Achilova Donoxon Nutfullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda obstruktiv bronxitning diagnostika usullarini optimallashtirish va klinik-immunologik jihatlari», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya; 14.00.09–Pediatriya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib452.
Ilmiy rahbar: Navruzova Shakar Istamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.30.08.2018.Tib.50.01 raqamli ilmiy kengan asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Adolat Abduraximovna, tibbiyot fanlari doktori; Shamsiev Furkat Muxiddinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda obstruktiv bronxitning diagnostika usullarini optimallashtirish va klinik-immunologik jihatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor obstruktiv bronxit bilan kasallangan 1 yoshgacha bolalarda IL-4 va IL-8 sitokinlari miqdorining keskin ortishi xamda IL-1, IL-6 va TNF-α sitokinlari miqdorining me’yor darajadan farqlanmasligi bilan kechuvchi immun tizimidagi nomutanosiblik bo‘lishi isbotlangan;
ilk bor o‘tkir obstruktiv bronxit bilan kasallangan 1-3 yoshgacha bo‘lgan bolalarda IL-4 va IL-8 sitokinlar miqdorining keskin ortishiga to‘g‘ri proporsional ravishda TNF-α miqdorining keskin pasayishi aniqlangan;
o‘tkir va qaytalanuvchi obstruktiv bronxitli bolalar qonida neytrofillar fagotsitar faolligi (NFF) me’yor holatida gumoral immunitet (IgA, IgM, IgG) ko‘rsatkichlarining keskin ortishi bilan IgE miqdorining turg‘unligi aniqlangan;
ilk bor obstruktiv bronxit bilan kasallangan erta yoshli bolalar so‘lagida immunoglobulinlar IgM va IgG miqdorining keskin ortishi bilan IgA va IgE miqdorining kamayishi bilan kechuvchi lokal immunitet faoliyatining o‘zgarishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda obstruktiv bronxitning tashxislash usullarini optimallashtirish va klinik-immunologik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Obstruktiv bronxitni erta yoshdagi bolalarda bronxial astmaga o‘tishining prognostik mezonlarini ishlab chiqish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/156-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma erta yoshdagi bolalarda obstruktiv bronxitni bronxial astmaga o‘tishini erta aniqlash, kasallik kechishini bashorat qilish va o‘z vaqtida davolash chora-tadbirlarini qo‘llashga xizmat qilgan;
«Obstruktiv bronxit: immunomodulyatorli davolash va olib borishni optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 8n-d/156-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma obstruktiv bronxitga chalingan bolalarda immunitetning sitokinlari bo‘g‘inidagi buzilishlarni erta aniqlash, o‘z vaqtida davolashning optimal usullarini tanlashga va kasallikningoldini olishga xizmat qilgan;
bolalarda obstruktiv bronxitning tashxislash usullarini optimallashtirish va klinik-immunologik jihatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali, Buxoro shahri, Buxoro viloyati Kogon shahri va Vobkent tumani tibbiyot birlashmalari amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 8n-z/259-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar obstruktiv bronxit bilan kasallangan bolalarda tashxislash va yangi immunokorregirlovchi davolash uslubini qo‘llash orqali bolalarda kasallikning qaytalanish darajasini kamaytirishga, bronxial astmaga o‘tishining oldini olishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga va bolalarni statsionarda davolanish muddatini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishishga imkon yaratgan.