Mamatov Shoxruxbek Muhammadjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korxona faoliyatida logistika axborot tizimlaridan samarali foydalanishning uslubiy jihatlari”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B226.1.PhD/Iqt5246.
Ilmiy rahbar: Umarov Omonilla Saidaminovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha fasafa doktori (PhD), dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universitetida. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2025.27.12.I.26.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Odilov Shohrux G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat texnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi korxonalar logistika faoliyatida axborot tizimlaridan samarali foydalanishning uslubiy asoslari yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
logistika axborot tizimlaridan samarali foydalanish va uning tarkibiy jihatlarini optimal shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalarini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash asosida logistika ma’lumotlar bazasini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish yondashuvlari taklif qilingan;
ishlab chiqarish korxonalarida logistika axborot ta’minotini optimal shakllantirishning interaktiv usullari, logistika ma’lumotlarni shaffof va tezkor yig‘ish hamda ularni qayta ishlashning tarmoqlashgan algoritmi ishlab chiqilgan;
korxonalarda tovar va moliyaviy aktivlar harakatining to‘liq hisobini yuritish, savdo dinamikasini kuzatish, saqlash joylarida mahsulot balansini operativ nazorat qilish, tovarlarga tez va samarali buyurtma olish, hisob-kitoblarni tezkor amalga oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda aqlli ishlab chiqarishni tashkil etish texnogogiyasi taklif etilgan;
raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning integratsiyalashgan logistika axborot tizimlari negizida mezologistika korporativ logistika axborotlar tizimlarini joriy etishning istiqbolli texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Logistika axborot tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlardan foydalanishni tadqiq etish boʻyicha olingan ilmiy natijalar asosida:
logistika axborot tizimlaridan samarali foydalanish va uning tarkibiy jihatlarini optimal shakllantirish, ishlab chiqarish korxonalarini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash asosida logistika ma’lumotlar bazasini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish yondashuvlari «Andijondonmahsulot» AJning logistika axborot ta’minoti va moddiy oqimlarni boshqarish faoliyatiga joriy etilgan («Andijondonmahsulot» AJning 2025-yil 28-apreldagi №01/14-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada korxonada logistika ma’lumotlarini shakllantirish, qayta ishlash, saqlash va uzatish jarayonlarining yagona axborot muhiti asosida tashkil etilishi ta’minlanib, logistika axborot ta’minotining tezkorligi va ishonchliligi oshirilgan hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishning axborot bilan ta’minlanganlik darajasi yaxshilangan;
ishlab chiqarish korxonalarida logistika axborot ta’minotini optimal shakllantirishning interaktiv usullari, logistika ma’lumotlarini shaffof va tezkor yig‘ish hamda ularni qayta ishlashning tarmoqlashgan algoritmi «Andijondonmahsulot» AJning logistika axborot ta’minoti va axborot oqimlarini boshqarish jarayonlariga joriy etilgan («Andijondonmahsulot» AJning 2025-yil 28-apreldagi №01/14-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada logistika ma’lumotlarini yig‘ish, qayta ishlash va uzatish jarayonlarining tezkorligi hamda shaffofligi oshirilgan, axborot oqimlarini boshqarish samaradorligi yaxshilanib, boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun ishonchli axborot bazasini shakllantirish imkoniyati kengaygan; 
korxonalarda tovar va moliyaviy aktivlar harakatining to‘liq hisobini yuritish, savdo dinamikasini kuzatish, saqlash joylarida mahsulot balansini operativ nazorat qilish, tovarlarga tez va samarali buyurtma berish, hisob-kitoblarni tezkor amalga oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga qaratilgan aqlli ishlab chiqarishni tashkil etish texnologiyasi «Andijondonmahsulot» AJning logistika va ombor xo‘jaligini boshqarish jarayonlariga joriy etilgan («Andijondonmahsulot» AJning 2025-yil 28-apreldagi №01/14-182-sonli ma’lumotnomasi). Natijada tovar va moliyaviy aktivlar harakati ustidan operativ nazoratni amalga oshirish, ombor zaxiralari holatini real vaqt rejimida monitoring qilish, buyurtmalarni qayta ishlash tezligini oshirish hamda logistika jarayonlari bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish samaradorligini yuksaltirishga erishilgan;
raqamli texnologiyalarni rivojlantirishning integratsiyalashgan logistika axborot tizimlari negizida mezologistika korporativ logistika axborot tizimlarini joriy etishning istiqbolli texnologiyasi «Andijondonmahsulot» AJning logistika jarayonlarini raqamli boshqarish tizimiga kelgusida joriy etish uchun qabul qilingan («Andijondonmahsulot» AJning 2025-yil 28-apreldagi №01/14-182-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur texnologiyani amaliyotga tatbiq etish logistika jarayonlarining integratsiyalashuv darajasini oshirish, axborot almashinuvi samaradorligini yaxshilash, boshqaruv qarorlarini qabul qilish sifatini yuksaltirish hamda logistika xarajatlarini optimallashtirish uchun zarur tashkiliy va texnologik asoslarni yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish