Dustova Gulzoda Komiljonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Alimentar semizlik fonida rivojlangan metabolik sindrom modelida ingichka ichak morfologiyasi va uning korreksiyasi” 14.00.02 - Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tib6211.
Ilmiy rahbar: Boykuziev Xayitboy Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.06/2025.27.12.Tib.17.05.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Xamidulla Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kurbonov Said Safarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari och ichagi devori, nerv tizimining morfologiyasini o‘rganish va korreksiya qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari och ichagi devoridagi morfologik va funksional o‘zgarishlari: och ichak qavatlarning qalinlashuvi 4.2%, so‘rg‘ichlar 24.48% va kriptalar joylashish zichligining 0.24% ortishi, limfoid tugunchalar o‘lchamining 28.5% ortishi,  limfotsitlar va makrofaglar infiltratsiyasi va adipotsitlar gipertrofiyasi kabi distrofik o‘zgarishlar dinamikasi zamonaviy morfologik va morfometrik usullar yordamida asoslangan;
neyrogistokimyoviy, lyuminessent gistokimyoviy va morfometrik usullar yordamida metabolik sindrom modeli yaratilgan kalamushlar och ichagi nerv tizimidagi reaktiv o‘zgarishlari: adrenergik nerv tolalari joylashish zichligi 13.1%, xolinergik nerv tolalari 15.4% ga ortishi, nerv tolalarida mediatorlar to‘planib qolishi natijasida giperimpregnatsiya, varikoz kengaymalar paydo bo‘lishi kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlangan;
nazorat guruhi, metabolik sindrom modeli yaratilgan asosiy guruh va korreksiya qilingan guruhdagi kalamushlar och ichagi devori qavatlaridagi, vorsinkalar va kriptalar joylashishidagi, limfoid tugunchalar o‘lchamidagi, adrenergik va xolinergik nerv tuzilmalarigi reaktiv o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari korreksiya guruhidagi kalamushlarda nazorat guruhiga nisbatan bir oz yuqori ekanligi, metabolik sindrom modeli yaratilgan asosiy guruhga nisbatan esa kamayganligi aniqlangan;
metabolik sindrom va uning komponentlarini dori-darmonlarsiz tabiiy usullar (sog‘lom ozuqa, giperdinamiya va qora uzum sharbati) dan kompleks foydalanib, olingan ijobiy natijalar asosida parhez taomlar, yoshga doir jismoniy faollik va antioksidantdan foydalanish me’yorlari (150 ml*2 marta) kabi ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Alimentar semizlik fonida rivojlangan metabolik sindrom modelida ingichka ichak morfologiyasi va uni korreksiyasini morfologik, neyrogistokimyoviy, lyuminessent gistokimyoviy, hamda morfometrik usullari asosida qiyosiy tahlil qilish natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari och ichagi devoridagi morfologik va funksional o‘zgarishlari: och ichak qavatlarning qalinlashuvi 4.2%, so‘rg‘ichlar 24.48% va kriptalar joylashish zichligining 0.24% ortishi, limfoid tugunchalar o‘lchamining 28.5% ortishi,  limfotsitlar va makrofaglar infiltratsiyasi va adipotsitlar gipertrofiyasi kabi distrofik o‘zgarishlar dinamikasi zamonaviy morfologik va morfometrik usullar yordamida asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlari” va “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlarini korreksiya qilish” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va olingan ma’lumotlar Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 14.02.2026 yildagi № 24-U sonli va Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining 20.02.2026 yildagi № 17-T sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: Tajriba hayvonlarida metabolik sindrom modeli yaratilib, och ichak devoridagi morfunksional oʻzgarishlari erta aniqlanib, ularning oldini olish va davolash mumkinligi ilmiy asoslandi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy tadqiqot natijalaridan olingan ma’lumotlarga asoslanib, metabolik sindrom va uning komponentlarini erta tashxislash, davolash va profilaktik chora-tadbirlar natijasida, bemorlarning davolanish kunlarining qisqarishida,  kasallik varaqalari, dori-darmon va boshqa sarf xarajatlarining kamayishi hisobiga har bir davolash muassasaning preyskuranti bilan hisoblab, aniq iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. 
ikkinchi ilmiy yangilik: neyrogistokimyoviy, lyuminessent gistokimyoviy va morfometrik usullar yordamida metabolik sindrom modeli yaratilgan kalamushlar och ichagi nerv tizimidagi reaktiv o‘zgarishlari: adrenergik nerv tolalari joylashish zichligi 13.1%, xolinergik nerv tolalari 15.4% ga ortishi, nerv tolalarida mediatorlar to‘planib qolishi natijasida giperimpregnatsiya, varikoz kengaymalar paydo bo‘lishi kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlari” va “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlarini korreksiya qilish” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va olingan ma’lumotlar Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filialining 14.02.2026 yildagi № 24-U sonli va Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialining 20.02.2026 yildagi № 17-T sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlari och ichagi devorining  adrenergik va xolinergik nerv tizimida giperimpregnatsiya, varikoz kengaytmalar kabi morfofunksional o‘zgarishlar aniqlanishi metabolik sindrom paydo bo‘lishida enteral nerv tizimining ishtiroki mavjudligini bildiradi. Bunday holatlarning  oldini olish va davolash uchun, davolash chora-tadbirlari erta boshlansa, hech bir asoratlarsiz tiklanishi mumkin. Iqtisodiy samaradorlik: tadqiqot natijasida kalamushlar och ichagi adrenergik va xolinergik nerv tizimida giperimpregnatsiya va varikoz kengaytmalar kabi morfologik o‘zgarishlar aniqlandi. Bunday o‘zgarishlar och ichak  enteral nerv tizimi va metabolik sindrom rivojlanishida ishtiroki mavjudligini ko‘rsatadi. Shu sababli profilaktik chora-tadbirlar, erta tashxislab va davolash ishlari olib borilsa, bunday asoratlarning oldi olingan bo‘ladi. Shifoxonada davolanish kunlari, dori-darmonlar va boshqa xarajatlar qisqarishi yoki butunlay sog‘lomlashib shifoxonada yotib davolanishga ehtiyoj bo‘lmasligi hisobiga katta miqdorda iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin.
uchinchi ilmiy yangilik: nazorat guruhi, metabolik sindrom modeli yaratilgan asosiy guruh va korreksiya qilingan guruhdagi kalamushlar och ichagi devori qavatlaridagi, vorsinkalar va kriptalar joylashishidagi, limfoid tugunchalar o‘lchamidagi, adrenergik va xolinergik nerv tuzilmalarigi reaktiv o‘zgarishlar ko‘rsatkichlari korreksiya guruhidagi kalamushlarda nazorat guruhiga nisbatan bir oz yuqori ekanligi, metabolik sindrom modeli yaratilgan asosiy guruhga nisbatan esa kamayganligi aniqlanganligi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlari” va “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlarini korreksiya qilish” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi. Ushbu ilmiy yangilik Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali amaliyotiga (2026 yil 14.02 dagi № 24-U buyruq), hamda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi № 17-T buyruq) joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlarining bir guruhida sog‘lom ozuqa, giperdinamiya va antioksidantlardan kompleks foydalanilgan tabiiy korreksiya usulini qo‘llash  juda yaxshi ijobiy natijalar berishi asoslab berildi. Agar, ana shunday holatlarda biz taflif etgan amaliy tavsiyadan foydalanilsa, patologik jarayonni to‘xtatish, davolash va oldini olish mumkin. Iqtisodiy samaradorlik: metabolik sindrom modeli yaratilgan tajriba hayvonlarining bir guruhida korreksiyaning dori-darmonlarsiz tabiiy usullaridan kompleks foydalanish juda yaxshi ijobiy natijalar  berilishi tajribada isbotlandi. Agar   metabolik sindrom klinikasi kuzatilgan holatlarda ana shunday korreksiya usuli qo‘llanilsa, shifoxonada yotib davolash kuni kamayishi, dori darmonlar ishlatmaslik, kasallik varaqalari va boshqa xarajatlar qisqarishi hisobiga ma’lum iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkin. Bu iqtisodiy tejamkorlik har bir davolash muassasaning preyskurantidan kelib chiqgan holda buxgalteriya hisobi qilinishi aniqroq ma’lumot beradi. 
to‘rtinchi ilmiy yangilik: metabolik sindrom va uning komponentlarini dori-darmonlarsiz tabiiy usullar (sog‘lom ozuqa, giperdinamiya va qora uzum sharbati) dan kompleks foydalanib, olingan ijobiy natijalar asosida parhez taomlar, yoshga doir jismoniy faollik va antioksidantdan foydalanish me’yorlari (150 ml*2 marta) kabi ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar ilmiy asoslanganligi Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ilmiy kengashining 2026 yil 3 fevraldagi №6-son qarori bilan tasdiqlangan “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlari” va “Metabolik sindrom modelida ingichka ichakning morfofunksional o‘zgarishlarini korreksiya qilish” nomli uslubiy tavsiyalar mazmuniga kiritildi va Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Samarqand filiali amaliyotiga (2026 yil 14.02 dagi № 24-U buyruq), hamda Akademik Yo.X.Turaqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filiali amaliyotiga (2026 yil 20.02 dagi № 17-T buyruq) joriy etildi. (Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi ilmiy-texnik kengashining 2026 yil 12 maydagi 08/01-sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorlik: metabolik sindromning biz foydalangan tibbiy usulini kompleks qo‘llash orqali, metabolik sindrom va uning turli komponentlari aniqlangan holatlar qisqa muddatda yaxshilanib, sog‘lomlashtirishga erishish mumkin. Ana shunday tabiiy usul yordamida aholi salomatligini tiklash va sog‘lom turmush tarziga amal qiluvchi insonlar soni ortishi natijasida metabolik sindromning dunyo aholisi orasida pandemiya kabi tez tarqalishining oldini olishga erishish mumkin. Iqtisodiy samaradorlik: tajriba hayvonlarida metabolik sindrom modeli yaratilib, uni dori-darmonlarsiz tabiiy korreksiya usulidan foydalanib, samarali natijalarga erishildi. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan yoshga doir amaliy tavsiyalardan foydalanilsa, ana shunday holatlarning oldini olish va sog‘lomlashtirish uchun shifoxonada davolanish kunining qisqarishi, dori-darmonlar ishlatmaslik, yoki ambulator davolash, kasallik varaqalari, nogironlik  nafaqalari hisobiga ma’lum iqtisodiy tejamkorlikka erishish mumkin. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Alimentar semizlik fonida rivojlangan metabolik sindrom modelida ingichka ichak morfologiyasi va uning korreksiyasi» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi huzuridagi ilmiy texnik kengash raisiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2026 yil 30 apreldagi 6947-son xat yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish