Turopova Maxliyo Erkin qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8796.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Toshpulatova Mamuraxon Ismailovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03.
Rasmiy opponentlar: Shodieva Matluba Jo‘raevna, pedagogika fanlar doktori (DSc), professor, Kenjaeva Muhayyo Abdumurodovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari refleksiya harakatini bilish, tanqid qilish va me’yorlashtirish funksiyalarining protsessual ketma-ketligiga mos rejalash, ijodkorlik komponentlarini metodik xususiyat elementlariga muvofiqlashtirish va o‘zini-o‘zi kuzatishni muntazam introspeksiya va retrospeksiyalash asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik modeli shaxsning ijodiy imkoniyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va muammoli komponentlarga integratsiyalash, mazmunli-texnologik komponentlarni individuallashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan strategik maqsadlariga implementatsiyalash, ijodiy kompetentligini mazmunli jarayon komponentlariga bosqichma-bosqich rivojlantirishga uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini muammoli o‘qitishning zamonaviy SCAMPER, Storytelling, What if…?, World cafe texnologiyalariga moslashtirish, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o‘qitishda debat, insert, sinkveyn, 6x6, TRIZ metodlarini loyihalashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligi ta’lim sifatini baholovchi (kognitiv-bilish, shaxsga yo‘naltirilgan va intellektual) mezonlarga mos baholash, olingan natijalarning maqsadga erishishga to‘g‘ri yo‘naltirilganligi va muvofiqligini statistik tahlil ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida amalga oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy tafakkurini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari refleksiya harakatini bilish, tanqid qilish va me’yorlashtirish funksiyalarining protsessual ketma-ketligiga mos rejalash, ijodkorlik komponentlarini metodik xususiyat elementlariga muvofiqlashtirish va o‘zini-o‘zi kuzatishni muntazam introspeksiya va retrospeksiya qilishni rivojlantirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3475/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada umumkasbiy fanlar bo‘yicha interfaol amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirishning didaktik modeli shaxsning ijodiy imkoniyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan, faoliyatli va muammoli komponentlarga integratsiyalash, mazmunli-texnologik komponentlarni individuallashtirilgan va kasbga yo‘naltirilgan strategik maqsadlariga implementatsiyalash, ijodiy kompetentligini mazmunli jarayon komponentlariga bosqichma-bosqich rivojlantirishga uyg‘unligini ta’minlash asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3475/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada interfaol amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish samaradorligini oshirishga sharoit yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonini muammoli o‘qitishning zamonaviy SCAMPER, Storytelling, What if…?, World cafe texnologiyalariga moslashtirish, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanini o‘qitishda debat, insert, sinkveyn, 6x6, TRIZ metodlarini loyihalashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3475/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada pedagogika turkum fanlarining mazmunini boyitilishiga imkon yaratilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish samaradorligi ta’lim sifatini baholovchi (kognitiv-bilish, shaxsga yo‘naltirilgan va intellektual) mezonlarga mos baholash, olingan natijalarning maqsadga erishishga to‘g‘ri yo‘naltirilganligi va muvofiqligini statistik tahlil ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida amalga takomillashtirishga oid tavsiyalar “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 28-maydagi 11-05-3475/04 raqamli ma’lumotnoma). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini ijodiy tafakkurini rivojlantirish metodikasi samaradorligining ortishiga erishilgan.