Fozilov Mirvoxid Mirsultonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): E.S.Tompson asarlari tarjimalarida zoonimlarning verbalizatsiyalashuvi (ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi materiallar asosida), 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2624. 
Ilmiy rahbar: Djumanova Dilbar Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/2026.31.01.Fil.45.01.
Rasmiy opponentlar: Kuldashev Akramjon Maxmudovich, filologiya fanlari doktori, professor; Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi E.S. Tompson asarlari tarjimalarida qo‘llangan zoonimlarning verbalizatsiyalashuv mexanizmlarini ingliz, o‘zbek va rus tillari materiallari asosida aniqlash, ularning leksik-semantik va badiiy-estetik xususiyatlarini tavsiflash hamda tarjimada qayta ifodalanish usullarini ilmiy asoslashdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
E.S. Tompson asarlari misolida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi zoonimlarning verbalizatsiyasi, zoonimik birliklarning funksional-semantik xususiyatlari, ularning badiiy-estetik va antropologik yuklamasi, onomastik-semantik jihatlarini mazmunan etkazib berishda tarjimada qo‘llaniladigan leksik-semantik ekvivalentlik, funksional kompensatsiya, madaniy moslashtirish, metaforik ko‘chirish kabi verbal transformatsiyalarning samarador ekanligi lingvokulturologik va transformatsion-ekvivalent yondashuvlar asosida aniqlangan; 
E.S. Tompson matnlarida namoyon bo‘ladigan ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi zoonimlarning verbalizatsiyalanish jarayonidagi leksik-semantik, derivatsion va morfologik xususiyatlari, ularning konnotativ-pragmatik salohiyati hamda lingvomadaniy kodlari lingvistik va tarkibiy-mazmuniy kompleks baholash asosida ochib berilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida zoonimlarning etimologik tuzilishi va diskursdagi semantik-funksional xususiyatlari, qo‘y, buqa va bo‘ri kabi hayvon nomlarida aks etuvchi milliy-madaniy semantik invariantlarning konseptual xususiyatlari qiyosiy-madaniy tahlil natijalari asosida aniqlanib, lingvomadaniy kodifikatsiyaga xos milliy-madaniy, kognitiv va semantik jihatlar isbotlangan;
ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi zoonimlarga oid mavjud tasnif takomillashtirilib, ularni nominativ, obrazli, xarakterologik hamda madaniy-mazmuniy funksiyalariga ko‘ra tasniflashning tipologik mezonlari ilmiy asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zoonimlarning verbalizatsiyasi tadqiqoti davomida olingan ilmiy natijalar asosida:    
E.S. Tompson asarlari misolida ingliz, rus va o‘zbek tillaridagi zoonimlarning verbalizatsiyasi, zoonimik birliklarning funksional-semantik xususiyatlari, ularning badiiy-estetik va antropologik yuklamasi, onomastik-semantik jihatlarini mazmunan etkazib berishda tarjimada qo‘llaniladigan leksik-semantik ekvivalentlik, funksional kompensatsiya, madaniy moslashtirish, metaforik ko‘chirish kabi verbal transformatsiyalarning samarador ekanligi lingvokulturologik va transformatsion-ekvivalent yondashuvlarga oid ilmiy xulosalar tadqiqotchi muallifligidagi 5111400 – “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan “Translation Theory and Practice (in the Example of Verbalization of Zoonyms)” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va takomillashtirish jarayoniga joriy etilgan (Guliston davlat universitetining 2023-yil 28-apreldagi 53-son ma’lumotnomasi). Natijada, zoonimlarni tarjima qilishda leksik-semantik ekvivalentlik, funksional kompensatsiya, madaniy moslashtirish va metaforik ko‘chirish usullarini qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar o‘quv jarayoniga tatbiq etilib, talabalarda badiiy tarjimaning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilish kompetensiyasini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
E.S. Tompson matnlarida namoyon bo‘ladigan ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi zoonimlarning verbalizatsiyalanish jarayonidagi leksik-semantik, derivatsion va morfologik xususiyatlari, ularning konnotativ-pragmatik salohiyati hamda lingvomadaniy kodlari lingvistik va tarkibiy-mazmuniy tahliliga doir ilmiy xulosalardan davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amalga oshirilgan IL-402104209-sonli “Axborot-qidiruv tizimlari (Google, Yandex, Google Translate) uchun avtomatik ishlov berish vositasi – o‘zbek tilining morfoleksikoni va morfologik analizatori” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 20-fevraldagi 04/1-631-son ma'lumotnomasi). Natijada ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi zoonimlarning leksik-semantik hamda morfologik xususiyatlarini avtomatik lingvistik tahlil qilish va qiyosiy tavsiflash imkoniyatlari kengaytirilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tillarida zoonimlarning etimologik tuzilishi va diskursdagi semantik-funksional xususiyatlari, qo‘y, buqa va bo‘ri kabi hayvon nomlarida aks etuvchi milliy-madaniy semantik invariantlarning konseptual belgilari hamda ularning lingvomadaniy kodifikatsiyadagi milliy-madaniy, kognitiv va semantik jihatlariga doir ilmiy xulosalar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Badiiy tarjima kengashi yig‘ilishlarida, Tarjimonlar forumida, adabiy uchrashuvlarda va yosh tarjimonlar to‘garagi faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2025-yil 13-fevraldagi 01-03/83-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlar va tarjimonlarda badiiy matndagi zoonimlarning milliy-madaniy semantik mazmunini talqin etish, lingvomadaniy kodlarni aniqlash hamda tarjimada semantik invariantlarni saqlash bo‘yicha kasbiy kompetensiyalar rivojlantirilgan;
ingliz, o‘zbek va rus tillaridagi zoonimlarga oid mavjud tasnif takomillashtirilib, ularni nominativ, obrazli, xarakterologik hamda madaniy-mazmuniy funksiyalariga ko‘ra tasniflashning tipologik mezonlariga oid ilmiy xulosalardan “O‘zbekiston 24”, “Mahalla” va “Yoshlar” telekanallarining “Yangi davr” informatsion dasturlarini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (“O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokanali” davlat muassasasining 2025-yil 19-iyundagi 181-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlarning badiiy asarlarda zoonimlarning obraz yaratish, personaj xarakterini ochish va milliy-madaniy mazmunni ifodalashdagi funksional imkoniyatlari haqidagi bilim va tasavvurlari kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish