Adilov Sanjar Askenovichning
fanlar doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro-huquqiy yordam ko‘rsatish doirasida sudga qadar ish yurituvi materiallarini protsessual moslashtirish (Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi misolida), “12.00.09 - Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo‘yicha (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2026.1.DSc/Yu435.
Ilmiy maslahatchi: Rustambaev Mirzayusup Xakimovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti DSc. 25/2025.27.12.Yu.01.01.
Rasmiy opponentlar: Pulatov Yuriy Sayfievich, yuridik fanlar doktori, professor; Po‘latov Baxtiyor Xalilovich, yuridik fanlar doktori, professor; Bazarova Dildora Baxadirovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maqsadi sudga qadar ish yuritish materiallarining protsessual moslashuvini takomillashtirish orqali xalqaro hamkorlik doirasida jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish samaradorligini oshirish mexanizmlari va tavsiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalqaro huquqiy yordam tartibida olingan materiallarni protsessual moslashtirish faqat ular inson huquqlari va erkinliklarining konstitutsiyaviy standartlariga muvofiq bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi isbotlangan;
so‘rayotgan davlatda olingan dalillarning maqbulligi chet elda harakatni amalga oshirishda shaxsning protsessual maqomi haqida axborot to‘liqligiga bog‘liqligi asoslangan;
ekstradisiyaviy topshirishda qamoqda saqlash muddatlarining davlatlararo protsessual vorisligi doktrinasi asoslantirilgan;
protsessual moslashtirish mexanizmiga mustaqil protsessual kafolat sifatida jazoni ijro etish tizimining axborot-tushuntirish majburiyatini kiritish asoslangan;
so‘ralayotgan davlat hududida joylashgan mol-mulk yoki uning pul ekvivalentini musodara qilish to‘g‘risidagi chet el sud hujjatlarini tan olish va ijro etish orqali o‘zaro huquqiy yordam predmetini kengaytirish zarurligi asoslab berilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot ishi bo‘yicha olingan natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan: 
Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi misolida jinoyat ishlari bo‘yicha xalqaro huquqiy yordam ko‘rsatish doirasida sudga qadar tergov materiallarini protsessual moslashtirishning nazariy va amaliy masalalari bo‘yicha xulosalar, takliflar va tavsiyalar asosida:
sudyalarning inson va fuqaroning Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan huquq va erkinliklarini kamsituvchi qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qo‘llashga haqli emasligi, bunday hujjat aniqlanganda esa sud ish yuritishni to‘xtatib turishi shartligi to‘g‘risidagi taklifdan Qozog‘iston Respublikasining 2022-yil 5-noyabrdagi 157-VII-son «Davlat rahbarining 2022-yil 16-martdagi Murojaatnomasini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan kiritilgan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 10-moddasi 2-qismi yangi tahririni shakllantirishda foydalanilgan. (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarning qo‘llaniladigan meyoriy hujjatlardan ustunligini mustahkamlash va sud nazoratini ixtiyoriy tartibdan ish yuritishning majburiy elementiga aylantirish imkonini berdi, bu esa jarayon ishtirokchilari huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlanishini va xalqaro huquqiy yordam doirasida moslashtiriladigan materiallarning maqbulligini oshirdi;
shaxsni guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi tariqasida chiqarish to‘g‘risidagi so‘rovnomaga (topshiriqnomaga, iltimosnomaga) shaxsga uning protsessual huquq va majburiyatlarini, shuningdek hal etilishi lozim bo‘lgan masalalar ro‘yxatini tushuntirish maqsadida Kodeksning tegishli moddalaridan vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan ko‘chirmani ilova qilish to‘g‘risidagi taklifdan Qozog‘iston Respublikasining 2023-yil 12-iyuldagi 23-VIII-son «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qonunga xilof ravishda olingan aktivlarni davlatga qaytarish masalalari bo‘yicha o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan kiritilgan Qozog‘iston Respublikasi JPKning 565-moddasi 2-qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi so‘rovnomaning axborot jihatdan to‘liqligini va so‘ralayotgan shaxsning protsessual maqomini real tushuntirilishini taʻminladi, bu esa so‘rayotgan davlatda olingan ko‘rsatuvlarning dalil sifatida maqbulligini oshirdi va ularni nomaqbul deb topish xavfini kamaytirdi.
ushlab berilgan (ekstradisiya qilingan) shaxsga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida qo‘llaniladigan qamoqda saqlash muddatining boshlanishini u Qozog‘iston Respublikasining Davlat chegarasini kesib o‘tgan paytdan boshlab hisoblash to‘g‘risidagi taklif Qozog‘iston Respublikasining 2020-yil 16-noyabrdagi «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga Qozog‘iston Respublikasining Davlat chegarasini qo‘riqlash va milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan Qozog‘iston Respublikasi JPKning 584-moddasi 1-qismiga o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-sonli dalolatnomasi). Vnedrenie dannogo predlojeniya ustranilo pravovuyu neyasnost «perexodnogo perioda» ekstradisii, obespechilo tochniy raschet i uchet sroka soderjaniya pod strajey, a takje ukrepil garantii prava lisa na svobodu i lichnuyu neprikosnovennost.
xorijiy davlatning vakolatli organini topshirilayotgan (topshirilgan) shaxsning Qozog‘iston Respublikasida qamoqda bo‘lish muddati to‘g‘risida xabardor qilish to‘g‘risidagi taklifdan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 594-moddasi 2-qismiga «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura va sud o‘rtasidagi vakolatlar va javobgarlik sohalarini chegaralagan holda uch bo‘g‘inli modelni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021-yil 27-dekabrdagi 88-VII-son Qonun bilan o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi davlatlararo protsessual vorislik elementi bo‘lgan shaxsni topshirishda ikki tomonlama hisobga olishni ham, allaqachon o‘talgan muddatni yoʻqotishni ham istisno qilgan holda, yurisdiksiyalar o‘rtasida qamoqda saqlash muddatining uzlyuksizligi va o‘zaro hisobga olinishini taʻminladi.
jinoyat-ijroiya tizimi muassasasiga chet davlat fuqarosi bo‘lgan mahkumga uning jazoni o‘tash uchun o‘tkazish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yoki fuqaroligi bo‘lgan davlatning vakolatli organiga murojaat qilish huquqini tushuntirish majburiyatini yuklash to‘g‘risidagi taklif Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 604-moddasi 1-qismiga «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura va sud o‘rtasidagi vakolatlar va javobgarlik sohalarini chegaralagan holda uch bo‘g‘inli modelni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021-yil 27-dekabrdagi 88-VII-son Qonun bilan o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan. (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-sonli dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi chet ellik mahkumning fuqaroligi bo‘lgan davlatda jazoni o‘tash huquqini real amalga oshirishni taʻminlagan, mahkumning o‘zini protsessual xabardorligi orqali mahkumlarni topshirish institutining samaradorligini oshirgan;
xorijiy davlat vakolatli muassasalarining Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuroriga chet davlat sudining hukmi yoki qarorini, shuningdek, Qozog‘iston Respublikasi hududidagi mol-mulkni yoki uning pul ekvivalentini musodara qilishni nazarda tutuvchi sud hujjatlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qilish imkoniyati haqidagi taklifdan Qozog‘iston Respublikasi JPKning 607-moddasi 2-qismiga «Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura va sud o‘rtasida vakolatlar va javobgarlik sohalarini chegaralagan holda uch bo‘g‘inli modelni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida» 2021-yil 27-dekabrdagi 88-VII-son Qonun bilan o‘zgartirishlar kiritishda foydalanilgan (Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti Majilisi Qonunchilik va sud-huquq islohoti qo‘mitasining 2026-yil 10-fevraldagi 5-15-179-son dalolatnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi mulkiy (musodara) tusdagi sud hujjatlarini transchegaraviy tan olish va ijro etishning protsessual mexanizmini shakllantirdi, bu esa aktivlarni qaytarish va jinoiy daromadlarni transchegaraviy legallashtirishga qarshi kurashishning huquqiy vositalarini kuchaytirdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish