Rabbimova Feruza Shamsiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Futuvvat ta’limoti va uning ijtimoiy-falsafiy mohiyati (IX-XII asrlar), 09.00.03 –Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fal951
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat Pedagogika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.27.12.F.10.02
Ilmiy rahbar: Xandamova Ma’rifat Akramovna, falsafa fanlari doktori (DSc), professor
Rasmiy opponentlar: Norov Toji Omonovich, falsafa fanlari doktori (DSc), professor; Haqqulov Nabijon Qahramonovich, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi IX-XII asrlarda “Futuvvat” ta’limoti va uning ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy g‘oyalarini bugungi kundagi konstruktiv ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Futuvvat ta’limoti insoniylik, adolat, javonmardlik, vatanparvarlik va nafsni nazorat qilish kabi gumanistik qadriyatlarini sabab-oqibat, mohiyat-hodisa kabi falsafiy kategoriyalar vositasida ilmiy asoslanganligi aniqlangan;
IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo falsafiy tafakkurida futuvvat taʼlimotining altruistik tamoyillari “komil inson” g‘oyasini shakllantirishda asosiy rol o‘ynaganligi mantiqiy dalillangan;
Futuvvat ta’limoti tomonidan shakllantirilgan “komil inson” konsepsiyasi bugungi jamiyat rivoji uchun mustaqil va plyuralistik fikrlash, iroda tarbiyasi va axloqiy kamolot bilan mos kelishini isbotlangan;
futuvvat ta’limotida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy muhitini, barqarorligini sog‘lomlashtirishda olijanoblik, marhamatlilik, bag‘rikenglik, insoniylikni ulug‘lash g‘oyalariga murojaat qilish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion echim sifatida ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Futuvvat ta’limoti va uning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
futuvvat ta’limotidagi insoniylik, adolat, o‘zini anglash, haqiqatini anglash, javonmardlik, vatanparvarlik, o‘z nafsini nazorat qilish kabi gumanistik g‘oyalar bugungi avlod tarbiyasidagi konstruktiv ahamiyati (dunyoviy ratsional, empirik bilim va ilmlarni egallash, ularga amal qilish, ustoz-shogird munosabatlari) sabab va oqibat, mohiyat va hodisa kabi falsafiy kategoriyalar vositasida asoslanganligiga oid nazariy xulosa va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2022-2024-yillarda bajarilgan IL-4821091548 raqamli “Zamonaviy tahdid va daʼvatlar sharoitida O‘zbekiston va Belarus yoshlari ongi shakllanishining ijtimoiy-madaniy va aksiologik asoslari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2026-yil 18-maydagi 04/12153-son ma’lumotnomasi). Xususan, bugungi kunda yoshlar tafakkurida diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, ularni umuminsoniy qadriyatlaridan, ma’naviy tahdidlardan himoya qilish dolzarb mavzudir. Natijada, futuvvat ta’limotining tarixiy-falsafiy mazmunini yosh avlod tarbiyasida foydalanishga doir taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qilgan;
IX-XII asrlar Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri rivojida komil insonni shakllantirish g‘oyasi, futuvvat ta’limotining altruistik (inson barcha manfaatlardan voz kechib, odamlarni afzal deb bilmoq, boshqalar uchun yashash, ijtimoiy g‘amxo‘rlik, o‘zgalarni o‘ylash, oliyjanoblik, ijtimoiy ideallik axloqiy va insoniy prinsip) g‘oyalari mazmun-mohiyatida aks etganganligi ilmiy asoslanganligiga oid ilmiy yangilik va taklif-tafsiyalardan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi buyurtmasi asosida nashr etilgan VII-XVI asrlarda yashagan 650 nafar Sharq alloma va mutafakkirlari haqidagi tarixiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan “O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi” nomli ensiklopedik kitobning mazmunini boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2023-yil 14-sentyabrdagi 02/436-son ma’lumotnomasi). Natijada, ensiklopediya mavzularini yanada takomillashtirishga hamda keng jamoatchilikka futuvvat ta’limotining har tomonlama tahlil qilish va uning ijtimoiy-axloqiy mohiyatini ochib berishga xizmat qilgan;
futuvvat ta’limotining o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojidagi g‘oyaviy etuklik roli va ilgari surilgan ijtimoiy “komil inson” konsepsiyasi hozirgi zamon jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning mustaqil va plyuralistik tafakkur qilish, irodani chiniqtirish, fikrlashni yuksaltirish, axloqiy kamolot tamoyillari bilan adekvat (mos) ekanligi aniqlanganligiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yilga “Yo‘l xaritasi”da belgilangan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga tegishli bo‘lgan 2023-yil 28-dekabrdagi 02-22/1475-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda egoizm, fanatizm, ommaviy madaniyat kabi salbiy illatlarning oldini olish borasida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
futuvvat ta’limotida jamiyatning ijtimoiy-ma’naviy muhitini, barqarorligini sog‘lomlashtirishda olijanoblik, marhamatlilik, bag‘rikenglik, insoniylikni ulug‘lash g‘oyalariga murojaat qilish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun innovatsion echimga oid ilmiy-nazariy xulosalar, metodologik tavsiyalar va amaliy takliflardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali orqali 2023-yil davomida efrga uzatilgan “Oydin hayot-Live” tok-shousi, “Assalom O‘zbekiston” tonggi dam olish dasturlarining ssenariylarini tayyorlashda foydalnilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasiga tegishli 2023-yil 1-dekabrdagi 02-13-1806-son ma’lumotnomasi). Natijada, teletomoshabinlarda diniy-falsafiy tafakkur tarzini teranlashishiga xizmat qilgan.