‘quv-metodik adabiyotlar mazmuni zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish