Abdullaev Javlon Narzullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligida Turkiy davlatlar tashkilotining ta’siri va istiqbollari”, 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Ss 623
Ilmiy rahbar: Sayfullaev Durbek Bahtiyorovich, tarix fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/2025.27.12.Ss.05.02
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor, Nayimov Otabek Mardonovich, siyosiy fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo davlatlarining o‘zaro hamkorligida Turkiy davlatlar tashkilotining ta’siri va istiqbollarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro munosabatlar tizimining faol ishtirokchisiga aylanib borayotganligi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, birdamlik va “turkiy davr”ni yaratishga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlarning mustahkamlanib borayotganligi hamda turkiy davlatlar integratsiyasi jarayonlarini jadallashtirish zarurati ushbu tashkilot doirasida neofunksional yondashuvning amaliy ifodasini aks ettirgan “selektiv integratsiya” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan;
Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy-ilmiy hamkorlikni, o‘zaro do‘stlik va birodarlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasining ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Xiva shahrida “Turkiy xalqlar sivilizatsiyasi” xalqaro muzeyini ta’sis etish taklifi ishlab chiqilgan;
Jahon siyosiy maydonida Markaziy Osiyo mintaqasining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borishi, mintaqa bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan “C5+” formatlarining kengayib borishi, turli darajadagi hamkorlik mexanizmlarining tashkil topishi hamda Turkiyaning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan yaqin aloqalaridan kelib chiqqan holda, Turkiy davlatlar tashkiloti qoshida Markaziy Osiyo+Turkiya formatini tashkil etish zarurati aniqlangan;
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarini milliy manfaatlarini inobatga olgan holda o‘zaro muvofiqlashtirish, transmilliy xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish, aqliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda Turkiy davlatlarni o‘rganish xalqaro institutini tashkil etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiya tadqiqoti davomida ishlab chiqilgan asosiy ilmiy tamoyillar, xulosalar va amaliy tavsiyalar asosida:
Turkiy davlatlar tashkilotining xalqaro munosabatlar tizimining faol ishtirokchisiga aylanib borayotganligi, a’zo davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro ishonch, birdamlik va “turkiy davr”ni yaratishga qaratilgan tizimli sa’y-harakatlarning mustahkamlanib borayotganligi hamda turkiy davlatlar integratsiyasi jarayonlarini jadallashtirish zarurati ushbu tashkilot doirasida neofunksional yondashuvning amaliy ifodasini aks ettirgan “selektiv integratsiya” konsepsiyasiga ko‘ra asoslab berilgan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Mintaqaviy hamkorlik boshqarmasi tomonidan axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2026-yil 16-yanvardagi 15/787-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlar o‘rtasida madaniy-ilmiy hamkorlikni, o‘zaro do‘stlik va birodarlikni mustahkamlashni nazarda tutuvchi “Turkiy dunyo nigohi – 2040” konsepsiyasining ustuvor maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, Xiva shahrida “Turkiy xalqlar sivilizatsiyasi” xalqaro muzeyini ta’sis etish takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining 2025-yilgi 21-oktyabrdagi 37-02-14/817-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Qo‘mitaning Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish, tarixiy xotiralarni tiklash, xalqlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik va birodarlikni mustahkamlash borasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga xizmat qilgan.
Jahon siyosiy maydonida Markaziy Osiyo mintaqasining o‘rni va ahamiyati tobora ortib borishi, mintaqa bilan muloqot o‘rnatishga qaratilgan “C5+” formatlarining kengayib borishi, turli darajadagi hamkorlik mexanizmlarining tashkil topishi hamda Turkiyaning Markaziy Osiyo mintaqasi bilan yaqin aloqalaridan kelib chiqqan holda, Turkiy davlatlar tashkiloti qoshida Markaziy Osiyo+Turkiya formatini tashkil etish haqidagi ilmiy qarashlardan O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi o‘z faoliyatida foydalangan (O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazining 2025-yilgi 29-dekabrdagi 722/25-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy ishdagi “turkiy xalq diplomatiyasi” konsepsiyasi asoslaridan O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazining Markaziy Osiyo va Turkiy dunyo xalqlari o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni yanada mustahkamlash, ular bilan o‘zaro manfaatli ilmiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlari dasturining takomillashishiga xizmat qilgan.
Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida tashqi siyosat va xavfsizlik masalalarini milliy manfaatlarini inobatga olgan holda o‘zaro muvofiqlashtirish, transmilliy xavfsizlik tahdidlariga qarshi birgalikda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqish, aqliy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, O‘zbekistonda Turkiy davlatlarni o‘rganish xalqaro institutini tashkil etish taklilaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Tarix maydoni” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Ma’rifat” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2026-yil 14-yanvardagi 01-33/35-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyadagi xulosalar, taklif va tavsiyalar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.