Kobilova Nigina Akmalovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Teri orkali koronar aralashuv o‘tkazgan, yurak ishemik kasalligi bor bemorlarda sitokin profilining xolati va uni bartaraf etish imkoniyati», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2688.
Ilmiy rahbar: Muxamedova Muyassar Gafurjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.06/2025.27.12.Tib.09.01.
Rasmiy opponentlar: Shek Aleksadr Borisovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: teri orqali koronar aralashuv (TOKA) o‘tkazgan bemorlarda kompleks terapiya tarkibiga kolxisinni kiritish orqali davolashni optimallashtirish, uning klinik-funksional holatga, endotelial funksiyaga va sitokin yallig‘lanishi markerlariga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIK bor va TOKA o‘tkazilgan, o‘tkir miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda yalliglanish va sitokin xolati kompleks ravishda o‘rganilishi kerakligi aniklangan; 
ilk bor asosiy yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-6, SRB, FNO-α) va NT-proBNP ko‘rsatkichlarining yillik dinamikasi batafsil tahlil qilindi, bu o‘tkir miokard infarktidan (O‘MI) keyingi yallig‘lanish jarayonining tabiiy kechish xususiyatlarini aniqlash va maqsadli yallig‘lanishga qarshi terapiya mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu jarayonning barqarorligicha kolishi aniklangan;  
mintaqaviy klinik amaliyotda ilk bor TOKA-dan so‘ng standart terapiyaning bir qismi sifatida kolxisinni qo‘shimcha qo‘llash samaradorligi baholangan, bu uning sitokin reaksiyasining barqaror pasayishiga, yurak otilish  fraksiyasining yaxshilanishiga va yurak etishmovchiligining og‘irligining pasayishiga ta’siri aniqlangan;
sitokin profilining dinamikasi bilan yurak-qon tomir hodisalari salbiy oqibatlari  va qayta gospitalizatsiya  qilish tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib, bu yallig‘lanishga qarshi komponentni bemorlarni kompleks boshqarish strategiyasiga erta kiritish zarurligini qo‘llab-quvvatlanish kerakligi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2025-yil 17-noyabrdagi 29-sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha № 29/60 sonli xulosasiga binoan:
birinchi ilmiy yangilik: ilk bor YuIK bor va TOKA o‘tkazilgan, o‘tkir miokard infarktini boshdan kechirgan bemorlarda yalliglanish va sitokin xolati kompleks ravishda o‘rganilishi kerakligi aniklanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi №7 ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Primenenie nizkix doz kolxisina posle stentirovaniya koronarnix arteriy” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxri O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy klinik gospitali 08.03.2025 yildagi 66-son va Samarqand davlat tibbiyot universitetining kardiologiya bo‘limida 05.03.2025 yildagi 44a-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIK bilan og‘rigan bemorlarda postintervension asoratlarning oldini olish maqsadida IL-6, O‘NO-α va NT-proBNP darajalarini dinamik ravishda aniqlashni o‘z ichiga olgan laborator va instrumental monitoringning kompleks algoritmi joriy etildi. Iqtisodiy samaradorligi: Sitokin profili nojo‘ya dinamikasini erta aniqlash va davolashni o‘z vaqtida to‘g‘rilash hisobiga qayta kasalxonaga yotqizish holatlari 23% ga kamaydi. Bu esa an’anaviy kuzatuv sxemasi bilan solishtirganda har bir bemorni ambulator sharoitda davolash bo‘yicha o‘rtacha xarajatlarni 620 ming so‘mga kamaytirishga imkoniyat berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor asosiy yallig‘lanish oldi sitokinlari (IL-6, SRB, FNO-α) va NT-proBNP ko‘rsatkichlarining yillik dinamikasi batafsil tahlil qilindi, bu o‘tkir miokard infarktidan (O‘MI) keyingi yallig‘lanish jarayonining tabiiy kechish xususiyatlarini aniqlash va maqsadli yallig‘lanishga qarshi terapiya mavjud bo‘lmagan taqdirda, ushbu jarayonning barqarorligicha kolishi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi №7 ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Primenenie nizkix doz kolxisina posle stentirovaniya koronarnix arteriy” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxri O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy klinik gospitali 08.03.2025 yildagi 66-son va Samarqand davlat tibbiyot universitetining kardiologiya bo‘limida 05.03.2025 yildagi 44a-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: kolxisinni standart terapiya tarkibida qo‘llash bir yil davomida kuzatuvda qayta yuzaga keladigan koronar hodisalar sonini 19% ga kamaytirishga, shuningdek, qayta kasalxonaga yotqizish muddati 1,8 kunga qisqarishiga olib keldi. Iqtisodiy samaradorligi: kasalxonaga yotqizish holatlarining kamayishi natijasida har bir bemor uchun yillik davolanish xarajatlari o‘rtacha 480 ming so‘mga kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: mintaqaviy klinik amaliyotda ilk bor TOKA-dan so‘ng standart terapiyaning bir qismi sifatida kolxisinni qo‘shimcha qo‘llash samaradorligi baholangan, bu uning sitokin reaksiyasining barqaror pasayishiga, yurak otilish  fraksiyasining yaxshilanishiga va yurak etishmovchiligining og‘irligining pasayishiga ta’siri aniklanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi №7 ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Opredelenie urovnya S-reaktivnogo belka do i posle stentirovaniya koronarnix arteriy na fone priyoma kolxisina” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxri O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy klinik gospitali 08.03.2025 yildagi 66-son va Samarqand davlat tibbiyot universitetining kardiologiya bo‘limida 05.03.2025 yildagi 44a-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: Koronar arteriyalarni stentlash amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda kolxisin dori vositasini qo‘llash orqali tizimli yallig‘lanish jarayonining jadalligi (S-reaktiv oqsil darajasi) pasaytirilgan, bu esa operatsiyadan keyingi erta va kechki davrda ishemik asoratlar xavfini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga hamda ularning qisqa muddatlarda faol ijtimoiy-mehnat faoliyatiga qaytishiga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: Nazorat guruhidagi bemorlarga nisbatan, asosiy guruhda (standart davoga qo‘shimcha ravishda kolxisin qabul qilgan bemorlarda) tizimli yallig‘lanish faolligining (S-reaktiv oqsil) pasayishi hisobiga postprotseduraviy asoratlar va qayta shifoxonaga yotish holatlari kamaydi. Natijada, asosiy guruhdagi har bir bemorning statsionarda qolish muddati o‘rtacha 1,8 kunga qisqardi. Klinikadagi bir kunlik shifoxona xarajatlari (o‘rtacha 500000 so‘m) va takroriy asoratlarni davolash xarajatlari tejalishi hisobiga, har bir bemor uchun o‘rtacha 900000 so‘mdan 1200000 so‘mgacha iqtisodiy samaradorlikka erishildi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: sitokin profilining dinamikasi bilan yurak-qon tomir hodisalari salbiy oqibatlari  va qayta gospitalizatsiya  qilish tezligi o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib, bu yallig‘lanishga qarshi komponentni bemorlarni kompleks boshqarish strategiyasiga erta kiritish zarurligini qo‘llab-quvvatlanish kerakligi aniqlanganligi Samarkand davlat tibbiyot universiteti muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashining 2025 yil 26 fevraldagi №7 ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan “Opredelenie urovnya S-reaktivnogo belka do i posle stentirovaniya koronarnix arteriy na fone priyoma kolxisina” uslubiy tavsiyanomasi mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxri O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Markaziy harbiy klinik gospitali 08.03.2025 yildagi 66-son va Samarqand davlat tibbiyot universitetining kardiologiya bo‘limida 05.03.2025 yildagi 44a-sonli buyruq bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: koronar arteriyalarni stentlash amaliyoti o‘tkazilgan bemorlarda kolxisin dori vositasini qo‘llash orqali tizimli yallig‘lanish jarayonining jadalligi (S-reaktiv oqsil darajasi) pasaytirilgan, bu esa operatsiyadan keyingi erta va kechki davrda ishemik asoratlar xavfini kamaytirishga, bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga hamda ularning qisqa muddatlarda faol ijtimoiy-mehnat faoliyatiga qaytishiga imkon yaratgan. Iqtisodiy samaradorligi: Koronar arteriyalarni stentlash amaliyotidan oldin va keyingi davrda kolxisin preparatini qo‘llash orqali erta postprotseduraviy ishemik asoratlar va qayta gospitalizatsiyalar soni kamaytirilgan. Bu esa bemorlarni davolashga sarflanadigan umumiy statsionar xarajatlarini (koyko-den`) qisqartirish hamda takroriy endovaskulyar aralashuvlar (qayta stentlash) xavfini oldini oladi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish